33
2.2 Qiymati e’lon qilingan xatlar va qiymati
e’lon qilingan banderollar
2.2.1 Qiymati e’lon qilingan xatlar va qiymati
e’lon qilingan banderollarni qabul qilish
Qiymati e’lon qilingan ichki banderollarda foydalanuvchi uchun
ma‘lum qiymatga ega bo‘lgan buyumlar, mahsulotlar va hujjatlar
(madaniy-maishiy va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan narsalar, bosma
nashrlar, badiiy adabiyot, tasviriy san’at bo‘yicha adabiyot, ish bo‘yicha
qog‘ozlar, ovoz yozuvlari, dorilar, uzoq muddat saqlanadigan oziq-
ovqatlar va b.) yuboriladi.
Qiymati e’lon qilingan ichki xatlarda notarial idoralar tomonidan
tasdiqlangan hujjatlar, hujjatlar nushalari, ma’lumotnomalar, hujjatlar
(diplomlar, to‘g‘ilganlik to‘g‘risidagi, nikoh to‘g‘risidagi va boshqa
guvohnomalar)ning dublikatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlar
yuboriladi.
Qiymati e’lon qilingan ichki xatlarning e’lon qilingan qiymat
summasi cheklanmaydi va jo‘natuvchi tomonidan joylanmaning haqiqiy
qiymati bo‘yicha to‘liq so‘mlarda belgilanadi. E’lon qilingan qiymati
eng kam ish haqining uch barobaridan oshmaydigan joylanma banderol
tarzida jo‘natilishi mumkin.
Fuqarolardan qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan
banderollar faqat ochiq holda, joylanmani tekshirib, barcha
jo‘natilayotgan buyumlarning ro‘yxati bilan qabul qilinadi. Qiymati
e’lon qilingan banderollar jo‘natuvchining xohishiga ko‘ra joylanmaning
ro‘yxati bilan va joylanmaning ro‘yxatisiz qabul qilinishi mumkin.
107-shakldagi joylanma ro‘yxati jo‘natuvchi tomonidan to‘liq
pochta manzilini va oluvchining nomini ko‘rsatgan holda ikki nusxada
tuziladi. Jo‘natilayotgan joylanma ro‘yxatiga barcha jo‘natilayotgan
buyumlari e’lon qilingan qiymatning summasini ko‘rsatgan holda,
nomma-nom yoziladi. Ro‘yxatning ikkala nusxasi ham jo‘natuvchi
tomonidan imzolanadi. Jo‘natuvchining xohishiga ko‘ra qiymati e’lon
qilingan xat yoki qiymati e’lon qilingan banderol ichiga solinadigan
107-shakldagi ro‘yxatning birinchi nusxasida buyumlarning e’lon
qilingan qiymatning summasi ko‘rsatilmasligi mumkin.
Qiymati e’lon qilingan xat yoki qiymati e’lon qilingan banderolni
qabul qilishda aloqa xodimi joylanmani ro‘yxat bilan, joylanmaning
34
e’lon qilingan qiymat summasiga muvofiqligini, shuningdek manzilning
aynan o‘xshashligi, oluvchining nomi, pochta jo‘natmasi va ro‘yxatning
ikkala nusxasida ko‘rsatilgan e’lon qilingan qiymat summasi hamda
alohida belgilarini solishtiradi, ularga imzo qo‘yadi va taqvim tamg‘a
izini tushiradi. Rasmiylashtirilgan ro‘yxatning birinchi nusxasi qiymati
e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan banderol ichiga solinadi,
ikkinchi nusxasi esa, jo‘natuvchiga beriladi.
Qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan banderollar
jo‘natuvchining ishtirokida o‘rab joylanadi, yopishtiriladi va sug‘urta
muhri bilan shunday mo‘ljalda muhrlanadiki, bunda xatning barcha
qopqoqlari yoki banderolning barcha o‘rovlari joylanma saqlanishini
ta’minlaydigan qilib, sug‘urta muhri bilan surg‘uchlab berkitiladi.
O‘lchami 114x162 mm, 110x220 mm bo‘lgan standart
konvertlarda jo‘natiladigan, bahosi eng kam ish haqining bir barobaridan
oshmaydigan qiymati e’lon qilingan xatlarni konvertning barcha
qopqoqlarini birlashtirgan holda sug‘urta muhrini bir marta bosish bilan
muhrlashga ruxsat etiladi. Bahosi bundan yuqori bo‘lgan yoki o‘lchami
162x229 mm va 229x324 mm bo‘lgan standart konvertlarda
jo‘natiladigan xatlarda tushirilgan muhr izining soni beshtadan kam
bo‘lmasligi kerak. Fuqarolar tomonidan jo‘natiladigan og‘irligi 500g dan
ortiq bo‘lgan qiymati e’lon qilingan xatlar va qog‘oz o‘rovli qiymati
jo‘natuvchi tomonidan tuzilgan, aloqa xodimi tomonidan
rasmiylashtirilgan manzil yorlig‘i bilan zich qilib yopishtiraladi.
Qiymati e’lon qilingan xat yoki qiymati e’lon qilingan banderol
rasmiylashtirilgandan va muhrlangandan keyin tarozida tortiladi hamda
jo‘natuvchidan belgilangan to‘lov undiriladi. Xat yoki banderol
o‘rovining bo‘sh joyiga raqam bilan uning og‘irligi va aloqa xodimining
imzosi bilan tasdiqlangan QQSni ajratgan holda, olingan to‘lovning
umumiy summasi qo‘yiladi.
Banderolni polietilen o‘rovlarda jo‘natish uchun qabul qilishda
uning ichiga rasmiylashtirilgan manzil yorlig‘i yopishtirilib, o‘rab
joylangan joylanma solinadi. Polietilen qoplarning ochiq tomoni
jo‘natuvchining ishtirokida termopayvandlash mashinasida pochtaning
indeksi va banderolni qabul qilib olgan pochta aloqasi obyekti nomining
chokiga tushirib payvandlanadi.
Banderolning qopqoqlariga jo‘natuvchi tomonidan to‘ldirilgan
manzil yorliqlarini yopishtirishga ruxsat etiladi.
35
Manzil yorliqlari aloqa xodimi tomonidan banderollarni yopish-
tirishga qadar rasmiylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |