Microsoft Word Pochta aloqalari doc



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

Jo‘natiluvchi xalqaro pochta jo‘natmalari uchun qo‘yidagi 
o‘lchamlar va cheklangan og‘irliklari belgilangan: 
 
 
Jo‘natma turi 
Cheklangan 
og‘irligi 
(kg) 
 
O‘rovdagi o‘lchami 
1 2 

1. Xat 

Eng ko‘p: 229x324 mm; 162x229 mm; 
Eng kam: 110x220 mm; 114x162 mm; 
2.Pochta varaqchasi - 105x148 
mm 
3. Banderol 

Eng ko‘p: uzunligi, eni va qalinligining 
yig‘indisi – 90 sm dan ortiq emas; 
eng katta o‘lchami – 60 sm 
Rulonlar uchun uzunligi va ikki karrali 
diametrining yig‘indisi 104 sm dan ortiq 
emas; eng katta o‘lchami 90 sm; 
Eng kam: 105x148 mm. 
Rulonlar uchun uzunligi va ikki karrali 
diametrining yig‘indisi – 17 sm dan ortiq 
emas; eng katta o‘lchami – 10 sm  
4. 
Sekogramma 

O‘rovdagi o‘lchamga bo‘lgan talablar, 
banderollarga qo‘yiladigan talablarga mos 
keladi  


 
129
5. Mayda paket 

O‘rovdagi  o‘lchamga bo‘lgan talablar, 
banderollarga qo‘yiladigan talablarga mos 
keladi  
6. «M» qopi 
14,5 
O‘lchamga talablar o‘rnatilmagan 
7. Posilka 
20 
Har  qanday  o‘lchami – 105 sm dan ortiq 
emas. 
Uzunligi va eng katta ko‘ndalang 
kesimining perimetri yig‘indisi – 200 sm 
dan ortiq emas;  
Eng kam: 110x220 mm yoki 114x162 mm 
8. Ekspress-pochta 
jo‘natmasi 
31,5 
Har qanday o‘lchami – 150 sm dan ortiq 
emas.  
Uzunligi va eng katta ko‘ndalang 
kesimining perimetri yig‘indisi – 300 sm 
dan ortiq emas  
9. Guruhlashtirilgan 
«Konsignatsiya» 
jo‘natmalari 
31,5 
Har qanday o‘lchami – 105 sm dan ortiq 
emas. 
Uzunligi va eng katta ko‘ndalang 
kesimining perimetri yig‘indisi – 200 sm 
dan ortiq emas. 
 
Besh va undan ortiq buyurtmali xat yoki buyurtmali banderolni bir 
vaqtda jo‘natishda jo‘natuvchi 103-A shakldagi ro‘yxatini 2 nusxada 
tuzishi shart, unda raqamlarni tartibi bilan ko‘rsatishi, mo‘ljallangan 
mamlakat va shaharning nomini, oluvchining nomini ko‘rsatishi va 
shaxsiy imzosi bilan tasdiqlashi kerak. Aloqa xodimi buyurtmali pochta 
jo‘natmalarini ro‘yxatdagi yozuvlar bilan nomma-nom solishtiradi, unga 
3-shakldagi daftar bo‘yicha ularning raqamlari va uning imzosi bilan 
tasdiqlanuvchi taqvim tamg‘a izini qo‘yadi.  
Qabul qilingan buyurtmali pochta jo‘natmalariga 3-shakldagi 
daftardan bitta umumiy kvitansiya yozib beriladi, unda «. . .-sondan . . .-
songacha» deb xat yoki banderollarning raqamlari qo‘yiladi, «Qaerga» 
degan satrida so‘z bilan ularning miqdori ko‘rsatiladi, «Kimga» degan 
satrda «Ro‘yxat bo‘yicha» deb belgi qo‘yiladi, «To‘lov» degan satrda 
olingan to‘lovning umumiy so‘mmasi yoziladi. 
Ro‘yxat bo‘yicha qabul qilingan buyurtmali pochta jo‘natmalari 
qidirilgan hollarda, arizaga 3-shakldagi daftardan kvitansiya va 
ro‘yxatning nusxasi qo‘shib beriladi. 
Xalqaro yozma xat-xabarlarning to‘loviga, Butunjahon pochta 
ittifoqining Xalqaro byurosi tomonidan chiqarilgan xalqaro javob 
kuponlari qabul qilinadi. Ular suv qog‘ozli belgilar bilan «UPU» 


 
130
abbreviaturasini aks ettiruvchi yirik shriftlarda nashr qilinadi va odatda 
ustki yuz tomonida kuponni sotgan chet el pochta aloqasi tashkilotining 
taqvim tamg‘asi iziga ega bo‘ladi.  
Pochta jo‘natmasini berishda taqdim etiladigan xalqaro javob 
kuponlari havo transporti orqali yuboriladigan, og‘irligi 20 g gacha 
bo‘lgan bitta oddiy xalqaro xatning to‘lov tarifiga muvofiq markalarga 
almashtiriladi. 
Qalbaki xalqaro javob kuponlarini sotishda yoki sotish 
maqsadlarida tayyorlashda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga 
muvofiq javobgarlikka tortiladilar. 
Qiymati e’lon qilingan xatlar, mayda paketlar, «M» belgili qoplar 
va pochta posilkalarini qabul qilish (berish), istisno tariqasida, pochta 
aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa 
bog‘lamasi, pochtamt) rahbarining ruxsati bilan belgilangan aloqa 
bo‘limlarida tashkil etilishi mumkin.  
Oddiy va buyurtma xalqaro xatlarda yozma xabarlar, ish bo‘yicha 
qog‘ozlar, turli xil kvitansiyalar, hisob – fakturalar, fotosuratlar 
yuboriladi. Qiymati e’lon qilingan xalqaro xatlarda notarial idoralarda 
tasdiqlangan ma’lumotnoma va hujjatlarning nusxalari hamda qimmatli 
qog‘ozlar yuboriladi. 
Xalqaro banderollarda bosma nashrlar shu jumladan gravyuralar
suratlar, qo‘lyozmalar, jo‘g‘rofiy xaritalar, andozalar, kataloglar, 
prospektlar, turli e’lonlar va xabarnomalar, turli mexanik bosish usuli 
bilan bajarilgan bosma nusxalar va reproduksiyalar yuboriladi.  
Sekogrammalarda ko‘zi ojizlar uchun ochiq beriladigan 
bo‘rttirilgan shriftlar bilan bajarilgan yozma xabarlar va bosma nashrlar 
hamda sekografiya belgilariga ega klishe, shuningdek ko‘zi ojizlar 
uchun mo‘ljallangan, agarda ko‘zi ojizlar tashkilotlari tomonidan yoki 
shunday tashkilotga manzillangan bo‘lsa, ovozli yozuvlar va maxsus 
qog‘ozlar yuboriladi. Bundan tashqari, ko‘zi ojizlar tashkilotidan yoki 
ularga manzillangan ichki sekogrammalarda ko‘zi ojizlar uchun 
tiflotexnika vositalari yuborilishi mumkin. Sekogrammalarni o‘rovlash 
va ularga ishlov berishga talablar banderollarning tegishli toifalariga 
qo‘yiladigan talablar kabidir. 
Mayda paketlarda sinmaydigan mayda buyumlar yoki mollarning 
ayrim namunalari yuboriladi. Yuboriladigan joylanmaning bahosi 
Butunjahon pochta ittifoqining Konvensiyasi va Bitimiga muvofiq 


 
131
mayda paketning yo‘qolganida o‘rnini qoplaydigan summadan ortiq 
bo‘lmasligi kerak. 
Xalqaro posilkalarda chet elga jo‘natish va belgilangan 
mamlakatga keltirish uchun taqiqlanmagan, qonun hujjatlariga muvofiq 
ruxsat etilgan sanoat mollari, uzoq vaqt saqlanadigan oziq-ovqat 
mahsulotlari, madaniy-maishiy ahamiyatga ega bo‘lgan mollar 
yuboriladi.  
Xalqaro pochta jo‘natmalarini qabul qilish bo‘yicha Qo‘llanmada 
ko‘rsatilgan mamlakatlarga qiymati e’lon qilingan xalqaro posilkalar 
yuborish uchun qabul qilinadi. 
Foydalanuvchilarga xalqaro pochta jo‘natmalarida O‘zbekiston 
Respublikasidan olib chiqish taqiqlanmagan, ishlab chiqarish yoki 
boshqa tijorat faoliyatlari uchun mo‘ljallanmagan buyumlarni 
yuborishga ruxsat etiladi. 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish