140
Mayda paketni qabul qilishda aloqa xodimi:
a) mayda paketning to‘g‘ri manzillanganini tekshirishga;
b) mayda paketni tortib ko‘rishi va agar uning og‘irligi 500 g dan
ortiq bo‘lsa, Mamlakatlar ro‘yxati bo‘yicha,
bunday mayda paketlarni
ko‘rsatilgan mamlakatda qabul qilish ruxsat berilganligini tekshirishga;
v) mayda paket ichidagi joylanmalarning CN 22 yoki CN 23
bojxona deklaratsiyalaridagi yozuvlarga muvofiqligini, manzili va
oluvchi nomining CN 23 deklaratsiyasida hamda mayda paketlarda
ko‘rsatilgan yozuvlarga aynan o‘xshashligini
solishtirishga;
g) joylanmani o‘rash, mayda paketning o‘rovini yopishtirish va
muhrlash, uni kanop ip bilan bog‘lash, bog‘lama ostiga CN 23 bojxona
deklaratsiyasini qo‘yishga;
d) agar jo‘natuvchi yozmagan bo‘lsa, manzil yuqorisiga "Petit
paquet", "Recommande" belgilarini ko‘rsatishga;
e) paket manzil tomonining yuqori chap burchagiga CN 04
yorlig‘ini yopishtirish yoki yorliqning o‘rnini bosuvchi tamg‘a izini
tushirish, unda tartib raqamini ko‘rsatish, bu yorliqdan pastroqqa CN 22
bojxona deklaratsiyaning yirtib olinadigan qismi yoki yelimlanadigan
yoki o‘zi yelimlanadigan yorliq yopishtirish
va mayda paketning
og‘irligini ko‘rsatishga. Manzil tomonining yuqorisidagi o‘ng qismida
unda jo‘natish to‘lov summasini raqam bilan ko‘rsatib "TR" tamg‘a izini
bosish. Bu tamg‘a izidan pastroqda taqvim tamg‘a izi tushiriladi;
j) qabul qilingan mayda paketni 1-shakldagi daftarga yozish yoki
pochta-kassa
apparati, elektron majmuada qiymati e’lon qilingan ichki
xatlar uchun belgilangan tartibda manzillangan mamlakatni qo‘shimcha
ravishda, bojxona rasmiyatchiligi uchun to‘lovni alohida ko‘rsatib,
rasmiylashtirish, jo‘natuvchidan to‘lovni olish, kvitansiya berishga majbur.
Mayda paketga barcha zarur ma’lumotlari bo‘lgan maxsus manzil
yorlig‘ini yopishtirishga ruxsat etiladi.
Mayda paketlar pochta aloqasi obyektlari (aloqa bo‘limlari)dan
sug‘urtali qoplarda tobeligiga ko‘ra pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqa
bog‘lamalari, pochtamtlar)ga jo‘natiladi, u yerdan ular yana sug‘urtali
qoplarda pochta aloqasi hududiy tashkilotlarining almashuv punktlariga
yuboriladi. Mayda
paketlar viloyat markazlari, Toshkent, Nukus shaharlari
pochta aloqasi hududiy tashkilotlari, pochta aloqasi obyektlari (aloqa
bo‘limlari)dan sug‘urtali qoplarda qiymati e’lon qilingan xatlar bilan birga
pochta aloqasi hududiy tashkilotlari almashuv punktlariga jo‘natiladi.
Pochta aloqasi hududiy tashkilotlarining
almashuv punktlari Xalqaro
141
PETIT PAQUET
RECOMMANDE
Aloqa korхonasi indeksi va T.P.
648 сўм
00 тийин
Do'stlaringiz bilan baham: