hisobiga» belgisi qo‘yiladi. Yukxat nusxalari pochta aloqasi obyektida
qoladi.
Muntazam ravishda qatnab turadigan yer usti transportiga ega
bo‘lmagan pochta aloqasi obyektlari bo‘sh qoplarni havo transporti
orqali xizmatga oid posilkalarida oddiy o‘rab joylangan holda
jo‘natadilar. Bunday posilkalar xuddi avia xat-xabarli qoplardek
berkitiladi. Ularga yorliq biriktirilib, uning bir tomoniga manzil yorlig‘i,
ikkinchi tomoniga esa 2-shakldagi yorliq yopishtiriladi. Posilkaning
19
bog‘lovi muhrlanadi, manzil tomondagi yorlig‘iga va ilova yorlig‘iga
esa «Bo‘sh qoplar bilan» belgisi qo‘yiladi.
Bo‘sh qoplardan iborat posilkalarning og‘irligi 10 kg dan oshib
ketmasligi kerak. Bunday posilkalar, ularning sonidan qat’iy nazar,
butun bosib o‘tadigan yo‘li davomida 16-shakldagi alohida yukxatlarga
yozilgan holda jo‘natiladi.
Oraliq punktlari va pochta vagonlari tomonidan jo‘natilayotgan
bo‘sh qoplardan xat-xabarlarni jo‘natish hamda boshqa maqsadlarda
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar pochta aloqasi hududiy tashkiloti, Xalqaro pochtamt,
PO‘NQM, «O‘zbekiston markasi» Nashriyot markazi tomonidan
o‘tkazilgan tekshirishlarda ularga tegishli bo‘lgan qoplar jo‘natish uchun
zarur bo‘lgan (to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qayta yuborilgan) vaqtdan oshirib
yuborilib, o‘z muddatida qaytarilmaganligi aniqlangan hollarda, ular
qoplarning o‘zlari mustaqil ravishda belgilagan qiymatini to‘lashlarini
talab qilish huquqiga egadirlar. Pochta aloqasi hududiy tashkiloti,
o‘zining manziliga yo‘llangan qoplarning o‘rnini to‘lash to‘g‘risidagi
talabi, yetishmaydigan qoplarni qaytarib berish to‘g‘risidagi dalilni
isbotlab bera olgan holdagina to‘lovdan bosh tortishi mumkin. To‘lov
undiriladigan hollarda qoplarni almashtirish narxini hisobga olish kerak.
Texnik talablarga javob bermaydigan (iflos, yirtiq, hoshiya-
lanmagan, trafaret yozuvi bo‘lmagan) qop qarzni to‘lash hisobiga qabul
qilinmaydi va jo‘natuvchiga 51-shakldagi dalolatnoma tuzilib
qaytarilishi kerak.
Matbuot nashrlaridan bo‘shagan zig‘ir tolali qoplar pochta
aloqasining tegishli obyektlari manziliga qaytarib yuboriladi. Bunday
qoplar boshqa turdagi qoplardan alohida holda jo‘natiladi. Ularda hech
qanday pochta jo‘natmalarini jo‘natish mumkin emas.
Matbuotdan bo‘shagan zig‘ir tolali qoplarni hisobga olish va
qaytarib jo‘natish zig‘ir tolali qoplarda pochta jo‘natmalarini jo‘natish
tartibi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Matbuot nashrlarini o‘rab joylash va jo‘natish uchun qog‘oz
(polietilen) qoplardan foydalanish, hamda ularni qaytarish tartibi alohida
ko‘rsatmalar orqali belgilanadi.
Xalqaro pochta idishi (tara)dan foydalanish va uni horijiy pochta
xizmatiga qaytarish tartibi Butunjahon pochta konvensiyasi qoidalari va
uning ijro reglamenti tomonidan ma’lum tartib va qoidalarga
bo‘ysundiriladi.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |