Microsoft Word Pochta aloqalari doc



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

 
Taсhkent, pochtamt 
562 
 
 
562 Taсhkent, pochtamt 
Urganch, pochtamt  
 

62 
 
 
 
62 Urganch, pochtamt 


 
150
Qabul qilingan posilkalar blankalari va deklaratsiyalari bilan birga 
Xalqaro pochtani yo‘llash bo‘yicha qo‘llanmaga muvofiq xalqaro pochta 
almashuvi joylariga 16-shakldagi alohida yukxatlar bilan jo‘natiladi. 
Yukxatda jo‘natish raqami, e’lon qilingan qiymati so‘mlarda va 
yuboriladigan mamlakat, shuningdek alohida belgilar ko‘rsatiladi. 
Yozuv oxirida posilkalar soni, blankalar, deklaratsiyalar sonining yakuni 
chiqariladi. 
Keluvchi xalqaro posilkalar ikki turga bo‘linadi: 
a) bojli – bojxona tomonidan ustiga qo‘shib hisoblangan to‘lov 
b) bojsiz – bojxonaning belgilashiga ko‘ra oluvchilarga to‘lov 
undirilmasdan berilishi kerak bo‘lganlari. 
Keluvchi har bir posilka, mo‘rt posilkalar bundan mustasno, 
xalqaro pochta almashuvi joyidan belgilangan joydagi pochta aloqasi 
hududiy tashkilotiga yoki pochta aloqasi obyektiga sug‘urtali qopda 
jo‘natiladi, unga quyidagi hujjatlar joylangan bo‘lishi kerak: 
a) bojli posilka bilan – CP 71 blankasi, 113-shakldagi ustama 
to‘lovli pul o‘tkazma blankasi, CN 23 bojxona deklaratsiyasi, boj to‘lov 
summasi yozilgan bojxona nazorat ro‘yxati; 
b) bojsiz posilka bilan CP 71 blankasi va CN 23 bojxona 
deklaratsiyasi. 
Bundan tashqari, qopda posilka yozib qo‘yilgan 16-shakldagi 
yukxat bo‘lishi kerak. 
Qopga mahkamlab qo‘yilgan birkaning yuz tomonida 17-shakldagi 
yorliq bo‘lishi, orqa tomonida esa manzil yorlig‘i bo‘lishi kerak, unda 
quyidagilar ko‘rsatiladi: posilka turi (bojli, bojsiz), topshirilgan joy, 
jo‘natish va yalpi raqami (kasr bilan), bojxona boji va bojxona 
rasmiyatchiliklari uchun to‘lov summasi, to‘liq manzili va oluvchining 
to‘liq nomi, shuningdek posilkaning qopi bilan birga og‘irligi. 
Blankalarda quyidagi ko‘rsatilgan tamg‘alarning izlari bo‘lishi 
kerak: 
a) bojli posilkalarga – oluvchidan posilkani topshirishda undi-
riladigan bojxona boji va bojxona rasmiyatchiliklari uchun to‘lov 
summalari; 
b) bojsiz posilkalarga – posilka topshirganda oluvchidan bojxona 
rasmiyatchiliklari uchun undiriladigan to‘lov summalari. 
Bojsiz posilkalar blankalarida, bundan tashqari, bojxonaning 
«Bojsiz» degan tamg‘asining izi bo‘lishi kerak. 


 
151
Belgilangan joydagi pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta 
aloqasi obyektiga kelgan posilkalar solingan qop yaxshilab ko‘zdan 
kechiriladi va tarozida tortiladi. O‘rovlarning, bog‘lanishlarning va 
muhrlarning (plomba, berkituvchi qurilmaning) butligiga, shuningdek 
qopning haqiqiy og‘irligining blankada ko‘rsatilgan og‘irligiga mos 
kelishiga alohida e’tibor beriladi. 
So‘ngra har bir qopga navbatdagi kirish tartib raqami beriladi, u 
manzil yorlig‘i va 16-shakldagi yukxatga (shu jumladan, qopning ichki 
qismini ochishda va posilkani topshirishda) yoziladi. Shundan so‘ng 
posilkali qop omborxonaga berilib, u yerda oluvchi kelguncha saqlanadi. 
Manzil yorlig‘idagi ma’lumotlar asosida 22-shakldagi xabarnoma 
yoziladi va oluvchiga yuboriladi. Xabarnomada ko‘zda tutilgan 
ma’lumotlardan tashqari jo‘natish va yalpi raqamlari (kasr bilan), 
bojxona boji summasi va 113-shakldagi pul o‘tkazmasini yuborish 
uchun to‘lov, bojxona rasmiyatchiliklari uchun to‘lov ko‘rsatiladi.  
Qop berishdan oldin oluvchi va nazorat qiluvchi shaxs ishtirokida 
aloqa xodimi tomonidan tarozida tortiladi, ochiladi va undagi joylan-
malar tekshiriladi. Qanday posilka topshirilishi (bojli, bojsiz), shuning-
dek oluvchidan qanday summani olib qolish kerakligi oldindan aniqlab 
qo‘yiladi. O‘rov yaxshilab nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng posilka 
tarozida tortiladi, va uning og‘irligi nazoratdan so‘ng blankada, nazorat 
ro‘yxatida va posilka o‘rovida qo‘yilgan og‘irlik bilan solishtiriladi. 
113-shakldagi pul o‘tkazmasi blankasida ko‘rsatilgan ustama to‘lov 
summasi nazorat ro‘yxatida, blankada, 16-shakldagi yukxat va manzil 
yorlig‘idagi bojxona boji summasi bilan solishtiriladi. Agar posilka bojli 
bo‘lsa, oluvchiga o‘qib chiqish uchun nazorat ro‘yxati taqdim etiladi.  
Oluvchining xohishiga ko‘ra, posilka joylanmasini tekshirish bojxona 
bojini to‘laguncha ham amalga oshirilishi mumkin. Tekshirish vaqtida 
joylanmaning shikastlanganligi yoki yetishmovchilik aniqlansa, bu haqda 
barcha tafsilotlar bayon qilingan 51-shakldagi dalolatnoma tuziladi. 
Qop shikastlangan holda yoki 51-shakldagi dalolatnoma bilan 
kelganda posilka oluvchiga joylanmalarini tekshirib va dalolatnoma tuzib 
beriladi, dalolatnomada barcha jo‘natish ma’lumotlari, posilkadagi 
joylanmalarni tekshirish sabablari, shikastlanish turi, posilkaning 
ochilguncha va ochilgandan keyingi og‘irligi, shuningdek joylanmalarning 
nazorat ro‘yxati va deklaratsiyadagi yozuvlarga muvofiqligi, etishmagan 
buyumlarning nomi va og‘irligi sanab o‘tiladi. 51-shakldagi dalolatnoma 
ochishda ishtirok etgan aloqa xodimlari va oluvchi tomonidan imzolanadi. 


 
152
Posilkadagi joylanmalardan bir qismi yetishmasligi aniqlanganda, uni 
nazorat qilgan muassasaga 51-shakldagi dalolatnoma bilan birga posilka 
kelgan bo‘sh qop va uni yopish elementlari (qop yorlig‘i, bog‘lam, plomba) 
yuboriladi.  
Posilka 51-shakldagi dalolatnoma bilan kelgan holda va posilka 
joylanmasi dalolatnomadagi yozuvlarga mos kelganda dalolatnoma ikkinchi 
marta tuzilmaydi.  
Agar posilka bilan nazorat ro‘yxati bo‘lmasa yoki blankada bojxona 
va pochta aloqasi obyekti almashuv joyining bojxona bojini undirmasdan 
berish to‘g‘risidagi tamg‘a izi bo‘lmaganda, shuningdek, 113-shakldagi pul 
o‘tkazmasi blankasidagi ustama to‘lov summasi nazorat ro‘yxati bilan 
to‘g‘ri kelmaganda, xalqaro pochta almashuvi joyiga nazorat ro‘yxatini 
jo‘natish to‘g‘risida yoki farqning sababi to‘g‘risida xabar qilishni iltimos 
qilib xat (telegramma) darhol jo‘natiladi. Nazorat ro‘yxati yoki javob 
olguncha posilka oluvchiga berilmaydi va nazorat qiluvchi shaxs ishtirokida 
qopga joylanadi, bu shaxs qopni nazorat muhri bilan muhrlaydi.  
Posilkani olayotgan oluvchi blankadagi maxsus tamg‘ada 
ko‘rsatilgan summani to‘laydi va bu manzilning orqa tomoniga imzo 
chekadi. Agar posilka bojli bo‘lsa, u holda oluvchiga nazorat ro‘yxati 
beriladi, nazorat ro‘yxatining order deb ataluvchi bir qismi pochta 
aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti hujjatlariga 
qo‘shib qo‘yiladi. Bojxona deklaratsiyasi oluvchiga posilka bilan birga 
beriladi. Berilgan posilkalarga 22-shakldagi xabarnomalarni 
rasmiylashtirish tartibi ichki posilkalarni rasmiylashtirish kabi bajariladi. 
Agar oluvchi boj summasini olib tashlash yoki pasaytirish 
to‘g‘risida ariza berish niyati to‘g‘risida xabar qilsa, pochta aloqasi hu-
dudiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti unga arizani posilkani 
tekshirgan bojxona manziliga yo‘llash lozimligini tushuntirishi va 
bojxona nomi hamda posilkaning uzatish va yalpi raqamini (kasr orqali) 
xabar qilishi kerak. Arizaga oluvchining moddiy va oilaviy ahvoli 
to‘g‘risidagi hujjatlar (oila tarkibi va umumiy ish haqi to‘g‘risidagi 
ma’lumotnoma) ilova qilinishi kerak. Masala hal bo‘lguncha posilka 
pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki manzilidagi pochta aloqasi 
obyektida qoladi, lekin kelgan kundan ikki oydan oshmaydigan mud-
datgacha qoladi.  
Agar oluvchi ustiga qo‘shib hisoblangan bojxona bojiga rozi 
bo‘lmasa u nazorat ro‘yxatining orqa tomoniga tegishli yozuvni yozishi 
kerak. Bu holda pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi 


 
153
obyekti posilkani unga tegishli hujjatlari bilan sug‘urta qopida qayta 
nazorat qilish uchun dastlabki bojxona nazorati joyiga jo‘natadi. 16-
shakldagi ichki yukxatida posilkaning raqami, yuboruvchi mamlakat va 
qaytarish sababi ko‘rsatiladi. Takroriy nazoratdan so‘ng posilka bojxona 
ko‘rsatgan miqdordagi bojni undirib, oluvchiga topshiriladi.  
Ustiga qo‘shib hisoblangan bojxona boji summasini olib tashlash 
yoki pasaytirish to‘g‘risidagi ariza, shuningdek uning yuborilayotgan 
buyumlarga ustiga qo‘shib hisoblangan pullarning to‘g‘riligi 
to‘g‘risidagi arizalar oluvchilardan pochta jo‘natmasi olingunga qadar 
qabul qilinadi.  
Oluvchi o‘zi bojxona boji yuqori bo‘lgani sababli pochta jo‘nat-
masini olishdan bosh torsa, agar bojxona organi bu bojni kamaytirmasa, 
pochta jo‘natmasi qabul qilingan joyiga qaytarilishi kerak.  
Bojli posilka berilgandan so‘ng 113-shakldagi pul o‘tkazmasi 
blankasi talonining orqa tomoni ustama to‘lov summalarini jo‘natish 
uchun belgilangan tartibda to‘ldiriladi, pul o‘tkazmasi esa jo‘natish 
uchun pul o‘tkazmalarini qabul qiluvchi ish joyiga topshiriladi. Pullarni 
va pul o‘tkazmasini yuborish uchun to‘lovni qabul qilib olganlik 
to‘g‘risidagi kvitansiya posilka oluvchisiga beriladi. SP 71 blankasida 
yoki 22-shakldagi xabarnomada pul o‘tkazmasining raqami va uni 
jo‘natish sanasi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. 
Bojxona bojini qaytarilishini nazorat qilish xalqaro pochta 
almashuvi joylarida bojxonada nazoratdan o‘tkazish uchun taqdim 
etilgan posilkalar ro‘yxatida ko‘rsatilgan bojxona boji summasini va 
nazorat ro‘yxatining yirtib beriladigan talonini nomma-nom solishtirib, 
keyin bu summani 113-shakldagi oddiy pul o‘tkazmasi bilan tasdiqlab 
amalga oshiriladi. 
Bojxona rasmiyatchiliklari uchun olingan to‘lov 47-shakldagi 
daftarga yoziladi yoki pochta-kassa apparatida, elektron majmuada 
QQS summasini alohida ajratib ko‘rsatish bilan rasmiylashtiriladi, 
so‘ngra posilkani topshirgan pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki 
pochta aloqasi obyektiga kirim qilinadi. 47-shakldagi kvitansiya 
oluvchiga beriladi. 22-shakldagi xabarnomada to‘lov olingani to‘g‘-
risida belgi qo‘yiladi va kvitansiya raqami ko‘rsatiladi. Bo‘sh qop 
posilka olingan joydagi xalqaro pochta almashuvi joyiga kechik-
tirmasdan qaytariladi.  
Bojli posilkani bojxona bojini undirmasdan berishda uni 
oluvchidan darhol olish choralari ko‘riladi, bojni to‘lashdan voz 


 
154
kechilganda esa u qonunda belgilangan tartibda undiriladi. Oluvchidan 
bojni olish imkoni bo‘lmaganda u aybdor aloqa xodimlaridan 
undiriladi.  
Pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari 
(pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar) rahbarlari xalqaro pochta 
almashuvi joylaridan bojxona boji olinmagani to‘g‘risida xabar 
olganlarida darhol tekshiruv o‘tkazishlari, qarzni qoplashni ta’minlash 
va boshqa tegishli choralar ko‘rishlari shart. 
Horijdan qaytarilgan yoki qayta yuborilgan posilka uchun 
jo‘natuvchidan xalqaro pochta almashuvi joyining blankada yoki 19-
shakldagi yorliqda ko‘rsatilgan summada to‘lov undiriladi. Horijdan 
qaytarilgan xalqaro posilkani jo‘natuvchiga topshirish imkoni 
bo‘lmaganda, u saqlash muddati tugagandan so‘ng tarqatilmaganlar 
qatoriga beriladi.  
Agar bojxona punkti bo‘lmagan pochta almashuv joylarida, yo‘lda 
yoki belgilangan joyda posilka joylanmasining buzilgani aniqlansa, buni 
aniqlagan pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti 
posilkani ochish va buzilgan buyumlarni yo‘q qilish huquqiga ega. Yo‘q 
qilish pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti 
rahbari (o‘rinbosari) ishtirokida amalga oshiriladi va 51-shakldagi 
dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, uning nusxasi posilka nazorat 
qilingan xalqaro pochta almashuvi joyiga nazorat ro‘yxatining nusxasini 
ilova qilib yo‘llanadi.  
Posilka joylanmalari buzilganda uni yo‘q qilish to‘g‘risidagi 51-
shakldagi dalolatnomaning nusxasi nazorat ro‘yxati va blanka bilan 
posilka nazoratdan o‘tkazilgan xalqaro pochta almashuvi joyiga bojni 
bekor qilish uchun yo‘llanadi. 
 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish