138
3. Xalqaro buyurtma xat va banderollarning manzil tomonida
qanaqa belgilar qo‘yiladi?
4. Xalqaro buyurtma xat va banderollarni qabul qilishda pochta
haqi qaysi tartibda hisoblanadi?
5. Xalqaro
buyurtma xat va banderol, buyurtma sekogramma, «M»
qoplarni qabul qilishda jo‘natuvchiga qaysi chipta daftaridan chipta
beriladi va unda qanaqa belgilar yoziladi?
3.3 Mayda paketlarni qabul qilish, ishlov
berish va ularni topshirish
Mayda paketlarning o‘rovi joylanmaning xususiyatiga mos kelishi
va tashishda uning shikastlanishiga imkon bermasligi kerak.
Har bir mayda paket CN bojxona deklaratsiyasiga va shu shakldagi
yirtib olinadigan yorliqqa ega bo‘lishi kerak. CN 22
bojxona dekla-
ratsiyasi manzil tomoniga, iloji bo‘lsa, yuqori chap burchakka, zarur
bo‘lganda majburiy tartibda mayda paketda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan
jo‘natuvchining familiyasi va manzilining past tomoniga joylashtiriladi.
Agar mayda paketdagi joylanma qiymati 300
SPZdan oshsa yoki
jo‘natuvchining hohishiga ko‘ra, bundan tashqari mayda paketga
Mamlakatlar ro‘yxati va Qo‘llanmada har bir mamlakat uchun
ko‘rsatilgan miqdorda alohida CN 23 bojxona deklaratsiyasi ilova
qilinadi. Bu deklaratsiyadan bittasi albatta mayda paketga qo‘shib
qo‘yiladi. Agar deklaratsiya mayda paketning old tomonida ko‘rinmasa,
unda old tomoniga CN 22 bojxona deklaratsiyaning
yirtib olinadigan
qismi yoki yelimlanadigan yoki o‘zi yelimlanadigan yorliq biriktiriladi.
CN 22 va CN 23 bojxona deklaratsiyalar orqa tomonda ifoda
qiingan ko‘rsatmalarga muvofiq to‘ldiriladi. Mayda paket joylanmasi
CN 22 va CN 23 bojxona deklaratsiyalarida to‘liq ko‘rsatilgan bo‘lishi
kerak. Umumiy xarakter ko‘rsatmalariga ruxsat etilmaydi.
Mayda paketlarni mamlakatlar ro‘yxati va qo‘llanmada sanab
o‘tilmagan mamlakatlarga jo‘natishda
bojxona deklaratsiyasi uch
nusxada tuziladi. Bojxona deklaratsiyasida oluvchining nomi, man-
zillangan mamlakat nomi, oluvchining to‘liq manzili, jo‘natilayotgan har
bir buyumning nomi, uning og‘irligi
va qiymati, shuningdek jo‘na-
tuvchining manzili va nomi yoziladi. Buyumlarni umumiy nom bilan
(galantereya, parfyumeriya va shu kabi) belgilash mumkin emas.
139
Bojxona deklaratsiyasi o‘zbek yoki rus tillarida ingliz, fransuz yoki
manzillangan mamlakatda qabul qilingan boshqa tiliga so‘zma-so‘z
tarjimasi bilan yoki lotin harflari va arab raqamlari bilan to‘ldiriladi.
Agar deklaratsiyadagi yozuv tarjima qilinmagan bo‘lsa,
bu mayda
paketni qabul qilish uchun to‘siq bo‘la olmaydi.
Bojxona deklaratsiyasini tuzish uchun javobgarlik jo‘natuvchiga
yuklatiladi.
(Pochta ma’muriyati)
CN
23 BOJXONA DEKLARATsIYaSI
dan
Do'stlaringiz bilan baham: