Microsoft Word Pochta aloqalari doc



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

 
28-rasm. To‘plamli pochta pul o‘tkazmalarini qabul qilishda kvitansiyalarni 
pochta-kassa apparati, elektron majmuada to‘ldirish namunasi. 
 
Bir korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy shaxs tomonidan 
jo‘natiladigan, 103-shakldagi bir nechta ro‘yxat bo‘yicha bir vaqtning 
o‘zida qabul qilingan pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalariga bitta 
umumiy yoki har bir ro‘yxatga alohida kvitansiya berilib, ularga pochta 
jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarining raqamlari (raqamdan raqamgacha) 
yozib qo‘yiladi. «Qaerga» satrida «Ro‘yxat bo‘yicha» qabul qilingan 
pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarining soni so‘z bilan yoziladi; 
«Kimga» satrida «Ro‘yxat bo‘yicha» belgisi qo‘yiladi; «To‘lov» 
ustunida olingan to‘lovning, shu jumladan og‘irligi va e’lon qilingan 
qiymati uchun umumiy summasi yoziladi. Alohida satrda qo‘shimcha 
xizmatlar uchun olingan to‘lovlar summasi yoziladi. To‘lovning yakuniy 
summasidan so‘ng «shu jumladan QQS ____ so‘m _____ tiyin» deb 


 
123
ko‘rsatiladi. 5-shakldagi kvitansiyada pul o‘tkazmalarining umumiy 
summasi (so‘z va raqamlar bilan) yozib qo‘yiladi. 
To‘plamli pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalari pochta-kassa 
apparati elektron majmuada rasmiylashtirilgandan so‘ng quyidagi 
ma’lumotlar yoziladigan kvitansiya beriladi: 
a) pul o‘tkazmalarini qabul qilishda – har bir pul o‘tkazmasi 
bo‘yicha raqami va summasi, pul o‘tkazmalarining umumiy summasi, 
QQSni ajratish bilan ularni jo‘natish uchun to‘lovning umumiy summasi 
va jo‘natuvchidan olinishi lozim bo‘lgan umumiy summasi; 
b) qiymati e’lon qilingan pochta jo‘natmalarini qabul qilishda –
qiymati e’lon qilingan xat yoki qiymati e’lon qilingan banderolning 
raqami, qiymati e’lon qilingan barcha xatlar va qiymati e’lon qilingan 
banderolar uchun to‘lovning QQS umumiy summasi, summasini ajratish 
bilan. Mashinada bosilgan raqamga aloqa xodimi qo‘lda kasr chizig‘i 
orqali, 103-shakldagi ro‘yxatda ko‘rsatilgan pochta jo‘natmalarining 
sonini yozib qo‘yadi; 
v) posilkalarni qabul qilishda – posilkaning raqami, har bir pochta 
jo‘natmasi uchun to‘lov summasi, qabul qilingan barcha posilkalar 
uchun to‘lovning QQS summasini ajratish bilan umumiy summasi. 
Pochta-kassa apparati kvitansiyasini rasmiylashtirishda QQS 
summasi kvitansiyaning bo‘sh joyiga QQS ning 103-shakldagi ro‘yxat 
bo‘yicha yakuniy summasiga muvofiq ravishda qo‘l bilan yozib 
qo‘yiladi. 
Yirik pochta aloqasi obyektlarida pochta jo‘natmalari pul o‘tka-
zmalarini to‘plami bilan qabul qilish uchun 1,3 va 5-shakldagi alohida 
kvitansiya daftarlari yuritilishi mumkin. 
103-shakldagi ro‘yxat bo‘yicha buyurtmali xat-xabarlar 
topshirilganda, 103-shakldagi ro‘yxatning har bir varag‘i oxirida aloqa 
xodimi taqvim tamg‘a izini tushiradi va imzo qo‘yadi, bundan tashqari 
ro‘yxatning oxirida, imzodan oldin, aniq qilib «Qabul qildim» deb 
yozib, familiyasi va lavozimini ko‘rsatadi. Bunday holda 103-shakldagi 
ro‘yxat ikki nusxada tuziladi. 
Kvitansiya ro‘yxatlarning bir nusxasi bilan birga jo‘natuvchiga 
beriladi. Pul o‘tkazmalariga tuzilgan 103-shakldagi ro‘yxatlarning asl 
nusxalari 5-shakldagi daftarga solib qo‘yiladi, buyurtmali xatlar va 
buyurtmali banderollarga, qiymati e’lon qilingan xatlar va qiymati e’lon 
qilingan banderollar, posilkalarga tuzilganlari esa ularning 1, 3-


 
124
shakllardagi daftarga yozilgan tartibi bo‘yicha alohida to‘plam qilib 
tikiladi va ular bilan birga saqlanadi. 
Manzillangan joylarda to‘plamli posilkalar korxona, tashkilot va 
muassasalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta aloqasi hududiy 
tashkilotlarining almashuv punktlarida zarur sharoitlar mavjud 
bo‘lganda yoki shu maqsadlar uchun muxsus ajratilgan aloqa 
bo‘limlarida berilishi kerak. 
Pochta konteynerlarida jo‘natiladigan to‘plamli posilkalarni qabul 
qilish, o‘rab joylash, rasmiylashtirish va berish tartibi alohida 
yo‘riqnomalar orqali tartibga solinadi hamda tuziladigan shartnomalarda 
tasdiqlanadi. 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish