146
CP 71 posilka blankasi matniga muvofiq bir nusxada to‘ldiriladi.
Uning old tomonida jo‘natuvchi «X» belgisi bilan, agar posilka berilmasa,
uni nima qilish kerakligini ko‘rsatadi. Jo‘natuvchi o‘zining bu farmoyishini
imzolaydi. Blankasining orqa tomoniga yozma xabar yozishga ruxsat
etilmaydi.
Agar jo‘natuvchi har qanday qayta yuborishni bekor qilmoqchi bo‘lsa,
u holda posilka va blanka fransuz tili yoki
manzillangan mamlakatning
tilidagi «Ne pas reexpedier» («Yuborilmasin») belgisi bo‘lishi kerak.
CN 23 bojxona deklaratsiyasi mayda paketdagi tartibda, Qo‘llanmada
ko‘rsatilgan miqdordagi nusxada to‘ldiriladi. Bojxona deklaratsiyasiga
posilkada yuboriladigan hamma buyumlar, ularning nomlari,
soni va har bir
buyumning og‘irligini, shuningdek uning bahosini milliy valyutada
ko‘rsatib yoziladi. Bojxona deklaratsiyasida, manzil va oluvchining
nomidan tashqari jo‘natuvchining manzili va nomi ko‘rsatiladi. Umumiy
xarakter ko‘rsatmalariga ruxsat etilmaydi.
Fuqarolar jo‘natadigan posilkalar joylanmasini
tekshirib qabul
qilinadi. Korxona, tashkilot, muassasalar posilkalarni yopiq holda (tegishli
sug‘urta muhri bilan muhrlangan yoki plombalangan holda) 103-A-
shakldagi ro‘yxat bo‘yicha CP 71 blankalari, CN 23 bojxona
deklaratsiyalarini ilova qilib, shuningdek posilkalarda
posilkani qabul qilish
kunida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank kursi bo‘yicha so‘mlarda
hisob-kitob qilinganda qiymati 500 AQSh dollaridan oshadigan buyumlarni
yuborishda bojxona deklaratsiyalari ilova qilib jo‘natiladi.
Posilkaga joylangan xalq iste’mol mollarining umumiy qiymati
posilka qabul qilingan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
kursi bo‘yicha so‘mlarda hisob-kitob qilinganda 4000 SPZ dan oshmasligi
kerak.
CP 71 blankasiga bojxona tekshiruvi uchun zarur bo‘lgan
istagan
hujjat (hisob varag‘i, olib chiqish uchun litsenziya, kelib chiqish to‘g‘risida
guvohnoma va sh.k.) ilova qilinishi mumkin.
Urug‘li, o‘simliklar, o‘simlik xom-ashyosi, o‘simliklarga mansub
boshqa mahsulotlar, boshqa materiallari va xalq iste’mol mollari joylangan
posilkalarni jo‘natishda CP 71, CN 23 blankalarga O‘zbekiston
Respublikasining Bosh davlat inspeksiyasi
tomonidan berilgan karantin
bo‘yicha import karantin ruxsatnomasi va fitosanitar sertifikati yoki eksport
qiluvchi mamlakatning o‘simliklarning karantini va himoya qilish bo‘yicha
davlat idoralari tomonidan berilgan guvohnoma qo‘shib qo‘yiladi.
147
(Pochta
ma’muriyati)
Jo‘natma/posilka xizmat tirtibida ochilishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: