Microsoft Word Pochta aloqalari doc


Qiymati e’lon qilingan xat va qiymati



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

2.2.3 Qiymati e’lon qilingan xat va qiymati  
e’lon qilingan banderollarni topshirish 
 
Eltib berish to‘lovi to‘langan qiymati e’lon qilingan xat va qiymati 
e’lon qilingan banderollar xabarnomalar bilan birga eltib berish uchun 
pochtalyonlarga turlari va keluvchi raqamlari bo‘yicha yozilgan 55-
shakldagi daftarga imzo qo‘yish orqali topshiriladi. Pochtalyonlarga 
eltib berish uchun topshiriladigan xat va banderollar qiymatining 


 
46
umumiy summasi pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqa 
bog‘lamasi (pochtamt)ning rahbari tomonidan belgilanadi. 
Qiymati e’lon qilingan xat va banderollarni eltib berish uchun 
qabul qilishda pochtalyon ularning o‘rovi, muhri, plombasi, tasmasi, 
yopishtirmasini diqqat bilan ko‘rib chiqadi, og‘irligining qanchalik 
to‘g‘riligini tekshiradi va 55-shakldagi daftarga qabul qilgan pochta 
jo‘natmalarining sonini ko‘rsatib imzo qo‘yadi.  
Qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan banderollar 
oluvchilarga 22-shakldagi xabarnomaga imzo qo‘yganlaridan so‘ng 
beriladi. Qiymati e’lon qilingan xat yoki qiymati e’lon qilingan ban-
derollarning topshirilganligini aloqa xodimi o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.  
Joylanmalarning ro‘yxati bilan qabul qilingan qiymati e’lon 
qilingan xat yoki qiymati e’lon qilingan banderollarni oluvchilarga 
uylarida topshirishda, ular ochiladi.  
Qiymati e’lon qilingan xat yoki qiymati e’lon qilingan banderolni 
topshirishda oluvchining xohishiga ko‘ra ochilmasligi mumkin, lekin bu 
haqda 22-shakldagi xabarnomaga oluvchining imzosi bilan tasdiqlangan 
«Davoim yo‘q» degan tegishli yozuv yozib qo‘yilishi kerak.  
Jo‘natma o‘rovi shunday kesiladiki, bunda uning muhri va ichidagi 
joylanma shikastlanmasligi kerak. 
Agar qiymati e’lon qilingan xat yoki qiymati e’lon qilingan 
banderollarni ochishda ichidagi joylanmaning kamligi aniqlansa, 
bunda 107-shakldagi ro‘yxatga aynan nima yo‘qligi haqida belgi 
qo‘yiladi, 107-shakldagi ro‘yxat yo‘q bo‘lganda esa 22-shakldagi 
xabarnomaning orqa tomonida joylanmaning mavjudligi ko‘rsatiladi 
va bu belgi oluvchi hamda aloqa xodimi tomonidan imzolanadi. 
Bunday qiymati e’lon qilingan xat yoki qiymati e’lon qilingan 
banderol pochta aloqasining eltib beruvchi obyektiga dalolatnoma 
tuzish uchun qaytariladi va joylanma pochta aloqasining eltib berish 
obyekti tomonidan tuzilgan dalolatnomaning nusxasi bilan birga 
oluvchiga topshiriladi. 
Eltib berishdan qaytib kelgan aloqa xodimi egalariga topshi-
rilmagan qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan ban-
derollarga 20-shakldagi ma‘lumotnomani tuzadi, xabarnomalarni va 
topshirilmagan pochta jo‘natmalarini topshiradi.  
Hisobotni qabul qiluvchi aloqa xodimi eltib berilmagan pochta 
jo‘natmalarning o‘rovi va muhrlari (tasmalar, plombalar, yopish-
tirmalari) buzilmaganligini, zarur bo‘lganda esa, og‘irligini ham 


 
47
tekshiradi. 55-shakldagi daftarda eltib berilmagan qiymati e’lon qilingan 
xat va qiymati e’lon qilingan banderollarning raqamlarini ko‘rsatadi va 
hisobotni qabul qilib olganligi haqida imzo qo‘yadi. 
Pochta aloqasi obyektlarida qiymati e’lon qilingan xat va qiymati 
e’lon qilingan banderollar xuddi uyga eltib berish tartibidagi kabi, lekin 
pochta jo‘natmalarining o‘rovida ko‘rsatilgan og‘irligi uning haqiqiy 
og‘irligiga muvofiq kelishini tekshirib beriladi. Belgilangan saqlash 
muddatlariga rioya qilinmagan holatlarda ularni saqlaganlik uchun 
to‘lov undiriladi. 
Korxona, tashkilot va muassasalarga qiymati e’lon qilingan xat va 
qiymati e’lon qilingan banderollarni bitta xabarnoma bo‘yicha top-
shirishda ko‘rsatilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumot, olingan pochta 
jo‘natmalarining soni va umumiy summasi haqidagi ma’lumot 16-
shakldagi yukxatda vakolatlangan vakillar tomonidan ko‘rsatiladi va 
imzolanadi. 
«Ekspress» belgili qiymati e’lon qilingan xat va banderollarni 
oluvchilarga topshirish pochta aloqasi obyektlarida buning uchun 
ajratilgan telegramma-xabarnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Pochta 
jo‘natmalari kelib tushgan kuni olinmay qolsa, ikkinchi kuni bu haqda 
oluvchiga pochta jo‘natmasi o‘rovida ko‘rsatilgan telefon raqami orqali 
eslatib qo‘yiladi. Telefon raqami yo‘q bo‘lganda, aloqa xodimi oluvchi 
yashaydigan xizmat ko‘rsatish hududidagi pochta aloqasining eltib 
berish obyektiga qo‘ng‘iroq qiladi va «Ekspress» belgili pochta jo‘nat-
malarini topshirish to‘g‘risida pochta aloqasi obyektining ish tartibi va 
manzilini ko‘rsatgan holda 22-shakldagi xabarnomani yozish uchun 
ma’lumotlarni, shuningdek pochta jo‘natmasi olinishi mumkin bo‘lgan 
oxirgi muddatni xabar qiladi. Pochta jo‘natmasining o‘rovida 22-shak-
ldagi xabarnomani yozib bergan pochta aloqasining eltib berish obyekti 
xodimining familiyasi ko‘rsatiladi. Xabarnoma oluvchiga o‘sha kuniyoq 
8-shakldagi daftarga imzo qo‘ydirib eltib beriladi. Uch kun davomida 
talab qilib olinmagan pochta jo‘natmalari (bunga jo‘natma kelib tushgan 
kun ham kiradi) alohida yukxat bo‘yicha, odatdagi tartibda topshirish 
uchun oluvchi yashaydigan xizmat ko‘rsatish hududidagi pochta 
aloqasining eltib berish obyektiga qayta jo‘natiladi. 
51-shakldagi dalolatnoma tuzilgan barcha qiymati e’lon qilingan 
xat va qiymati e’lon qilingan banderollar uyga eltib berilmasdan, 
oluvchilarga pochta aloqasi obyektining o‘zida topshiriladi. Bunday 
pochta jo‘natmalari topshirishdan avval oluvchining ishtirokida ochiladi. 


 
48
Agar joylanma beshikast bo‘lsa, pochta jo‘natmasi umumiy belgilangan 
tartibda topshiriladi. Joylanma yetishmay qolganda, uning qolgan qismi 
51-shakldagi dalolatnomaning nusxasi bilan birga, oluvchi 51-shakldagi 
dalolatnomaga imzo qo‘ygandan so‘ng beriladi va u pochta 
jo‘natmasining o‘rovi bilan birga, idoraviy tekshiruv o‘tkazish va natija-
larini oluvchiga ma’lum qilish uchun pochta aloqasi obyekti, pochta 
aloqasi hududiy tashkilotining rahbariga topshiriladi. 
Agar qiymati e’lon qilingan xat yoki qiymati e’lon qilingan 
banderolni pochta aloqasi obyektida ochishda ro‘yxatda ko‘rsatilgan 
joylanmaning bir qismi yo‘qligi aniqlansa, bu haqda 51-shakldagi dalo-
latnoma uch nusxada tuziladi va u aloqa xodimlaridan tashqari oluvchi 
tomonidan ham imzolanadi. 51-shakldagi dalolatnomaning nusxasi 
joylanma bilan birga oluvchiga beriladi, pochta jo‘natmasining o‘rovi va 
dalolatnomaning boshqa nusxalari esa tekshiruv o‘tkazish uchun pochta 
aloqasi obyektida qoldiriladi. Joylanmalar ro‘yxatga mos kelsa, 
dalolatnoma tuzilmaydi. 
 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish