143
4. Mayda paketlarni qiymati e’lon qilingan banderoldan farqlarini
aytib bering?
5. Mayda paketlarni qabul qilishda jo‘natuvchiga qaysi chipta
daftaridan chipta beriladi va unda qanaqa belgilar yoziladi?
6. Mayda paketni qabul qilishda qaysi pochta blankalaridan
foydalaniladi?
3.4 Qiymati e’lon qilingan xatlarni qabul qilish,
ishlov berish va topshirish
Qiymati e’lon qilingan xalqaro xatlar ochiq holda, qalin qog‘ozli
konvertlarda qabul qilinadi.
Qiymati e’lon qilingan xatlarga jo‘natuvchi ikki nusxada 107-
shakldagi ro‘yxatni tuzadi.
Xatni qabul qilishda aloqa xodimi quyidagilarni bajarishi shart:
a) Qo‘llanma bo‘yicha qiymati e’lon qilingan xatlarni mo‘ljallangan
mamlakatga
qabul qilish belgilanganligini; joylangan buyumlarni
yuborishga ruxsat berilganligini; ular bahosining summasi belgilangan
me’yoriy summadan yuqori emasligi; pochta jo‘natmasining o‘rovi va
manzillanishi to‘g‘riligini; joylanmani 107-shakldagi ro‘yxat bilan
solishtirishi; ro‘yxatning ikkala nusxasiga imzo qo‘yishi va taqvim tamg‘a
izini tushirishi kerak;
b) xatning e’lon qilingan summasini O‘zbekiston Respublikasi
markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan va xatni
qabul qilish kunigacha
amalda bo‘lgan so‘mning SDR (bundan buyon matnda – SPZ) rasmiy
kursiga muvofiq maxsus hisoblash manbaidan foydalanish huquqi (SPZ)
ga ko‘chirishi va uni pochta jo‘natmasining o‘rovida, e’lon qilingan
qiymatini aks ettiruvchi summasini rangli qalam bilan chiziq tortib,
raqamlar yoniga yoki raqamlar ostiga yozishi kerak. Bu ma’lumotlar 107-
shakldagi ro‘yxatda va kvitansiyada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
v) qiymati e’lon qilingan xatning manzil tomonini yuqori chap
burchagida SN 06 yorliqni yopishtirish yoki yorliq o‘rniga shunday
shakldagi tamg‘a izini bosish mumkin;
g) xatda 1-shakldagi daftar kvitansiyasining tartib raqamini (pochta-
kassa apparati, elektron majmuada rasmiylashtirilgan) ko‘rsatish;
d) manzil tomonining yuqori o‘ng qismida «TR» tamg‘a izini, past
qismida esa taqvim tamg‘a
izini bosish;
144
e) jo‘natuvchi nazoratida ro‘yxat va joylanmani konvertga solib, uni
yelimlab sug‘urta muhri bilan muhrlash, ro‘yxatning bir nusxasini
jo‘natuvchiga berish;
j) xatni tarozida tortib ko‘rish, og‘irligi va e’lon qilingan qiymati
uchun, shuningdek, buyurtmali uchun to‘lovni aniqlash. To‘lovning
umumiy summasini raqamlar bilan «TR» tamg‘asi iziga yozish, xatning
gramm hisobidagi og‘irligini uning manzil
tomonidan chap qismida
ko‘rsatish.
Qiymati e’lon qilingan xat qabul qilingani to‘g‘risida 1-shakldagi
daftardan (pochta-kassa apparati, elektron majmuada) kvitansiya beriladi,
unda qiymati e’lon qilingan ichki xatlar uchun belgilangan ma’lumotlardan
tashqari mo‘ljallangan mamlakat va maxsus hisoblash manbaidan
foydalanish huquqidagi e’lon qilingan qiymat summasi ko‘rsatiladi.
Qabul qilingan qiymati e’lon qilingan xatlar pochta aloqasi
obyektlari (aloqa bo‘limlari)dan tobeligiga ko‘ra pochta aloqasi obyektlari
(pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar)ga sug‘urtali qoplarda yuboriladi,
u yerdan ular yana sug‘urtali qoplarda pochta aloqasi hududiy
tashkilotlarining almashuv punktlariga jo‘natiladi.
Pochta aloqasi hududiy
tashkilotlarida yoki viloyat markazlari (Toshkent, Nukus shaharlari) pochta
aloqasi obyektlarida qabul qilingan qiymati e’lon qilingan xatlar pochta
aloqasi hududiy tashkilotlarining almashuv punktlariga sug‘urtali qoplarda
jo‘natiladi. Pochta aloqasi hududiy tashkilotlarining almashuv punktlari
qiymati e’lon qilingan xatlarni sug‘urtali qoplarda Xalqaro pochtani
yo‘llash bo‘yicha qo‘llanmaga muvofiq xalqaro pochta almashuvining
tegishli joylariga jo‘natadi. Qiymati e’lon qilingan xatlarni yopishdan oldin
16-shakldagi yukxatga quyidagilar yozib qo‘yiladi: jo‘natish raqami, e’lon
qilingan qiymat summasi. Sug‘urtali qoplar 17-shakldagi
yorliqqa
«Xalqaro» yozuvining qo‘shimcha qilib yozib, umumiy tartibda yopiladi.
Qiymati e’lon qilingan xatlar topshiriladigan joyning pochta aloqasi
hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlariga pochta aloqasi
obyektlari (pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar, almashuv
punktlari)dan sug‘urtali qoplarda 16-shakldagi yukxatga raqami, e’lon
qilingan summasi (SPZ)da va jo‘natilayotgan mamlakat nomi ko‘rsatilib
qabul qilinadi. Belgilangan joydagi pochta aloqasi hududiy tashkilotlari va
pochta aloqasi obyektida qiymati e’lon qilingan
xatlar joylangan qoplarni
ochish va ularga ishlov berish ichki sug‘urtali qoplar va qiymati e’lon
qilingan xatlar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
145
Qiymati e’lon qilingan xalqaro xatlar manzilga eltib berilmaydi,
balki faqat pochta aloqasi hududiy tashkilotlarida yoki pochta aloqasi
obyektlarida oluvchi va pochta aloqasi hududiy tashkiloti, pochta aloqasi
obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ning nazorat qiluvchi shaxsi
yoki pochta aloqasi (aloqa bo‘limi) boshlig‘i (o‘rinbosari) ishtirokida
albatta ochiladi va joylanma ro‘yxat bo‘yicha tekshiriladi. Ochish oldidan
xatlarning tashqi holati va og‘irligi tekshiriladi.
Agar qiymati e’lon qilingan xatni topshirishda joylanmaning ro‘yxati
yo‘q bo‘lsa, u oluvchiga hech qanday to‘siqlarsiz
topshiriladi, biroq bu
haqda 51-shakldagi dalolatnoma uch nusxada tuzilib, unda kelgan
buyumlarning hammasi ko‘rsatib o‘tiladi. Dalolatnoma aloqa xodimlari va
oluvchi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi zarur
tekshiruv o‘tkazish uchun «O‘zbekiston pochtasi» Ochiq asiyadorlik
jamiyatiga yo‘llanadi, ikkinchisi oluvchiga beriladi va uchinchisi 22-
shakldagi xabarnomaga ilova qilinadi va pochta aloqasi hududiy tashkiloti
yoki pochta aloqasi obyektida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: