Microsoft Word Pochta aloqalari doc


Pochta jo‘natmalarini jo‘natish uchun idish (tara)lar



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

1.3 Pochta jo‘natmalarini jo‘natish uchun idish (tara)lar 
 
Pochta idish (tara)lariga qoplar, konteynerlar kiradi. Pochta 
idishlari O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining texnik 
shartlari bo‘yicha tayyorlanib, ularda «O‘zbekiston pochtasi» degan 
trafaretli yozuv bo‘lishi kerak. «Qopga qop» almashuviga taalluqli 
bo‘lmagan qoplarning yozuvida bundan tashqari ularga qarashli bo‘lgan 
pochta aloqasi hududiy tashkloti, Xalqaro pochtamt, PO‘NQM, 
«O‘zbekiston markasi» nashriyot markazining nomi yozilgan bo‘lishi 
kerak. 
Konteynerlarga 1 raqamdan boshlab (cheksiz) tartib bo‘yicha 
raqam beriladi, brezent qoplarga esa 1001 dan 9999 gacha bo‘lgan tartib 
raqami beriladi. Qoplarning tartib raqamlari bir yo‘la trafaretli yozuv 
bilan yoziladi. Zig‘ir, kanop jun tolali va bo‘z qoplarga tartib raqami 
yozilmaydi. 


 
16
Xalqaro tezkor pochta jo‘natmalarini jo‘natishda lotin alifbosida 
«EMS»,  «Ouzbekistan Postes» trafaret yozuvli to‘q sariq rangdagi 
qoplardan foydalaniladi. 
Pochta jo‘natmalarini horijga yer usti transporti bilan jo‘natishda 
ishlatiladigan qoplar istalgan (och jigarrang, jigarrang, oq va sh.k) 
rangda bo‘lib, «Ouzbekistan Postes Tashkent» degan trafaretli yozuvi 
bo‘lishi kerak. Xalqaro avia pochtalarni jo‘natish uchun to‘liq havo 
rangdagi qoplar yoki ikki yon tomonida keng havo rang chizig‘i, 
«Postes par avion Tashkent» degan trafaretli yozuvi bo‘lgan qoplardan 
foydalaniladi. 
Xalqaro xat-xabarlarni jo‘natish uchun qoplar 10000 gacha bo‘lgan 
sonlar bilan raqamlanadi. 
Pochta jo‘natmalarini yaroqsiz holga kelgan yoki belgilangan 
trafaretga ega bo‘lmagan idishlarda, xoshiyalanmagan va o‘lchami 
bo‘yicha standartga to‘g‘ri kelmaydigan qoplarda, shuningdek 
raqamlanmagan brezent qoplarda jo‘natishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Pochta vagonlarida, shuningdek pochta avtomobil yo‘nalishlari 
bo‘yicha zig‘ir, kanop jun tolali va bo‘z qoplarda pochta tashiganda 
«qopga qop» tartibida almashtiriladi. 
Pochtani poezdlar, avtobuslar, shuningdek havo kemalarida bagaj 
bilan jo‘natishda, qop-idishlar bo‘yicha hisob-kitob ushbu jo‘natishlar 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ular o‘rtasida amalga oshiriladigan pochta aloqasi 
hududiy tashkilotlari, pochta aloqasi obyektlari tomonidan olib boriladi. 
Pochtani havo kemalaridan yer usti transportida jo‘natish uchun 
oraliq aeroportlarda pochtani tushirib olinganda jo‘natish punktlari bilan 
qoplar uchun hisob-kitob shunday pochtani havo kemasidan olgan 
pochta aloqasi obyektlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday hollarda, 
pochta idishlari qaytariladigan 16-shaklning ichki yukxatlarida quyidagi 
belgi qayd qilinadi: «... -son reysdagi havo kemasida ....ga (umumiy 
yukxat qaerga manzillanganligi ko‘rsatilishi kerak) jo‘natilgan 
(jo‘natish sanasi) pochta qoplari uchun hisob-kitob»
Havo kemasidan boshqa qo‘nish punktiga manzillangan pochtani 
tushirib olinganligi to‘g‘risida uni qayta jo‘natishni amalga oshiruvchi 
pochta aloqasi obyekti dastlabki jo‘natish punktiga tezkor (telegraf) 
xabarnomani yo‘llaydi. 
Agar havo transporti orqali jo‘natilgan pochtali qoplar bundan 
keyin pochta vagonida jo‘natiladigan bo‘lsa, unda vagon brigadasi 


 
17
ularning evaziga yuk ortish punktidagi pochta aloqasi obyektiga tegishli 
miqdorda bo‘sh qoplarni topshiradi. 
O‘z navbatida, bu brigada ushbu qoplarni topshirishda, ular uchun 
shuncha miqdorda bo‘sh qoplarni oladi. 
Konteynerlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar pochtani 
konteynerlarda tashish tizimiga kiritilgan pochta aloqasi obyektlari 
o‘rtasida pochtani konteynerlarda tashish rejasi bo‘yicha, lekin 
almashtirish vaqtida 10 kecha-kunduzdan kechiktirmay o‘tkaziladi. 
Xalqaro pochtamt, PO‘NQM, «O‘zbekiston markasi» Nashriyot 
markazidan, viloyatlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)ning shartli 
boyliklar uchastkalari tomonidan jo‘natiladigan qoplar, xalqaro pochtali 
qoplar, shuningdek «matbuot» degan trafaret yozuvli qoplar «qopga 
qop» bo‘yicha almashtirishga taalluqli emas. 
 «Qopga qop» almashuviga taalluqli bo‘lmagan qoplar pochta 
aloqasi hududiy tashkilotlari, Xalqaro pochtamt, PO‘NQM, 
«O‘zbekiston markasi» Nashriyot markazi tomonidan 17-shakldagi 
varaqchalar bo‘yicha yoki manziliga qoplar jo‘natiladigan yoki 
olinadigan barcha pochta aloqasi obyektlari uchun tuziladigan xuddi shu 
shakl daftaridagi shaxsiy hisob raqamlari bo‘yicha hisobga olinadi. 
«Qopga qop» almashuviga taalluqli bo‘lgan qoplar bo‘yicha 
qarzdorlik, shuningdek 16-shakl yukxatidagi belgilar asosida 17-
shakldagi varaqcha bo‘yicha hisobga olinadi. 
Brezent qoplar 16-shakl yukxati tuzilgan ularning raqamlari va 
sanasi bo‘yicha, zig‘ir, kanop jun tolali va bo‘z qoplar esa umumiy soni 
bo‘yicha hisobga olinadi. 
Konteynerlarni hisobga olish va pochtani konteynerlar bilan 
tashish tizimiga kiritilgan pochta aloqasi obyektlari o‘rtasidagi o‘zaro 
hisob-kitoblar 17-shakldagi varaqchalar bo‘yicha olib boriladi. 
Pochta aloqasi obyektlari bo‘yicha konteynerlarning o‘tishini 
tezkor hisobga olish va nazorat qilish uchun konteynerlarni birlamchi 
hisobga olish uchun maxsus daftarlar yuritiladi.  
Birlamchi hisobga olish konteynerlarda olib kelingan pochta 
jo‘natmalarining turlari bo‘yicha sonini aniq hisoblash imkoniyatini 
ta’minlashi kerak. 
«Qopga qop» almashuviga taalluqli bo‘lmagan qabul qilingan 
qoplar ishlovdan o‘tkazilgandan keyin har bir pochta aloqasi obyekti 
birinchi qaytuvchi transport orqali qoplarni qaysi obyektdan jo‘natilgan 
bo‘lsa, o‘sha yerga qaytarishga majbur. 


 
18
«Qopga qop» almashuviga tegishli bo‘lgan qoplarning to‘liq 
almashilmaganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan 16-shakl yukxatining 
nusxasi olinishi bilan qoplar bo‘yicha qarzdorlik darhol to‘lanadi. Bo‘sh 
qoplar tegishli pochta aloqasi obyektlariga jo‘natiladi, jo‘natish sanasi 
esa 17-shakldagi varaqchalarda belgilanadi. 
Hisobot oyi tugashi bilan varaqcha (shaxsiy hisob raqami)da 
jo‘natilgan qoplarning turlari bo‘yicha soni, hisobot oyi tugagandan 
so‘ng 15 kundan keyin qaytarilgan qoplar soniga yakun yasaladi. Ana 
shu yakuniy ma’lumotlar asosida pochta aloqasining har bir obyektida 
uzil-kesil hisob-kitob uchun tegishli pochta idishlarining zarur sonini 
jo‘natish yo‘li bilan pochta idishi bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblari to‘liq 
yopiladi. 
Qaytariladigan bo‘sh qoplar, shu qoplardan birortasiga joylanadi, 
unga 16-shakldagi yukxat ham solib qo‘yiladi. Zig‘ir, kanop jun tolali 
hamda bo‘z qoplar yukxatga hisobi (soni) bo‘yicha, brezent qoplar esa, 
idish turini ko‘rsatgan holda raqamlari bo‘yicha ko‘rsatiladi. Yukxatga 
yozishdan oldin ularga «Bo‘sh idish (tara)lar» degan belgi qo‘yiladi. 
Qoplardagi yozuv qarshisiga «…oyi uchun qarz hisobiga» deb belgi 
qo‘yiladi. 
Qaytariladigan bo‘sh idishli qoplarga 10-shakldagi manzil yorlig‘i 
biriktiriladi, shundan keyin qoplar sug‘urta muhri bilan muhrlanadi yoki 
plombalanadi va 16-shakldagi yukxatga yozilib, jo‘natiladi. Agar faqat 
bitta qop qaytariladigan bo‘lsa, unga ham shu xildagi yukxat ilova 
qilinadi va u yuqoridagi tartibda yoziladi, lekin u muhrlanmagan 
(plombalanmagan) holda jo‘natiladi. Bo‘sh qoplarning manzil 
yorliqlarida va 16-shakldagi yukxatda umumiy belgilangan 
ma‘lumotlardan tashqari «Bo‘sh» yoki «Bo‘sh qoplar bilan» belgisi 
qo‘yiladi. Pochta bilan olingan brezent qoplar ularni jo‘natgan pochta 
aloqasi obyektining manziliga pochtani berkitish uchun foydalanishga 
ruxsat etiladi. Bunda 16-shakldagi yukxatda, albatta «. . . oyi uchun qarz 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish