148
Xalqaro posilkani qabul qilishda aloqa xodimi, ichki posilkalar
uchun belgilangan tekshiruvlardan tashqari, quyidagilarni bajarishi shart:
a) Qo‘llanma bo‘yicha manzillangan mamlakat bilan posilkalar
almashuvi
ruxsat etilganligini, posilkaga ushbu mamlakatga olib kirish
taqiqlangan buyumlar joylanmaganligini va CN 23 deklaratsiyalari
yetarli miqdorda ilova qilinganligini tekshirish;
b) posilkada xorijga olib chiqib ketish taqiqlangan buyumlar
joylanmaganiga yoki belgilangan shartlarga rioya qilingan holda ruxsat
etilganiga ishonch hosil qilish,
shuningdek joylanmalarning
deklaratsiyadagi yozuvlarga mos kelishini tekshirish;
v) joylanmalar tekshirilgandan so‘ng posilkani jo‘natuvchiga
o‘rash uchun berilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
g) agar posilkaning qiymati e’lon qilingan bo‘lsa, u holda
baholangan summani SPZ ga o‘tkazish va olingan summani posilka va
posilka blankasiga ruchka bilan yozib qo‘yish;
d) CP 71 blankasida jo‘natuvchi tomonidan ko‘rsatma berilga-
nligini tekshirish;
e) 103-A ro‘yxatda
«Tashqi iqtisodiy aloqalar organlari tomo-
nidan olib chiqish uchun ruxsatnoma raqami» belgisining
mavjudligini
tekshirish;
j) qabul qilingan oddiy posilkaning chap yuqori manzil tomoniga
CP 73 yorlig‘ini yopishtirib, unda jo‘natilgan joy nomini lotin harflari
bilan va uzatish raqamini ko‘rsatishi, qiymati e’lon qilingan posilkaga
esa, o‘sha joyiga «V» harfli CP 74 yorlig‘ini va CP 73 yorlig‘ini
taalluqli ma’lumotlar bilan yopishtirish. Bu yorliqlarning ikkinchi qismi
(kichik o‘lchamdagisi) blankalarga yopishtiriladi.
Shisha, mo‘rt va oson sinuvchi buyumlar joylangan posilkaga «Co-
lis fragile» yozuvli yorliq yopishtiriladi, va unga
berilgan blankada katta
harflar bilan «Colis fragile» («Mo‘rt posilka») yozuvi yozib qo‘yiladi.
Katta o‘lchamli posilkalar va ularga tegishli blankalarda
«Encom-
brant» («Katta o‘lchamli») yozuvi yoziladi yoki shu mazmundagi yorliq
yopishtirib qo‘yiladi.
Joylanma tekshirilib, joylangandan so‘ng posilka o‘raladi, yaxlit
pishiq kanop bilan bog‘lanadi, kanopning uchlari sug‘urta muhri bilan
muhrlanadi (yoki plombalanadi). So‘ng posilka tarozida tortiladi, CP 74
yoki CP 72 yorliq ostidagi uning o‘rovida va CP 71
blankada aniq
og‘irligi yozib qo‘yiladi.
149
35-rasm. CP 73 yorliq namunasi: yuqori qismi – jo‘natilayotgan xalqaro
posilkaga, quyi qismi – posilka blankasiga yopishtiriladi.
36-rasm. CP 74 yorliq namunasi: yuqori qismi – qiymati e’lon qilingan
jo‘natilayotgan xalqaro posilkaga, quyi qismi – posilka blankasiga yopishtiriladi.
Posilkani jo‘natishda og‘irlik uchun to‘lov undiriladi, qiymati
e’lon qilingan posilkalar uchun esa bundan tashqari e’lon qilingan ba-
hosi uchun ekspeditsion to‘lov undiriladi.
Shu bilan birga aloqa
xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar uchun ham
to‘lov undiriladi.
Mo‘rt va katta o‘lchamdagi posilkalar faqat tegishli kelishuv
mavjud bo‘lgan mamlakatlargagina qabul qilinadi. Bunday posilkalarni
qabul qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar Qo‘llanmadan joy olgan.
Chet elga jo‘natiladigan posilka uchun bojxona rasmiyatchiliklari
uchun qo‘shimcha to‘lov undiriladi. Blankada «TR» izi tushiriladi, unda
jo‘natish uchun to‘lov summasi, xodimning imzosi va taqvim tamg‘a izi
qo‘yiladi.
1-shakldagi kvitansiyaga yoki pochta-kassa apparati,
elektron
majmuada rasmiylashtirilgan kvitansiyaga ichki posilkalar uchun ko‘zda
tutilgan ma’lumotlardan tashqari belgilangan mamlakat va SPZ dagi
e’lon qilingan qiymat summasi ko‘rsatiladi. «Alohida belgilari» satrida
zarur bo‘lgan hollarda
«Mo‘rt posilka»,
«Katta o‘lchamli» va boshqa
belgilar qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: