Microsoft Word Pochta aloqalari doc


Pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalarini qabul



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

1.4 Pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalarini qabul 
qilishning umumiy tartibi 
 
Pochta jo‘natmalari Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish 
Qoidalarining talablariga javob bera oladigan yaroqli o‘rovda, 
jo‘natuvchi va oluvchining to‘liq hamda aniq manzillari bilan, 
shuningdek pochta jo‘natmalarining manzili yoziladigan tomonida, 
posilkalarni qabul qilishda esa blankada ham zarur bo‘lgan qo‘shimcha 
yozuvlar bilan qabul qilinadi.  
Agar jo‘natma manzili yetarli darajada to‘liq yozilmagan yoki 
manzili aloqa xodimi uchun noaniq bo‘lsa, u O‘zbekiston Respublikasi 
pochta aloqasi obyektlarining Alifbo ro‘yxati bo‘yicha tegishli 
ma‘lumotni surishtiradi va jo‘natuvchidan yetishmayotgan ma‘lumotlar 
bilan manzilni to‘ldirishini so‘raydi. 
Ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmasi, pul o‘tkazmasini qabul 
qilishda beriladigan kvitansiya aloqa xodimi tomonidan to‘ldiriladi va 
imzolanadi. Kvitansiyaning orqa tomoniga pochta aloqasi obyektining 
taqvim tamg‘asi aniq qilib tushiriladi. Buyurtmali pochta jo‘natmalarini 
qabul qilishda qabul qilish sanasi eltib berish uchastkasini aylanib 
chiqish vaqtida pochtalyon tomonidan, shuningdek shtatdan tashqari 
bo‘lgan aloqa xodimi tomonidan kvitansiya qo‘lda yoziladi. 
Agar pochta jo‘natmalarining manzili Toshkent, Nukus shaharlari 
yoki viloyat markazi bo‘lmasa, u holda kvitansiyalarda Qora-
qalpog‘iston Respublikasi yoki viloyatning nomi hamda pochta aloqasi 
obyektining nomi ko‘rsatiladi. 
Ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalarini qabul qilish 
kvitansiyalariga raqam qo‘yish oy davomida olib boriladi. Qiymati e’lon 
qilingan xatlar, qiymati e’lon qilingan banderollar va posilkalar bir 
kecha-kunduzda 1000 tagacha qabul qilinadigan pochta aloqasi 
obyektlarida kvitansiyalarga raqam qo‘yish kecha-kunduz davomida 
amalga oshiriladi. 
Bir turdagi pochta jo‘natmalarini qabul qilish, pul o‘tkazmalaridan 
tashqari, bir vaqtning o‘zida, bir necha kassalarda amalga oshiriladigan 
pochta aloqasi obyektlarida asosiysidan tashqari barcha daftarlarda tartib 
raqamiga operatsiya kassasining shartli raqami maxraj qilib qo‘shimcha 
qilinadi: masalan; 101/1, 151/2 va h.k.  
5-shakldagi kvitansiyani raqamlash oy davomida olib boriladi va 
ular har qaysi kassa uchun pul o‘tkazmalarining o‘rtacha oylik soniga 


 
21
qarab belgilanadi. Masalan, asosiy kassada oy davomida 5000 tadan va 
ikkita qo‘shimcha kassalarda esa 1500 tadan pul o‘tkazmalari qabul 
qilinsa. Ushbu holda tartib raqamlari kassalarga quyidagi ketma-ketlikda 
ajratiladi: asosiy kassaga – 1 dan 5000 gacha, birinchi qo‘shimcha 
kassaga – 5001 dan 6500 gacha, ikkinchi qo‘shimcha kassaga – 6501 
dan 8000 gacha. 
Asosiy daftarning muqovasida ushbu pochta aloqasi obyektida bir 
turdagi pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarini qabul qilish bo‘yicha 
qancha qo‘shimcha daftar yuritilishi va operatsiya kassalarining qanday 
raqam yoki tartib raqamlari bilan olib borilishi ko‘rsatiladi. Bu belgi 
pochta aloqasi obyektining boshlig‘i (o‘rinbosari) tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Qiymati e’lon qilingan ichki xatlar, posilkalarning summasi 
cheklanmaydi va u jo‘natuvchi tomonidan joylanmaning haqiqiy narxiga 
ko‘ra to‘liq so‘mlarda belgilanadi. 
Qog‘ozga o‘rab joylangan qiymati e’lon qilingan banderollar va 
posilkalarning summasi O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan eng 
kam ish haqining uch barobaridan ko‘p bo‘lmasligi kerak (bundan keyin 
matn bo‘yicha eng kam ish haqi). 
Arilar, o‘simliklar (institutlar va tajriba namuna xo‘jaliklaridan 
alohida fuqarolar nomiga ustama haq to‘lovi bilan jo‘natiladigan 
ko‘chatlardan tashqari), yangi chiqqan ho‘l meva va sabzavotlar, aniq 
(maishiy texnika buyumlari va maishiy asbob-uskunalardan tashqari, 
oynali yoki tez shikastlanuvchi qismlari bo‘lgan o‘lchov, nazorat va 
boshqa) asboblar solingan posilkalarni jo‘natish uchun qiymati e’lon 
qilinmagan holda qabul qilinadi. 
Xalqaro pochta jo‘natmalarining e’lon qilingan qiymati 
jo‘natuvchi tomonidan ichidagi joylanmaning haqiqiy narxiga qarab 
belgilanadi, lekin u xalqaro pochta jo‘natmalarining ayrim tur va 
toifalarini qabul qilishda ruxsat etilgan mamlakatlar va hududlar 
ro‘yxatida (bundan keyin matn bo‘yicha – Mamlakatlar ro‘yxati) hamda 
Xalqaro pochta jo‘natmalarini qabul qilish bo‘yicha Qo‘llanmada 
(bundan keyin matn bo‘yicha – Qo‘llanma) ko‘rsatilgan qiymatlilikning 
chegaraviy summasidan oshib ketmasligi kerak. 
Pochta jo‘natmalarining qiymati e’lon qilingan summasi uning 
o‘rovida va posilkaning blankasidagi raqamlarda hamda qavs ichida 
so‘zlar bilan to‘liq so‘mlarda ko‘rsatiladi. 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish