169
3. «Nisbiy afzallik» nazariyasining mohiyatini tushuntirib bering.
4. Xeksher-Olinning neoklassik kontseptsiyasini izohlab bering.
Mavzuga oid masalalar
1. Rossiya 360 ekskavator va 2400 traktor, Ukraina esa 160 ekskavator va
800 traktor ishlab chiqarishadi. Agar Rossiya faqat ekskavator ishlab chiqarganda,
ularning hajmi yiliga 600 donani, agar faqat traktor ishlab chiqarganda, ularning
hajmi yiliga 6000 donani tashkil etardi. Mos ravishda Ukraina yo 200 ekskavator
yoki 4000 traktor ishlab chiqarishi mumkin. Bu mahsulotlar ishlab chiqarishda
qaysi mamlakat mutloq va nisbiy afzallikka ega? Ikkala mamlakat uchun
ixtisoslashuv qanday manfaatlarni beradi?
* * *
2. O’zbekiston va Qozog’iston ikkita tovar ishlab chiqarishadi - shakar va
avtobuslar. Bu mahsulotlarga ketgan xarajatlar quyidagicha:
1
tonna
shakarga
ketgan sarf - xarajatlar
1 avtobusga ketgan
sarf - xarajatlar
O’zbekiston
200
600
Qozog’iston
600
600
Bu mahsulotlar ishlab chiqarishda qaysi mamlakat mutloq yoki nisbiy
afzallikka ega? Erkin savdo sharoitida O’zbekiston va Qozog’iston qaysi tovarlarni
eksport va import qilishadi? O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasidagi erkin savdo
sharoitida jahon narxlarning nisbati qaysi darajada o’rnatiladi?
* * *
3.
Jadvalda A va B mamlakatlardagi bozorlarning tavsifi berilgan (P -
narx, Q
d
- talab, Q
s
- taklif). Shu ma’lumot asosida erkin savdo sharoitidagi X
tovarning jahon narxini aniqlang. Mamlakatlardan qaysi biri X tovarni eksport
qiladi, eksport hajmini aniqlang.
A mamlakat
B mamlakat
P
1 2 3 4 5
1 2 3 4 5
Q
d
5 4 3 2 1
6 5 4 3 2
Q
s
2 3 4 5 6
5 6 7 9 10
170
* * *
4. A mamlakatda bir kunda 12 uyali telefon yoki 2 musiqa markazi ishlab
chiqarilishi mumkin. B mamlakatda esa bir kunda 4 uyali telefon yoki 8 musiqa
markazi ishlab chiqarilishi mumkin. ¡uyidagi savollarga javob bering:
a) Savdo bo’lmagan sharoitda ikkala mamlakatdagi nisbiy narxlarni
aniqlang;
b) Savdo munosabatlari o’rnatilganda ikkala mamlakat nimani eksport
qiladi;
v) Mamlakatlar o’rtasida savdo munosabatlari o’rnatilgandan keyin jahon
narxlari qanday chegaralarda o’zgaradi;
g) Faraz qilaylik erkin savdo o’rnatilishdan oldin A mamlakatning bir kunlik
ishlab chiqarish hajmi 8 uyali telefon va 0,5 musiqa markaziga teng edi. B
mamlakatning ishlab chiqarish hajmi mos ravishda 1 uyali telefon va 6 musiqa
markaziga teng. Har bir mamlakatning nisbiy afzallik asosida ixtisoslashuvi
natijasida ikkala mahsulotning umumiy ishlab chiqarish hajmi qanchaga oshadi.
* * *
5. Jadvalda O’zbekiston va Janubiy Koreyadagi kalkulyatorlarga bo’lgan
talab va taklif to’g’risida ma’lumot berilgan.
a)
tashqi savdo yo’qligida ikkala mamlakatda muvozanat narxlar va
bozordagi mahsulot hajmi qanday bo’ladi?
b)
Tashqi savdo o’rnatilgandan keyin kalkulyatorlarning jahon bozorida
muvozanat narxi qanday bo’ladi?
v) qaysi mamlakat va qay miqdorda kalkulyatorlarni eksport qiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: