Microsoft Word Pochta aloqalari doc


Jo‘natiluvchi, tranzit va oluvchining manzilidagi pochta



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

2.1.2 Jo‘natiluvchi, tranzit va oluvchining manzilidagi pochta 
aloqasi obyektlarida xat-xabarlarga ishlov berish 
 
Pochta aloqasi obyektlarida jadvalda belgilangan muddatlarda 
qabul qilingan buyurtmali pochta jo‘natmalari nomma-nom tekshirilib, 
ishlov berish va jo‘natishga va 3-shakldagi daftarga imzo qo‘yilib 
topshiriladi. 3-shakldagi daftarning oxirgi kvitansiya nusxasining bo‘sh 
joyida topshirish sanasi, topshiriladigan xatlar (pochta varaqchalari, 
banderollar, bildirishnomalari)ning soni, qaysi raqamdan qaysi 
raqamgacha bo‘lgan pochta jo‘natmalarining topshirilganligi, masalan, 
«8 dan 17 gacha 10 ta xat» deb ko‘rsatiladi. 
Buyurtmali pochta jo‘natmalarini qabul qilish va ularga ishlov 
berish turli xonalarda o‘tkaziladigan pochta aloqasi obyektlarida 
buyurtmali xatlar (pochta varaqchalari, banderollar, bildirishnomalari)ga 
ishlov berish uchun bir nusxada yoziladigan 11-shakldagi reestrning 3-
shakldagi daftariga imzo qo‘yilib topshiriladi. Reestrda ularning 
raqamlari va umumiy soni so‘z bilan yoziladi. 
Buyurtmali xatlar (pochta varaqchalari, banderollar, 
bildirishnomalari)ni qabul qiluvchi aloqa xodimi unga imzo qo‘yishidan 
avval, jo‘natmalarning tashqi holatini ko‘zdan kechirishi, bunda ayniqsa 
tashqi o‘rovi ning butunligiga ahamiyat berishi zarur. 
Pochta qutilaridan chiqarib olingan, pochta aloqa obyektlari va 
pochtalyonlar tomonidan qabul qilingan xat-xabarlar manzillari bo‘yicha 


 
28
tanlanadi, turlari bo‘yicha (xatlar, pochta varaqchalari, banderollar) 
ajratiladi hamda mahalliy, shahardan tashqari, xalqaro, harbiy, maxsus 
taqvim tamg‘a izlari mavjud bo‘lgan guruhlarga ajratiladi. 
Agar pochta qutilaridan olingan yoki saralash mashinasidan o‘tgan 
xat va banderollar orasida o‘rovi shikastlangan pochta jo‘natmasi bo‘lsa, 
u ehtiyotlik bilan yopishtiriladi (ustidan o‘rab joylanadi). Bunday pochta 
jo‘natmasining orqa tomoniga (manzili yozilmaydigan tomoniga), 
shuningdek g‘ijimlangan yoki ifloslangan pochta jo‘natmasining 
o‘roviga aniq qilib «Pochta qutisidan shikastlangan (g‘ijimlangan yoki 
ifloslangan) holda olindi» yohud «Qayta ishlash vaqtida shikastlangan» 
degan belgi qo‘yiladi. Bu belgi pochta jo‘natmalariga ishlov beruvchi 
aloqa xodimi tomonidan imzolanadi va taqvim tamg‘asining izi 
tushirilib tasdiqlanadi. 
Barcha jo‘natiluvchi xat-xabarlar taxlovdan o‘tgandan so‘ng 
darhol tamg‘alanadi. Markalar esa ulardan ikkinchi marta foydalana 
olmaydigan qilib taqvim tamg‘a izi bilan hisobdan chiqariladi.  
Xat-xabarlar tamg‘alangandan keyin saralash uchun topshiriladi.  
Xat-xabarlarni saralash, jo‘natishga tayyorlash va yo‘llashning 
umumiy tartibi Yozma xat-xabarlar, posilkali va sug‘urtali pochtani 
saralash va yo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq 
belgilanadi. 
Mahalliy xat-xabarlarni eltib beruvchi aloqa bo‘limi yoki eltib 
berish uchastkasi bo‘yicha saralanadi. 
Saralangan yozma xat-xabarlar va pul o‘tkazmalarining blankalari 
jo‘natma yigindilarga joylanadi. Bunda xatlar shunday joylanishi 
kerakki, yigindilarga o‘rab joylashda ular shikastlanmasliklari kerak. 
Quyidagilar alohida yigindilarga ajratiladi: 
– katta o‘lchamdagi pochta jo‘natmalari; 
– buyurtmali xatlar (pochta varaqchalari, bildirishnomalari); 
– pul o‘tkazmalarining blankalari. 
Pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarining blankalari va 
yigindilarini 11-shakldagi reestrga quyidagi tartibda yoziladi: 
a) jo‘natiladigan pul o‘tkazmalari – raqami, summasi va 
manzillangan pochta aloqasi obyektlarini ko‘rsatib, tranzitli pul 
o‘tkazmalari – raqami, summasi, ularni qabul qilish joyi va 
manzillangan pochta aloqasi obyektlarini ko‘rsatib; 
b) jo‘natiladigan buyurtmali xatlar (pochta varaqchalari, 
bildirishnomalari, banderollar) – shtrixkodda ko‘rsatilgan raqami va 


 
29
manzilini ko‘rsatib, tranzitli – shtrixkodda ko‘rsatilgan raqami, ularni 
qabul qilish joyi va manzillangan pochta aloqasi obyektlarini ko‘rsatib;  
v) pochta aloqasi tranzit obyektlari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari va 
buyurtmali xati bo‘lgan yigindilar alohida turlari bo‘yicha raqami va 
berkitish joyining pochta aloqasi obyektini ko‘rsatib amalga oshiriladi. 
11-shakldagi reestrlar nusxa ko‘chiruvchi qog‘oz yordamida ikki 
nusxada tuziladi va oy davomida tartib raqami bilan raqamlanadi. Reestr 
uni tuzgan aloqa xodimi tomonidan, lavozimini ko‘rsatgan holda, (aniq) 
imzolanadi. Reestrning ikkala nusxasiga taqvim tamg‘a izi tushiriladi. 
Birinchi nusxasi buyurtmali yigindi ichiga solib qo‘yiladi. 
Oddiy yigindi bog‘ichi ostiga 9-shakldagi manzil yorlig‘i, 
buyurtmali (pul o‘tkazmali va buyurtmali pochta jo‘natmali) yigindi 
bog‘ichlari ostiga – 11-shakldagi manzil yorlig‘i solinadi. 
Yorliqlarda yigindilarning mo‘ljallangan va berkitish joylari, 
saralagan xodimning familiyasi ko‘rsatiladi hamda ularga yigindini 
joylash sanasini aks ettiruvchi taqvim tamg‘a izi bosiladi.  
11-shakldagi yorliqqa, bundan tashqari, yigindi ichiga solinadigan 
11-shakldagi reestr raqamiga mos keladigan tartib raqami yoziladi. 
Buyurtmali xatlar yigindisi joylangan har bir qopga 11-shakldagi 
yig‘ma reestr solib qo‘yiladi.  
Xat-xabarlar joylangan har bir qopga 10-shakldagi manzil yorlig‘i 
yopishtirilib, unda qop qaerdan va qaerga jo‘natilayotganligi, shu-
ningdek unga berilgan raqam ko‘rsatiladi. 
Yorliqlar oy davomida tartib raqamlari bilan raqamlab boriladi va 
qoplarni berkitgan aloqa xodimi tomonidan imzolanadi. Har bir yorliqqa 
taqvim tamg‘a izi bosiladi. 
Pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ga 
kelgan xat-xabarli qoplar ochiladi. Ulardagi buyurtmali yigindilar 11-
shakldagi yig‘ma reestr bilan solishtiriladi. 9- va 11-shakllardagi manzil 
yorliqlari bo‘yicha kelgan yigindilarning soni va ular yo‘nalishining 
to‘g‘riligi tekshiriladi. Shundan so‘ng, ushbu pochta aloqasi obyektida 
manzillangan buyurtmali va oddiy yigindilar ochiladi. 
 Yigindilar ochilgandan so‘ng xat va banderollar o‘rovlarining 
shikastlanmaganligi tekshiriladi. Shikastlangan pochta jo‘natmalari 
o‘roviga «Shikastlangan holda olindi» degan belgi qo‘yiladi, ushbu xat-
xabarlar to‘plamiga ishlov bergan aloqa xodimining to‘liq qilib yozilgan 
imzosi va taqvim tamg‘asining izi bilan tasdiqlanadi. Jo‘natmaning 
shikastlangan joyi ehtiyotlik bilan yopishtiriladi yoki o‘rab bog‘lanadi. 


 
30
Buyurtmali banderollar 11-shakldagi reestr bo‘yicha tekshiriladi, 
unga tekshiruvchi imzo qo‘yadi hamda taqvim tamg‘a izini tushiradi. 
Pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ga 
boshqa shahardan kelib tushgan, ushbu pochta aloqasi obyekti (pochta 
aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ga biriktirilgan aloqa bo‘limlari tomonidan 
eltib berishga taalluqli bo‘lgan boshqa shaharga yuboriladigan xatlar, 
pochta varaqchalari va banderollar, shuningdek noto‘g‘ri yuborilgan 
pochta jo‘natmalari darhol tamg‘alanadi.  
Pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)da 
xatlar, pochta varaqchalari, banderollar va pul o‘tkazmalariga dastlabki 
ishlov berilganidan so‘ng, eltib berish aloqa uchastkalari, ish joylari va 
biriktirilgan eltib berish aloqa bo‘limlari bo‘yicha saralanadi. 
Saralangan xat-xabarlar va pul o‘tkazmalari yigindilarga, so‘ng har 
bir eltib berish aloqa bo‘limigacha qoplarga berkitiladi va manziliga 
pochta transportining navbatdagi reysi bilan yuboriladi.  
Jo‘natmalar yigindisini berkitish oldidan buyurtmali pochta 
jo‘natmalari raqami va uzatish joyini ko‘rsatgan holda 11-shakldagi 
reestrga yoziladi.  
Kelgan xat-xabarli qoplarni ochgandan keyin uning ichidagi 
yigindilar, pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalari yig‘ma reestr va 11-
shakldagi reestri (16-shakldagi yukxat)ning yozuvlari bilan solishtiriladi.  
Barcha kelgan xat-xabarlar pochta aloqasining eltib berish 
obyektlarida albatta tamg‘alanadi. Xat-xabarlar eltib berish uchastkalari, 
«Yo‘qlab olinadigan», foydalanuvchining qutilari va boshqa ajratilgan 
ish joylari bo‘yicha saralanadi. Buyurtmali xatlar alohida kataklarga 
saralab joylanadi yoki shu kataklarning o‘zida yonlamasiga (ko‘ndalang 
ravishda) joylashtiriladi.  
Buyurtmali pochta jo‘natmalari, shu jumladan xalqaro, hukumatga 
oid (oddiy va buyurtmali), olinganligi to‘g‘risidagi buyurtmali 
bildirishnomalari, tezkor (telegraf) pul o‘tkazmalari olinganligi 
to‘g‘risidagi tezkor bildirishnomalari (119-shakl), pochta aloqasi 
obyektlarida berilishi kerak bo‘lgan birlamchi xabarnomalar, tezkor 
(telegraf) pul o‘tkazmalari, «Yo‘llanma bilan», «Chipta bilan», «Hujjatlar 
bilan» belgili qiymati e’lon qilingan xatlar, qiymati e’lon qilingan 
posilkalar va qiymati e’lon qilingan banderollar, shuningdek barcha 
ikkilamchi xabarnomalar har bir eltib berish uchastkasi bo‘yicha va pochta 
aloqasining eltib berish obyektlarida berilishi kerak bo‘lgan pochta 
jo‘natmalari alohida yuritiladigan 8-shakldagi daftarlarga yozib qo‘yiladi. 


 
31
8-shakldagi daftarda eltib berishga topshirilgan pochta jo‘nat-
malarining raqamlanishi har kuni, pochta aloqasining eltib beruvchi 
obyektlarida topshiriladigan pochta jo‘natmalarining raqamlanishi esa 
har oyda olib boriladi.  
Bir korxona, tashkilot yoki muassasa manziliga ko‘p miqdorda 
buyurtmali pochta jo‘natmalari kelganda, ularni 11-shakldagi reestrga 
tilxat bilan berishga ruxsat etiladi, unda ham 8-shakldagi daftarga 
yozilgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi.  
Hukumatga oid jo‘natmalaridan tashqari, oddiy pochta jo‘nat-
malari pochtalyonlarga eltib berish uchun tilxatsiz topshiriladi. 
Ish kunining oxirida pochtalyon pochta aloqasining eltib berish 
obyekti boshlig‘i (o‘rinbosari)ga yoki nazorat qiluvchi shaxsga barcha 
topshirilmagan pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalari 20-shakl 
ma’lumotnomalari bilan, shuningdek «Shaxsan topshirilsin» va «Sudga 
chaqiruv qog‘ozi» belgili buyurtmali pochta jo‘natmalarini olinganligi 
to‘g‘risidagi bildirishnomalarini taqdim etadi.  
Pochtalyon har bir eltib berishdan so‘ng pul o‘tkazmalarini 
to‘langanligi va pochta jo‘natmalarini topshirilganligi to‘g‘risida hisobot 
beradi. 
 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish