Microsoft Word Pochta aloqalari doc



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

Ma’lum sharoitlarda xalqaro pochta jo‘natmalarida yuborishga 
ruxsat etilgan buyumlar: 
1) madaniy boyliklar – O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 
maxsus qarorlari bilan shunday huquqga ega bo‘lgan tashkilotlar va 
boshqa vakolatli organlar orqali; 
2) numizmatika maqsadlari uchun chet el banklari bilan valyuta 
namunalari almashuvi tartibida O‘zbekiston Respublikasining Markaziy 
banki tomonidan jo‘natiladigan O‘zbekiston Respublikasi milliy 
valyutasidagi banknotalar va tangalar; 
3) tashkilotlarga quyidagi vakolatlangan organlardan beriladigan 
ruxsatnomalar bo‘yicha jo‘natishga yo‘l qo‘yiladi: 
a) ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, nou-xaular, ixtirolar – 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat patent 
idorasidan; 
b) san’at asarlari – Madaniyat ishlari vazirligidan; 
v) O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan 
jonivorlar va o‘simliklar – Tabiatni muhofaza qilish Davlat 
qo‘mitasidan; 
g) dorivor vositalar – sog‘liqni saqlash organlaridan; 
d) tibbiy yoki ilmiy maqsadlarda giehvand, psixotrop moddalar va 
prekursorlarni, ularni yuborilishiga yo‘l qo‘yiluvchi davlatlarga rasmiy 
kelushivga muvofiq milliy xavfsizlik xizmatlari, ichki ishlar organlari 
bilan kelishilgan holda va O‘zbekiston Respublikasi narkotik 
moddalarni nazorat qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli 


 
132
ruxsatnomasiga muvofiq sog‘liqni saqlash organlari tomonilan berilgan 
sertifikatlarga asosan; 
e) ov qilish cheklangan yoki vaqtincha taqiqlangan jonivorlar va 
o‘simliklar – tegishli taqiqlash va cheklashlarning amal qilish davrida 
O‘zbekiston Respublikasining qishloq va suv vazirligi qoshidagi 
o‘simliklar karantini bo‘yicha Davlat bosh inspeksiyasi va O‘zbekiston 
Respublikasining qishloq va suv vazirligi qoshidagi veterinariya Davlat 
bosh boshqarmasidan. 
Madaniy boyliklarga ega pochta jo‘natmalarini jo‘natishda 
jo‘natuvchi O‘zbekiston Respublikasining Madaniyat va sport ishlari 
vazirligining, madaniy boyliklarni chet ellardan olib kelish va unga olib 
ketish nazorati bo‘yicha badiiy ekspertizalar Boshqarmasining 
ruxsatnomasini pochta aloqasi obyektiga taqdim etishi kerak, u pochta 
jo‘natmasi ichiga solib qo‘yiladi. 
Quyidagilar xalqaro pochta jo‘natmalarida yuborish taqiqlanadi: 
a) o‘q otadigan, signalli, pnevmatik, gazli qurollar, o‘q-dorilar, 
sovuq qurollar (jumladan irg‘itiladigan), elektroshok qurilmalari va 
uchqunli razryadniklar, shuningdek o‘q otish qurollarining asosiy 
qismlari; 
b) giyohvang moddalar, psixotrop, kuchli ta’sir qiladigan, 
radioaktiv, portlovchi, zaharlovchi, o‘yuvchi, tez alangalanuvchi va 
boshqa xavfli moddalar
v) zaharli hayvonlar va o‘simliklar; 
g) O‘zbekiston Respublikasining pul belgilari va chet el valyutasi 
(respublika Markaziy banki va uning muassasalari tomonidan 
yuboriladiganlardan tashqari); 
d) sifati tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari; 
e) o‘z tavsifi yoki o‘rovi tufayli pochta xodimlariga xavf 
tug‘dirishi, boshqa pochta jo‘natmalari va pochta uskunalarini 
ifloslantirishi yoki buzishi (shikastlashi) mumkin bo‘lgan narsalar va 
buyumlar. 
Xalqaro pochta jo‘natmalarida buyumlar va narsalarning 
yuborilishi bo‘yicha taqiqlash va cheklashlar ro‘yxati, yuborish 
taqiqlangan buyumlar va narsalarning bu pochta jo‘natmalaridan olib 
qo‘yish va yo‘q qilish tartibi xalqaro pochta jo‘natmalarini qabul qilish 
bo‘yicha Qo‘llanma, qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 
Xalqaro banderollar, «M» qoplari, mayda paketlar, qiymati e’lon 
qilingan xatlar va guruhlashtirilgan «Konsignatsiya» jo‘natmalarida 


 
133
yozma xabarlarni jo‘natish taqiqlanadi, bojxona maqsadlari uchun zarur 
bo‘lgan fakturalar, joylanma va hujjatlar ro‘yxatlari bundan mustasno. 
Bundan tashqari, xalqaro banderollar, «M» qoplari, mayda paketlar, 
posilkalar va guruhlashtirilgan «Konsignatsiya» jo‘natmalarida hujjat va 
qimmatli qog‘ozlarni jo‘natish taqiqlanadi. 
Xalqaro pochta jo‘natmalarida manzil lotin harflari va arab 
raqamlari bilan yoziladi. Mo‘ljallangan mamlakat va aholi punkti nomi, 
davlat yoki fuqarolarning istagiga ko‘ra, ma’lum xalqaro tilda 
takrorlanish sharti bilan, manzilni belgilangan mamlakat tilida yozishga 
ham ruxsat etiladi. 
Xalqaro xatlar standart oddiy yoki badiiy konvertlarga O‘z DSt 
1020:2002 Pochta konvertlariga muvofiq joylanadi. 
Banderollar, sekogrammalar o‘ramasi shunday bo‘lishi kerakki, 
bunda ularni tekshirishga qiyinchilik tug‘dirmasin va tashishda 
joylanmaning butligi ta’minlansin. 
Bosma nashrlar qog‘oz yoki boshqa tasma bilan banderol qilinishi, 
qattiq asosga o‘ralishi, qog‘oz jildlar, qutilar, ochiluvchi g‘iloflar, 
muhrlanmagan paketlarga joylanishi mumkin, keyin ular kanop ip bilan 
bog‘lanadi. Vazni 500 g dan ortiq banderollar, sekogrammalar ikki 
qavatli «kraft» yoki boshqa qalin qog‘ozga o‘ralishi va kanop ip bilan 
bog‘lanishi kerak. 
«M» belgili qoplarda yuboriladigan joylanmalar banderol sifatida 
o‘raladi va uning o‘rovida oluvchi va jo‘natuvchining to‘liq manzili 
ko‘rsatiladi. Banderollar, sekogrammalarga jo‘natuvchi tomonidan 
tuzilgan manzil yorlig‘ini yelimlab qo‘yishga ruxsat etiladi. «M» belgili 
qoplarni jo‘natish uchun pochta aloqasi obyektlari idish (tara)laridan 
foydalaniladi. 
Bunday qoplarga nisbatan qo‘llaniladigan tarif har bir qopning 
to‘liq 1 kg og‘irlik bo‘yicha hisoblab chiqiladi. 
 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish