Muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir


 . Xeksher — Olinning neoklassik kontseptsiyasi



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/156
Sana15.07.2021
Hajmi2,84 Mb.
#119883
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   156
Bog'liq
makroiqtisodiyot (2)

 
16.3 . Xeksher — Olinning neoklassik kontseptsiyasi 
Xalqaro  savdodagi  zamonaviy  qarash  tarafdorlari  sifatida  shved  iqtisodchi-
olimlari Eli Xeksher va Bertil Olinlarni (30-yillar)  ko’rsatish mumkin. 
E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog’liq holda narxlarni 
tenglashishi»  qoidasini  oldinga  surgan.  Buning  ma’nosi  shundan  iboratki,  milliy 
ishlab chiqarishdagi farqlar ishlab chiqarishning mehnat, er, kapital va shuningdek, 
u yoki bu mahsulotga ichki iste’moldagi o’zgarishlar kabi omillarga bog’liq. 
Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan: 
1.  Mamlakatlar  o’zlarida  ortiqcha  bo’lgan  ishlab  chiqarish  omilini  ko’p  talab 
qiladigan  mahsulotlarni  eksport  qilishadi  va  aksincha,  o’zlarida  taqchil  bo’lgan 
ishlab chiqarish omillarini ko’p talab qiladigan mahsulotlarni import qiladilar. 
2.  Xalqaro  savdo  yo’lidagi  cheklashlar  bekor  qilinsa  tovarlarning  turli 
mamlakatlardagi  «omil  narxi»  (tannarxi)  ning  tenglashishi  kabi  o’zgarishlar 
kuzatiladi. 
3.  Mahsulotlar  eksporti  o’rnini  asta  sekin  ishlab  chiqarish  omillari  eksporti 
egallaydi. 
Agar  mamlakatdagi  bir  ishlab  chiqarish  omili  miqdori  bilan  boshqa  omillar 
miqdori o’rtasidagi nisbat boshqa mamlakatdagiga nisbatan yuqori bo’lsa shu omil 
bu mamlakatda nisbatan ortiqcha deb hisoblanadi. 
Xeksher-Olin  kontseptsiyasiga  asosan  tashqi  savdo  quyidagi  ko’rinishlarga 
ega.  Faraz  qilaylik,  bir  vaqtda  ikki  mamlakat,  ya’ni,  «sanoatlashgan»  va  «agrar» 
mamlakat  faoliyat  ko’rsatmoqda.  Sanoatlashgan  mamlakatda  ortiqcha  kapital  va 
ma’lum  miqdorda  ortiqcha  ishchi  kuchi  mavjud  bo’ladi.  Agrar  mamlakatda  esa 
ortiqcha er mavjud, ammo kapital etishmaydi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab 
chiqarishda kapital asosiy omil hisoblanadi. Masalan, neftni qayta ishlash, elektron 
mashinasozlik  va  mashina  ishlab  chiqarish  sohalari  kam  ishchi  kuchidan 


 
168 
 
foydalangan  holda  kapital  talabchan  ishlab  chiqarish  hisoblanadi.  Kapital 
ortiqchaligiga  ega  bo’lgan  mamlakatlar  aynan  ushbu  yo’nalishlarga 
ixtisoslashadilar.  Shu  bilan  birga,  don  etishtirish  va  chorvachilik  bilan 
shug’ullanadigan  mamlakatlarda  ko’proq  er  resurslari  kerak  bo’ladi  va  ular  shu 
yo’nalishga ixtisoslashgan bo’ladilar. 
Xeksher—Olin kontseptsiyasini tadqiq qilish borasidagi izlanishlar 50 yillarda 
«Leontev  paradoksi»  yuzaga  kelishiga  sabab  bo’ldi.  V.Leontev  AQSh  kapital 
ortiqcha  bo’lgan  mamlakat  bo’lishiga  qaramasdan  1947  yilda  kapital  talabchan 
emas, balki mehnat talabchan mahsulot eksport qilganligini ko’rsatib berdi. Ya’ni 
Xeksher-Olin  kontseptsiyasiga  zid  keladigan  vaziyat  yuzaga  keldi.  Keyingi 
tadqiqotlar esa AQSh da kapitaldan ko’ra er va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy 
ortiqcha ekanligi tasdiqlandi. AQSh ishlab chiqarishida aynan shu omillar ko’proq 
foydalaniladigan  tovarlarning  sof  eksportyori  bo’lib  chiqdi.  1948  yil  amerikalik 
iqtisodchilar  P.  Samuelson  va  V.  Stolperlar  Xeksher-Olin  kontseptsiyasini 
takomillashtirishdi.  Ularning  nazariyasi  bo’yicha  xalqaro  savdo-ishlab  chiqarish 
omillari bilan ta’minlanganlik darajasidan notekislik, texnologiyalarining bir-biriga 
mosligi,  raqobatning  rivojlanishi  va  mahsulotlarning  xarakatchanligi  kabi 
sharoitlarda mamlakatlar o’rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlari tenglashadi. 
D.  Rikardo  modelida  ishlab  chiqilgan  va  E.  Xeksher,  B.  Olin,  P.Samuelson 
hamda  V.Stolperlar  tomonidan  to’ldirilgan  savdo  kontseptsiyasiga  nafaqat 
mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro foydali savdoni yo’lga qo’yish, balki mamlakatlar 
rivojlanishi o’rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi. 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish