Microsoft Word Pochta aloqalari doc



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

 
 NAZORAT 
SAVOLLARI 
 
1. Qaysi pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalari to‘plamli deb 
ataladi? 
2. To‘plamli pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalarini qabul qilish 
shartlari qanday? 
3. To‘plamli pochta jo‘ntmalari va pul o‘tkazmalari qabul 
qilinganda 103-shakldagi ro‘yxat kim tomonidan va nechta nushada 
tuziladi? 
4. To‘plamli pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalari qabul qilish 
chiptasida nimalar ko‘rsatiladi? 
5. 103-shakldagi ro‘yxatlari rasmiylashtirish tartibi qanday? 
 


 
125
3- bob. XALQARO POCHTA JO‘NATMALARI  
VA PUL O‘TKAZMALARI 
 
3.1 Umumiy qoidalar 
 
 Xalqaro pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish va 
topshirish Butunjahon pochta ittifoqining hujjatlariga va Pochta aloqasi 
xizmatini ko‘rsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Keluvchi va jo‘natiluvchi xalqaro pochta jo‘natmalariga to‘liq 
ishlov berish, shuningdek ularni manziliga jo‘natish bir vaqtda xalqaro 
pochta almashuv joylari ham hisoblanadigan xalqaro pochtamt tomoni-
dan amalga oshiriladi.  
Xorijiy mamlakatlarning pochta xizmatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
xalqaro pochta almashuvi xalqaro pochta almashuv punktlari deb 
ataluvchi pochta aloqasi obyektlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Xalqaro pochta almashuvi punktlarining vazifalarini, shuningdek 
o‘zlariga bo‘ysunuvchi xalqaro yo‘nalishlarga qatnovchi pochta 
vagonlari sayyor brigadalari orqali yoki xalqaro havo va avtomobil 
transportining xalqaro axborotlar xizmatlari orqali xorijiy pochta 
xizmatlari bilan xat-xabarlar ayirboshlashni amalga oshiruvchi Xalqaro 
pochtamt bajaradi. 
Xalqaro pochta almashuvi joylari va punktlari o‘z faoliyatlarida, 
Butunjahon pochta ittifoqi hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi xalqaro 
pochta almashuvi joylarida xalqaro pochtaga ishlov berish va jo‘natish 
Qoidalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro pochta almashuvi 
punktlari xalqaro pochtani qabul qilish va jo‘natish qoidalariga amal 
qiladilar. 
Xalqaro pochta almashuvi joylari faqat pochta jo‘natmalariga 
ishlov berish va jo‘natish masalalari bo‘yicha yozishmalarni olib borishi 
mumkin. 
Xalqaro pochta almashuvi punktlari faqat o‘zlari bilan pochta 
almashuvini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiradigan xorijiy pochta 
xizmatlari punktlari bilangina yozishmalar olib borishlari mumkin. 
Xalqaro pochta jo‘natmalarini manzil bo‘yicha qayta jo‘natish, 
qaytarish va qidiruv masalalari bo‘yicha yozishni Pochta ma’muriyati 
yoki uning topshirig‘iga ko‘ra – Milliy operator olib boradi.  
Bojxona nazoratidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan pochta jo‘nat-
malarini tekshirish xalqaro pochta almashuvi joylarida amalga oshiriladi. 


 
126
Pochta aloqasi hududiy tashkilotlar yoki pochta aloqasi obyektlari 
bojxona idoralarining pochta jo‘natmalari bo‘yicha chiqargan qarorlari 
uchun javobgar bo‘lmaydilar. 
Xalqaro pochta jo‘natmalariga quyidagi jo‘natma turlari kiradi: 
a) xatlar (oddiy, buyurtma, qiymati e’lon qilingan); 
b) pochta varaqchalari (oddiy, buyurtma); 
v) banderollar va «M» qoplari (oddiy, buyurtma); 
g) sekogrammalar (oddiy, buyurtma); 
d) mayda paketlar (buyurtma); 
e) posilkalar (oddiy, qiymati e’lon qilingan); 
j) ekspress-pochtaning xalqaro jo‘natmalari; 
z) elektron pochta jo‘natmalari; 
i) guruhlashtirilgan «Konsignatsiya» jo‘natmalari. 
Butunjahon pochta ittifoqi a’zolari bo‘lgan davlatlar o‘rtasidagi pul 
mablag‘larining xalqaro pochta o‘tkazmalari almashuvi ular o‘rtasida 
tuzilgan Bitimlarga asosan amalga oshiriladi. 
Xalqaro pochta jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta 
o‘tkazmalari O‘zbekiston Respublikasi hududida ichki pochta jo‘natmalari 
uchun normativ aktlarda belgilangan muddatlarda jo‘natiladi va etkaziladi. 
Xorijiy davlatlarning diplomatiya, konsullik vakolatxonalarining 
xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning, xorijiy davlatlarning shu 
tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalarning, boshqa xalqaro 
tashkilotlarning, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy firmalar 
vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi ichida jo‘natish uchun, 
shuningdek barcha boshqa jo‘natuvchilardan ko‘rsatilgan muassasalar 
manziliga jo‘natilgan pochta jo‘natmalari xuddi ichki jo‘natmalar kabi 
to‘lanadi, rasmiylashtiriladi va jo‘natiladi. 
Xalqaro pochta jo‘natmasi – O‘zbekiston Respublikasi hududidan 
tashqariga jo‘natish uchun qabul qilinadigan va uning hududiga xorijiy 
davlatlardan keladigan yoki uning hududidan tranzit tarzda o‘tuvchi pochta 
jo‘natmasi; 
Xalqaro ekspress-pochta jo‘natmasi – yuborish va eltib berish 
(topshirish) Butunjahon pochta ittifoqi aktlariga muvofiq «EMS» tezkor 
pochta tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan pochta jo‘natmasi; 
Mayda paket – tovarlar namunalari, katta bo‘lmagan buyumlar 
solingan, joylanmasi, o‘lchamlari, og‘irligi va o‘rovlash tartibi pochta 
aloqasi xizmatini ko‘rsatish Qoidalari bilan belgilangan xalqaro buyurtma 
pochta jo‘natmasi; 


 
127
Xalqaro pochta almashuvi joyi – chet el pochta ma’muriyati 
tomonidan keladigan, O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinadigan va 
ochiq tranzit bilan jo‘natiladigan xalqaro pochta jo‘natmalariga ishlov 
berishni, shuningdek ularni mo‘ljallangan joyiga yuborishni amalga 
oshiruvchi pochta aloqasi milliy operatorining obyekti; 
«M» qopi – bir jo‘natuvchi tomonidan bitta adresatning o‘ziga 
jo‘natiladigan matbuot nashrlari (gazetalar, davriy nashrlar, kitoblar va 
sh.o‘.)dan iborat xalqaro pochta jo‘natmasi (maxsus qop); 
Guruhlashtirilgan «Konsignatsiya» jo‘natmalari  – bir jo‘natuvchi 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga yuboriladigan 
yoki uning hududiga chet davlatlardan keladigan bir nechta pochta 
jo‘natmalari;  
Sekogramma – faqat ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan, sekografiya 
usuli bilan yozilgan yozma xabar va nashrlar, sekografiya belgilariga ega 
klishelar, ovozli yozuvlar, tiflotexnika vositalari solingan ochiq ko‘rinishda 
beriluvchi pochta jo‘natmasi. 
Butunjahon pochta ittifoqi a’zolari bo‘lgan davlatlar o‘rtasidagi pul 
mablag‘larining xalqaro pochta o‘tkazmalari almashuvi ular o‘rtasida 
tuzilgan Bitimlarga asosan amalga oshiriladi. 
Xalqaro pochta jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta 
o‘tkazmalari O‘zbekiston Respublikasi hududida ichki pochta jo‘natmalari 
uchun normativ aktlarda belgilangan muddatlarda jo‘natiladi va etkaziladi. 
Xalqaro pochta jo‘natmalari dunyodagi barcha mamlakatlarga yer 
usti va havo transporti orqali yuborish uchun qabul qilinadi. 
Qiymati e’lon qilingan xatlar, mayda paketlar va posilkalar 
Butunjahon pochta ittifoqi Xalqaro byurosining ma’lumotlariga asosan 
tuziladigan va O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 
amalga kiritiladigan xalqaro pochta jo‘natmalarini qabul qilish bo‘yicha 
Qo‘llanmada sanab o‘tilgan mamlakatlargagina yuborish uchun qabul 
qilinadi.  
Chet davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatiya va 
konsullik vakolatxonalarining, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning 
pochta jo‘natmalarini O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida jo‘natish 
uchun, shuningdek ko‘rsatilgan muassasalarning manziliga kelgan pochta 
jo‘natmalari ichki jo‘natmalar kabi to‘lanadi va rasmiylashtiriladi.  
Korxona, tashkilot va muassasalardan oddiy va buyurtmali xatlar, 
oddiy va buyurtmali banderollar, pochta varaqchalari, mayda paketlar 
barcha pochta aloqasi obyektlarida, qiymati e’lon qilingan xatlar, «M» 


 
128
belgili qoplar va pochta posilkalar esa – pochta aloqasi hududiy 
tashkilotlari, pochta aloqasi obyektlarida (pochta aloqa bog‘lamalari, 
pochtamtlar va ajratilgan aloqa bo‘limlarida) qabul qilinadi 
(topshiriladi).  
Korxona, tashkilot va muassasalar buyurtmali xatlar va buyurtmali 
banderollar, «M» belgili qoplar, qiymati e’lon qilingan xatlar, mayda 
paketlar, pochta posilkalarini pochta aloqasi hududiy tashkilotlariga yoki 
pochta aloqasi obyektlariga istalgan miqdorda 103-A shakldagi ro‘yxat 
bo‘yicha topshiradilar, unda pochta jo‘natmalari nomma-nom yoziladi. 
Pochta qutilariga korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan solingan 
buyurtmali xat va buyurtmali banderollar jo‘natuvchilarga qaytariladi. 
Oddiy va buyurtmali xatlar, oddiy va buyurtmali banderollar, 
pochta varaqchalari va mayda paketlar xususiy shaxslardan pochta 
aloqasi hududiy tashkilotlari va barcha pochta aloqasi obyektlari 
tomonidan, «M» belgili qoplar, qiymati e’lon qilingan xatlar va 
posilkalar esa mintaqaviy pochta aloqasi tashkilotlari va pochta aloqasi 
obyektlari (pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar va pochta 
aloqasining ajratilgan bo‘limlari tomonidan qabul qilinadi (topshiriladi). 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish