Muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir


 Nominal va real valyuta kurslari



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/156
Sana15.07.2021
Hajmi2,84 Mb.
#119883
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   156
Bog'liq
makroiqtisodiyot (2)

19.3. Nominal va real valyuta kurslari 
  Nominal  va  real  valyuta  kurslari  o’zaro  farqlanadi.  Nominal  valyuta  kursi 
valyutalarning  almashinuv  kursi  deyiladi.  Yuqorida  biz  aynan  nominal  valyuta 
kursi haqida fikr yuritdik. 


 
204 
 
Real  valyuta  kursi  ikki  mamlakatda  ishlab  chiqarilgan  tovarlarning  nisbiy 
bahosidir. 
Real  valyuta  kursi  bir  mamlakat  tovarlari  boshqa  mamlakat  tovarlariga 
almashishi mumkin bo’lgan nisbatni ko’rsatadi, shu tufayli u savdo sharoiti ham 
deb yuritiladi. 
Nominal va real valyuta kurslari o’rtasidagi nisbat quyidagi ko’rinishga ega. 
                                             E
r
 = E
n
 x R  
d      
 /  R 
t
 
Bu erda : E
r
 — real valyuta kursi;  
 E
n
 - nominal valyuta kursi ; 
 R
d
 - milliy valyutada ko’rsatilgan ichki baholar darajasi (indeksi); 
 R
t
 - xorijiy valyutada ko’rsatilgan chet eldagi baholar darajasi (indeksi). 
Har ikkala mamlakatdagi narxlar darajasi (indeksi) bir xil bazis yilga nisbatan 
berilgan.  Real  valyuta  kursining  ko’tarilishi  (pasayishi)  bu  mamlakat  tovarlari 
raqobatbardoshligining  pasayganligi  (oshganligi)  to’g’risida  guvohlik  beradi. 
Umuman  valyuta  kursi  tovarlar,  xizmatlar,  kapital  va  ishchi  kuchlarning 
mamlakatlararo  harakatini  o’ziga  xos  boshqarib  turuvchisi      hisoblanib,  uni 
o’zgarib  turishi  mamlakatning  tashqi  iqtisodiy  aloqalariga  hamda  butun 
makroiqtisodiy  vaziyatga  kuchli  ta’sir  qiladi.  Bu  ta’sirni  shunday  vaziyat 
misolida  ko’rib  chiqish  mumkin.  Masalan,  o’zbek  so’mining  kursi  1000 
Turkiya lirasiga nisbatan 30 so’mdan 32 so’mgacha pasaygan bo’lsin, ya’ni, 
so’m  Turkiya  lirasiga  nisbatan  arzonlashgan  va  aksincha,  lira  so’mga 
nisbatan  qimmatlashgan  bo’lsin.  Bunday  holatda  mamlakatimizda  ishlab 
chiqarilgan  720  so’mlik  qiymatga  ega  bo’lgan  tovar  Turkiya      bozorida 
arzonlashib  boradi  va  endi  bu  tovar  100  ming  (720/7,2x1000)  emas,  balki 
72  ming  lira  turadi  (720/10x1000).  Natijada,  tovar-ning  raqobatga 
chidamliligi  orta  boradi  va  unga  bo’lgan  talab  oshadi,  eksport  rag’batlantiriladi. 
Biroq  milliy  valyutani  Turkiyaga  chiqarish  O’zbekiston  uchun  foydali  bo’lmay 
qoladi.  Turkiyada  ishlab  chiqarilgan  2000  liralik  mahsulot  endi  o’zbek  so’mi 
kursining  pasayishi  va  Turkiya  lirasi  kursining  qimmatlashuvi  natijasida  o’zbek 


 
205 
 
bozorida 14,4 so’m (2000x7,2/ 1000)  emas, balki 20 so’m (2000x10/1000) turadi. 
Ko’rinib  turibdiki,  mahsulot  narxi  qimmatlashadi  va  shu  sababli  uni  olib  kelish 
qisqarib  boradi,  va  aksincha,  o’zbek  so’mi  kursi  oshib  borishi  bilan  Turkiyadan 
tovar olib kelish va kapitalni chetga chiqarish foydali bo’ladi. 
Xarid  qobiliyati  pariteti  kontseptsiyasiga  ko’ra  valyuta  kursi  doimo  turli 
mamlakatlarda narxlar darajasining o’zgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni 
qoplash uchun zarur bo’lgan darajada o’zgaradi. Ya’ni: 
Pt
Pd

 
Bu erda: r — xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxi; 
R
d
 — ichki narxlar darajasi; 
R
t
 — chet eldagi narxlar darajasi. 
Biz  xarid  qobiliyati  pariteti  kontseptsiyasini  real  almashtirish  kursi  modelida 
ifodalashimiz mumkin. Xalqaro olib sotarlarning tez harakatlari shuni ko’rsatyaptiki, 
sof eksport har qanday o’zgarishlar natijasida tez o’zgaradi. Milliy tovarlar narxining 
chet  tovarlarga  nisbatan  kamayishi  yoki  boshqacha  aytganda  real  almashtirish 
kurslarining pasayishi, olib sotarlarni o’z mamlakatidan tovarlarni sotib olib, chetga 
sotishga  undaydi,  yoki,  aksincha.  Valyuta  kurslari  milliy  iqtisodiyotga,  ishlab 
chiqarish va undagi bandlikka sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Milliy valyutalar 
kursining  pasayishi  mamlakatlar  eksport  imkoniyatini  oshiradi.  Ammo  mamlakat 
eksporti  xom  ashyo  tovarlari  importiga  asoslansa,  bunda  valyutalar  kursining 
pasayishi eksport qilinadigan tovarlar narxsining o’sishiga olib keladi va bu ularning 
raqobatga  layoqatliligiga  ta’sir  ko’rsatishi  mumkin.  Valyuta  kurslarining  oshishi 
mamlakatlar  eksport  imkoniyatlarini  yomonlashtiradi.  Valyuta  kurslarining 
beqarorligi  tashqi  iqtisodiy  aloqalarga  salbiy  ta’sir  ko’rsatadi.  Uning  tebranishi 
xalqaro bitimlarda noaniqlik va tahlika darajasini ko’paytiradi. Shu sababli valyuta 
kursi ham  mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda tartibga solishning muxim 
ob’ekti xisoblanadi.  


 
206 
 
 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish