Microsoft Word Pochta aloqalari doc


Qiymati e’lon qilingan posilka



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

Qiymati e’lon qilingan posilka – foydalanuvchi tomonidan 
jo‘natish vaqtida joylanma qiymati e’lon qilingan posilka. 
Mo‘rt posilka – tez sinadigan buyumlardan iborat bo‘lgan, alohida 
ehtiyotkorlikni talab qiluvchi posilka. 
Katta posilka – o‘lchamlari Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish 
qoidalarida belgilangan chegaralardan ortiq bo‘lgan va o‘z shakli yoki 
tuzilishiga ko‘ra boshqa posilkalar bilan birga oson yuklab 
bo‘lmaydigan yoki alohida ehtiyotkorlikni talab qiladigan posilka. 
Ichki posilkalarda sanoat mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, 
madaniy-maishiy mollar, bosma nashrlar, o‘simliklar, asalarilar, dori-
darmonlar, tibbiyot preparatlari va boshqalar yuboriladi.  
Jo‘natuvchi posilkalarda va ularga tegishli blankalirida manzilli 
tomonida, ularning turi, toifasi va turkumiga bog‘liq holda quyidagi 
belgilarni qo‘yadi: 
– vazni 10 kg dan ortiq bo‘lgan – «Og‘ir vaznli»; 
– 50x50x40 sm dan ortiq o‘lchamli – «Yirik gabaritli»; 
– qiymati e’lon qilingan – «Qiymati . . . so‘m deb e’lon qilingan»; 
– bundan tashqari, joylanmalarining ro‘yxati berilgan qiymati 
e’lon qilingan – «Ro‘yxat bilan»; 
– asalarili – «Ehtiyot qiling. Asalarilar. Quyoshda tutib turilmasin. 
Veterinariya guvohnomasi bilan»; 
– mo‘yna va kemiruvchilar terisi bilan – «Mo‘yna. Veterinariya 
guvohnomasi bilan». 
– jun, tuk, soch, pat, par bilan – «Veterinariya guvohnomasi 
bilan»; 
– yangi mevalar va sabzavotlar bilan – mos ravishda «Mevalar», 
«Sabzavotlar»; 
– havo transporti bilan jo‘natiladigan posilkalar, ularga ilova 
blankalari va banderollarda – «Avia». Yer usti transporti va havo 
transporti bilan birga jo‘natiladigan posilkalar, ularga ilova qilingan 
blankalar va banderollarda ular qaysi punktdan jo‘natilayotgani 
ko‘rsatiladi: «. . . dan avia»; 
Posilkalarni topshirishda jo‘natuvchi ularga ilova qilingan 
blankalarda o‘z imzosi bilan «Jo‘natishga man etilgan joylanmalar yo‘q» 
matnini tasdiqlaydi. E‘lon qilingan qiymati eng kam ish haqining bir 
barobaridan ko‘p bo‘lgan «Ehtiyot qiling» belgili aviaposilkalar 
muntazam yer usti aloqasiga ega bo‘lmagan punktlarga jo‘natish 
uchungina qabul qilinishi mumkin. 


 
50
Asalarilar solingan posilkalar veterinariya guvohnomasi bo‘lgan-
dagina qabul qilinadi. 
Yangi sabzavot va mevalarning qattiq navlari solingan posilkalar 
mo‘ljallangan manzilgacha pochta tashuvchi havo kemalarining to‘g‘ri 
reyslari bo‘lganda, temir yo‘l va avtomobily transporti bilan jo‘natishda 
esa – bunday posilkalar uch sutkadan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘tishi 
sharti bilan qabul qilinadi. 
Fabrikada ishlovdan o‘tmagan mo‘yna va kemiruvchilarning terisi 
solingan posilkalarni, shuningdek jun, tuk, soch, pat va par joylangan 
posilkalarni xom ashyo tayyorlangan joydan berilgan veterinariya 
guvohnomasi mavjud bo‘lganda qabul qilish amalga oshiriladi. 
Jo‘natuvchi tomonidan bir nechta posilkalar bir vaqtda bir manzilga 
jo‘natilganda, jo‘natilayotgan mo‘yna (kemiruvchilar terisi va sh.k.) 
miqdori va o‘rinlar soni ko‘rsatilgan umumiy veterinariya guvohno-
masini taqdim etishga yo‘l qo‘yiladi. 
Ichki posilkalarning e’lon qilingan qiymat summasi cheklanmaydi 
va jo‘natuvchi tomonidan joylanmaning haqiqiy qiymati bo‘yicha to‘liq 
so‘mlarda belgilanadi. E’lon qilingan qiymati eng kam ish haqining uch 
barobaridan oshmaydigan joylanma banderol tarzida jo‘natilishi 
mumkin. 
Eng kam ish haqining uch barobaridan ko‘p bo‘lgan qiymati e’lon 
qilingan posilkalar jo‘natuvchilar tomonidan posilka qutilarga (karton, 
yog‘och, faner va polimer) yoki yumshoq qobiqqa o‘rab joylanishi 
kerak.  
Yumshoq o‘rov materiali (mato) sidirg‘a och rangda bo‘lib, ichki 
chok bilan (tikuv mashinasida yoki qo‘lda) tikilgan bo‘lishi kerak, tashqi 
(konvertga o‘xshash) chok bir xil iplar yordamida (quyuq stejka), faqat 
posilkaning bir tomoni (manzil yozilgan joydan chap tomon)da 
bajariladi. 
Metall tasmalar yoki sim bilan mahkamlangan, mixlari yaxshi 
qoqilmagan va mixlari yaxshi qayrilmagan qutilardagi, shuningdek 
jo‘natishga yaroqsiz posilka qutilaridagi posilkalar qabul qilinmaydi. 
Posilka joylanmasi o‘rov ichida siljimasligi kerak. 
Jo‘natuvchilar posilka joylanmasining xususiyatlariga bog‘liq 
holda quyidagi qoidalarga rioya qilishlari kerak: 
a) nozik va sinadigan buyumlar qattiq idishlarga joylanadi va qipiq 
yoki qirindi, paxta va h.k.lar bilan o‘rab chiqiladi; 


 
51
b) kinofilymlar, kinotasmalar va magnit tasmalar normativ 
hujjatlar talablariga muvofiq tayyorlangan idishlarga joylab o‘rovlanadi; 
v) urug‘lar, pista, yong‘oq, quritilgan mevalar, un va boshqa 
sochiluvchan moddalar pishiq mato, kleenka, plenkadan tayyorlangan 
qopchalarga, pishiq qog‘oz paketlarga joylab o‘rovlanadi hamda 
qutilarga yoki karton qutilarga joylanadi; 
g) suyuqliklar va suyuq holatga oson o‘tadigan moddalar 
(sharbatlar, siroplar, yog‘, murabbo, asal, mevalar va b.) ichidagilarning 
sizib oqib chiqishini istisno qiluvchi berk idishlarga joylanadi. Bu 
idishlar yog‘och qutilarga o‘rab joylanadi va qirindi, porolon, mum bilan 
o‘rab chiqiladi. Suyuqliklarni va suyuq holatga oson o‘tadigan 
moddalarni sellofan va polietilen paketlarda yuborishga yo‘l 
qo‘yilmaydi; 
d) ko‘chatlar usti mato bilan o‘rab tikilgan savatlarga yoki ven-
tilyatsiya uchun teshiklari bo‘lgan qutilarga o‘rab joylanadi. Savat (quti) 
tubiga polietilen plyonka (kleenka) solinadi; 
e) bo‘yovchi kukunlar polietilen plyonka, kleenka yoki pishiq moy 
shimdirilgan qog‘ozdan yasalgan paketlarga o‘rovlab joylanadi, so‘ngra 
faner yoki karton qutilarga joylashtiriladi; 
j) asalarilar ularning posilkalardan uchib chiqish imkoniyatini 
istisno qiluvchi maxsus to‘rlar bilan jihozlangan yashik yoki qutilarga 
joylashtiriladi; 
z) fabrikada ishlov berilmagan mo‘yna va kemiruvchilarning teri-
lari, shuningdek jun, tuk, soch, par va patlar solingan posilkalar dastlab 
matoga (qop matoga, polietilen plyonkaga), so‘ngra qutilarga (karton 
qutilarga) joylanishi kerak; 
i) aniq asboblar (o‘lchash va b.) joylanmaning jo‘natilishida siljishi 
va shikastlanishini istisno qiluvchi taglikli qattiq idishga o‘rovlab 
joylanishi kerak. Bunday posilkalar panjarasimon to‘r shaklida yasalgan 
qutilarga o‘rovlab joylanishi mumkin. Panjarali to‘r ichiga maxsus 
mahkamlovchi tizim o‘rnatilib, u asbobni qattiq siqib turishi va uni 
karkaslarga urilib ketishidan saqlab turishi kerak; 
k) jonli o‘simliklar (tok qalamchalari va boshqa ko‘chatlar), 
shuningdek o‘tkir qirralari va g‘adir-budurliklarga ega bo‘lmagan yirik 
gabaritli sinmaydigan buyumlar hamda o‘z o‘lchamlariga ko‘ra 
belgilangan o‘lchamdagi (vazni yo‘l qo‘yilgan me’yordan oshmaydigan) 
posilka idishga o‘rovlab joylash mumkin bo‘lmagan buyumlar jo‘natish 
uchun qop matoga (gazlamaga) o‘rovlab joylangan holda qabul qilinadi; 


 
52
l) sinmaydigan va ifloslanmagan yaxlit buyumlar, shuningdek, o‘l-
chamlari va og‘irligi belgilangan me’erlardan oshmaydigan ajralmay-
digan buyumlar (chizmachilik taxtalari, bolalar chanalari, jomadonlar, 
bidonlar va sh.k.), o‘tkir qirrali buyumlardan tashqari, qutilarga yoki 
matoga o‘rovlamasdan jo‘natilishi mumkin; 
m) yangi uzilgan sabzavot va mevalarning qattiq navlari solingan 
posilkalar chetki va yon devorlarida ventilyatsiya teshiklari yoki vertikal 
teshiklari bo‘lgan yog‘och (faner) qutilarda yuboriladi; 
n) avtopokrishkalar qoplarga (bo‘z, kanop-jun, zig‘irtolali, brezent) 
va b. joylanadi. 
Oddiy va eng kam ish haqining uch barobarigacha bo‘lgan qiymati 
e’lon qilingan posilkalar «kraft» qog‘ozi yoki shunday qalinlikdagi 
boshqa o‘rov qog‘ozi bilan ikki qavat qilib o‘raladi va ikki (manzilli va 
unga qarama-qarshi) tomoniga fanerdan yoki qattiq kartondan 
tayyorlangan qistirma qo‘yiladi. 
Pochta operatsiyalarini amalga oshiruvchi Moliya vazirligi 
muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi banklari, pochta aloqasi obyekt-
lariga pullar va boyliklarni faqat maxsus brezent sumka (qop)larda 
jo‘natishga ruxsat etiladi. 
Mato bilan qoplab tikilmagan, yog‘och (faner) qutilaridagi posil-
kalar aloqa xodimi tomonidan quti qirralaridagi o‘yiq joylar orqali yaxlit 
pishiq kanop ip bilan bog‘lanadi. Agar posilkaning uzunligi 30 sm gacha 
bo‘lsa, posilka xochsimon qilib bog‘lanadi, uzunligi 30 sm dan ortiq 
bo‘lgan posilkalarning esa ikki joyidan ko‘ndalangiga va bir joyidan 
uzunasiga o‘tkazib bog‘lanadi. Kanop bog‘ich tarang qilib tortiladi va 
tutashgan joylari kanopni chiqarib olmaydigan yoki joyidan suril-
maydigan ravishda tugun qilib bog‘lanadi. Kanop ipining oxirgi uchlari 
posilkaning chap yon tomoniga (manzilidan) chiqarib qo‘yiladi, 
bog‘ichining qiyshayishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Ko‘chatlar va o‘simliklar, kinofilymlar, kinotasmalar va mag-
nitofon tasmalari jo‘natuvchi tomonidan panjarali kataklarga joylangan 
aniq (o‘lchov va b.) asboblar, avtopokrishkali, qanor tikiladigan 
matolarga o‘rab joylangan katta hajmdagi buyumlar, shuningdek ochiq 
holda jo‘natiladigan sinmaydigan yaxlit buyumlar joylangan posil-
kalarga, pochta operatsiyalarini amalga oshiruvchi moliya idoralari, 
banklar, pochta aloqasi obyektlarining brezent sumka (qop)lariga 
jo‘natuvchilar tomonidan manzil ma’lumotlari ko‘rsatilgan faner yorliq-
lari biriktirib qo‘yiladi. Bundan tashqari, bu ma’lumotlar to‘g‘ridan-


 
53
to‘g‘ri shunday posilkalarning o‘rovlari yoki ularning joylanmalarida 
takrorlanadi. 
Posilkalarni bog‘lash uchun pishiq (iloji boricha eshilgan) kanopli 
ipdan foydalanish kerak. Posilkalarga ishlov berish jarayonida cho‘zilib, 
joylanmani olinishiga yo‘l qo‘ymaydigan polipropilenli va boshqa 
turdagi pishiq iplardan foydalanish mumkin. 
Gofrokartonli qutilarga joylangan, yumshoq o‘rovli, qattiq idishli, 
mato bilan qoplangan, shuningdek yangi sabzavot va ho‘l mevali, 
asalarili posilkalar bog‘lanmaydi. 
Kartonli o‘rovlarga qog‘oz tasmalar yopishtiriladi. Tasma qutining 
tagi va ustiga hamda qutining metall sim bilan tikilgan qirralariga yopish-
tiriladi. 
Posilkalar jo‘natuvchilardan faqat ochiq holda qabul qilinadi. Qiymati 
e’lon qilingan posilkalar jo‘natuvchining xohishiga ko‘ra joylanmaning 
ro‘yxati bilan qabul qilinganidek, ro‘yxatsiz ham qabul qilinishi mumkin. 
Qiymati e’lon qilingan posilkalarni qabul qilishda 107-shakldagi ro‘yxat 
xuddi qiymati e’lon qilingan xat va/yoki qiymati e’lon qilingan 
banderollarni topshirishdagi kabi tartibda tuziladi. 
Har bir posilka uchun jo‘natuvchi 116-shakldagi blankasini to‘ldiradi. 
Korxona, tashkilot, muassasalar tomonidan bir oluvchi manziliga 
jo‘natiladigan, e’lon qilingan qiymati eng kam ish haqining besh 
barobarigacha bo‘lgan, soni 40 tadan oshmaydigan, oddiy va qiymati e’lon 
qilingan posilkalar va soni 10 tadan oshmaydigan katta o‘lchamli posilkalar 
bitta blanka bilan qabul qilinishi mumkin. 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish