Microsoft Word Pochta aloqalari doc


Jo‘natiluvchi, tranzit va keluvchi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

2.3.2 Jo‘natiluvchi, tranzit va keluvchi  
posilkalarga ishlov berish 
 
Pochta aloqasi obyektlarida qabul qilingan posilkalar blankalari 
bilan birga jadvalda belgilangan muddatlarda qo‘yidagi tartibda ishlov 
berishga va jo‘natishga beriladi: 
Qabul qiluvchi tomonidan 1-shakldagi daftar bo‘yicha nomma-
nom tekshirilib, unga imzo qo‘yib, ishlov berish va jo‘natishga beriladi. 
Oxirgi kvitansiya nusxasining bo‘sh joyida nechta xat, banderol qabul 
qilingani, qaysi raqamdan qaysi raqamgacha, masalan, «8 dan 17 gacha 
10 ta xat», deb ko‘rsatiladi. 
Qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan banderollarni 
qabul qilish va ularga ishlov berish turli xonalarda o‘tkaziladigan pochta 
aloqasi obyektlarida qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan 
banderollar bir nusxada tuziladigan 16-shakldagi yukxat bilan 1-
shakldagi daftar bo‘yicha tilxat bilan jo‘natish uchun beriladi. Yukxatda 
ularning raqamlari va umumiy soni yozma ravishda ko‘rsatiladi. Eng 
kam ish haqidan yuqori baholangan qiymati e’lon qilingan xatlar raqami, 
e’lon qilingan qiymatini ko‘rsatgan holda 16-shakldagi yukxatga 
yoziladi. Ustama to‘lovli qiymati e’lon qilingan xatlar va qiymati e’lon 


 
58
qilingan banderollar 16-shakldagi yukxatga raqami, e’lon qilingan 
qiymatini va ustama to‘lov summasini ko‘rsatgan holda yoziladi. 
Agar qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan ban-
derollarni qabul qilish pochta-kassa apparatida, elektron majmuada 
rasmiylashtirilgan bo‘lsa, jo‘natmalarni qabul qilish va ishlov berish bir 
yoki turli xonalarda amalga oshirilganligidan qat’iy nazar qabul qilingan 
qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan banderollarning 
manzilini qo‘shimcha ravishda ko‘rsatgan holda 16-shakldagi yukxatlar 
ikki nusxada tuziladi. 
Yukxatning nusxasiga imzo qo‘yishda qabul qilingan qiymati e’lon 
qilingan xat va qiymati e’lon qilingan banderollarning umumiy soni va 
qabul qilish vaqti so‘z bilan yoziladi. Pochta jo‘natmalarini qabul qilgan 
aloqa xodimining imzosi qo‘yilgan 16-shakldagi yukxatning bir nusxasi 
qabul qilish kassasida qoladi. 
Qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan banderollarni 
qabul qiluvchi aloqa xodimi imzo qo‘yishdan avval o‘rovning, 
bog‘ichlar va muhrlarning butunligiga ahamiyat bergan holda, ularning 
tashqi holatini ko‘zdan kechirishi kerak. 
Pochta aloqasi obyektlaridan jo‘natishdan oldin posilkalar 
quyidagilarga ajratiladi: 
a) hukumatga oid; 
b) aviaposilka; 
v) qiymati eng kam ish haqidan ortiq baholangan «Ehtiyot qiling» 
belgili aviaposilkalar; 
g) «Mo‘yna. Veterinariya guvohnomasi bilan» belgili; 
d) konofilymlar, kinotasmalari, magnit tasmalari bilan; 
e) «Ehtiyot qiling» belgili; 
j) mayda; 
z) oddiy va qiymati eng kam ish haqining besh barobarigacha 
baholangan posilkalar; 
i) qiymati eng kam ish haqining besh barobaridan ortiq 
baholangan; 
k) qiymati eng kam ish haqining o‘n barobaridan ortiq baholangan; 
l) katta o‘lchamli; 
m) asalarilar bilan; 
n) «Mevalar», «Sabzavotlar» belgili; 
o) «Ko‘chat» belgili; 
n) «Ekspress» belgili. 


 
59
Pochta aloqasi hududiy tashkilotlarining almashuv punktlarida, 
Xalqaro pochtamtda posilkalar maxsus nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng 
guruhlar bo‘yicha saralanadi. 
Posilkalar guruhi 10 va undan ortiq posilkalar bo‘lganda tuziladi. 
Bir guruhga 40 tadan ortiq bo‘lmagan posilkalar kiritiladi, ammo 
agar bir korxonadan bir manzilga va bir taqvim kunida bir nechta guruh 
jo‘natilsa, ularga soni bir xil bo‘lmagan posilkalar kiritiladi (masalan: 
40, 39, 38). 
Qiymati eng kam ish haqidan ortiq baholangan, «Ehtiyot qiling» 
belgili aviaposilkalar guruhi bir reysda 10 tadan oshmasligi kerak. 
Qabul qilish joylarida son miqdoridan qat’iy nazar, lekin 10 
donadan ortiq bo‘lmagan katta o‘lchamli va vazni og‘ir posilkalar 
belgilangan manzildagi pochta aloqasi obyektigacha guruhlarga 
ajratiladi. 
Qiymati eng kam ish haqining besh barobaridan ortiq baholangan 
posilkalar, shuningdek «Hukumatga oid», «Ehtiyot qiling», «Avia», 
«Mo‘yna. Veterinariya guvohnomasi bilan», «Mevalar», «Sabzavotlar», 
«Ekspress» belgili posilkalar qabul qilingan paytdan boshlab butun 
o‘tish yo‘li davomida alohida qo‘yiladi va boshqa posilkalarning 
guruhlariga qo‘shilmaydi. 
Bir manzilga jo‘natiladigan kinofilymli posilkalar bir vaqtning 
o‘zida jo‘natilishi kerak. Bunday posilkalarni turli guruhlarda 
jo‘natishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Saralangandan so‘ng jo‘natiluvchi posilkalar raqamlari, oluv-
chining manzili va e’lon qilingan qiymatining summasini ko‘rsatib, 16-
shakldagi yukxatga yoziladi. Ustama to‘lovli posilkalarni 16-shakldagi 
yukxatga yozib qo‘yishda uning summasi ko‘rsatiladi.  
Tranzit posilkalarni 16-shakldagi yukxatga yozishda ularning 
raqamlari va bundan tashqari qabul qilish joyidagi pochta aloqasi obyek-
tining nomi, aloqa bo‘limi raqami (agar u mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi. 
Pochta aloqasi obyektiga posilkalarni jo‘natishda 16-shakldagi 
yukxatda ularning ustama to‘lov summasi ham ko‘rsatiladi. 
Har bir 16-shakldagi yukxatda va uning nusxasida yukxat tuzilgan 
sana ko‘rsatilgan taqvim tamg‘a izi tushiriladi. Kompyuter yordamida 
tuzilgan, pochta aloqasi obyektining nomi va tuzilgan sanasi ko‘rsatilgan 
yukxatlarda qo‘shimcha ravishda taqvim tamg‘a izini qo‘yish talab 
qilinmaydi. Qabul qilish joylaridagi pochta aloqasi obyektlarida va 


 
60
ishlov berish bo‘linmalarida 16-shakldagi yukxatga yuqoriga o‘suvchi 
raqamlar tartibida yozib qo‘yiladi. 
16-shakldagi yukxatda posilkalarning umumiy soni so‘z bilan 
yozilib yakunlanadi va aloqa xodimi tomonidan lavozimi ko‘rsatilib 
imzolanadi. Posilkalarning yakuni raqamlari «Pochta jo‘natmalari va 
buyumlarining nomi» ustuniga yoziladi. 
Alohida e’tiborni talab qiluvchi posilkalarga yozilgan 16-shakldagi 
yukxatning yuqori qismiga quyidagi belgilar qo‘yiladi: «Hukumatga 
oid», «Ehtiyot qiling», «Avia», «Mo‘yna. Veterinariya guvohnomasi 
bilan», «Mevalar», «Sabzavotlar», «Ekspress». 
Mayda posilkalar («Ehtiyot qiling» belgilisi bundan mustasno) 
barcha bosqichlarda sug‘urtali qoplarda jo‘natiladi. Son jihatdan bitta 
bo‘lgan mayda posilkalar ochiq holda yer usti tansportida jo‘natilishi 
mumkin. 
Qiymati eng kam ish haqining o‘n barobaridan ortiq baholangan 
posilkalar qabul qilish joyidagi pochta aloqasi obyektlari tomonidan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta aloqasi obyekti manziligacha sug‘urtali qop-
larga joylanadi, «Ehtiyot qiling» belgili posilkalar, shuningdek standart 
qop o‘lchamlaridan ortiq bo‘lgan katta o‘lchovli posilkalar bundan 
mustasno. Bunday posilkalar ochiq holda alohida yukxatga yozib 
jo‘natiladi. 
Qiymati eng kam ish haqining o‘ttiz barobaridan ortiq baholangan 
posilkalar faqat pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar tomonidan qabul 
qilinadi va beriladi. 
Kelgan posilkalar pochta kuzatuvchisidan 16-shakldagi yukxat 
bilan birga qabul qilinadi. Bunda har bir posilkadagi o‘rovning, 
bog‘lamlarning, tasma, plomba, muhrlarning butligi tekshiriladi. Qabul 
qilingan pochtaga tilxat beriladi. Shundan so‘ng posilkalarni qabul qilib 
olgan aloqa xodimi har bir blankani yukxatdagi yozuv bilan, so‘ng 
posilkani blanka bilan nomma-nom solishtiradi. 
Blankaning orqa tomoniga posilkalar kelib tushgan kunning 
taqvim tamg‘a izi tushiriladi. 
16-shakldagi yukxatga kelib tushgan posilkalarning keluvchi tartib 
raqamlari qo‘yiladi. Shu raqamlarning o‘zi blankalarining asosiy qis-
mida, xabarnomalarda va posilkalarning chap yon tomonida, 2-shakldagi 
yorliq yaqinida takrorlanadi. Ko‘p bo‘limli tokchalari bo‘lgan yirik 
pochta aloqasi obyektlarida posilkalarni joylashtirishda ularning blan-
kalarida suratda posilkaning kelish raqami, maxrajda seksiya raqami 


 
61
ko‘rsatiladi. Keluvchi posilkalarning tartib raqamlari oy davomida olib 
boriladi. Uncha katta bo‘lmagan pochta aloqasi obyektlarida posil-
kalarga kelish raqamlari qo‘yilmasligi mumkin. 
Agar posilka blankasini solishtirishda 16-shakldagi yukxatda 
posilkaning qiymati e’lon qilinganligi to‘g‘risidagi, ustama to‘lov 
summasi to‘g‘risidagi belgilar yo‘qligi aniqlansa, aloqa xodimi 
etishmayotgan ma’lumotlarni yukxatga kiritib qo‘yadi. 
Qaytarilgan yoki qayta jo‘natilgan posilka kelganda, 16-shakldagi 
yukxatda (posilkalar yoziladigan satrda) «V» yoki «D» harflari qo‘yiladi 
va tagiga chiziladi hamda qaerdan qaytarilgani yoki qayta jo‘natilgani 
ko‘rsatiladi. 
Dalolatnoma bilan rasmiylashtirilmagan shikastlangan posilkalar 
pochta kuzatuvchisidan qabul qilib olinmaydi. Qabul qilmaslik sababi 
to‘g‘risida 16-shakldagi yukxatga tegishli belgi qo‘yiladi. 
Pochta aloqasi obyektlarida berilishi kerak bo‘lgan posilkalarning 
xabarnomalari blankalaridan ajratiladi va eltib berishga, «Yo‘qlab 
olinadigan» pochta jo‘natmalarini saqlash qutisiga, pochta aloqasi 
obyektlariga o‘rnatilgan abonent javonlari orqali jo‘natishga beriladi. 
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga manzillangan posilkalarga 
xabarnomalar kelish raqamlari bo‘yicha umumiy soni ko‘rsatilib, 11-
shakldagi reestr bilan eltib berishga uzatiladi. 
Posilkalarga tegishli blankalar kelgan kuni va kelish raqamlarning 
tartibi bo‘yicha pochta jo‘natmalarining hujjatlari saqlanadigan qutiga 
joylanadi. 
Posilkalar blankalar bilan birga etkazishga beriladi. Xabar-
nomaning orqa tomoniga eltib berish uchun haq va zarur hollarda, 
saqlanganlik uchun haq yozib qo‘yiladi, agar posilka qaytarilgan yoki 
qayta jo‘natilgan bo‘lsa, u holda uni qaytib kelish yoki qayta jo‘natish 
haqining summasi ham yozib qo‘yiladi. 
Eltib berish uchun beriladigan posilkalar 55-shakldagi daftarga 
keluvchi tartib raqamlari bo‘yicha yoziladi. 
Posilkalarni eltib berish uchun qabul qilayotgan aloqa xodimlari 
ularning og‘irliklarini, o‘rovlari, bog‘lamlari, tasmalari, plombalari, 
muhrlari, yopishtirmalarining butligini tekshiradilar, 55-shakldagi 
daftarda posilkalarning umumiy sonini ko‘rsatib, o‘z imzolarini 
qo‘yadilar. 
Eltib berish, saqlash, qaytarish va oluvchilarga eltib berilgan 
posilkalarni qayta jo‘natish uchun to‘lov undiriladi. 


 
62
Posilkalarni uyga eltib berish tugagandan so‘ng aloqa xodimi 
hisobot beradi. Hisobotni qabul qiluvchi aloqa xodimi eltib berilmagan 
posilkaning o‘rovlari, bog‘lamlari, tasma, plomba, muhlari, yopish-
tirmalarining butligini, zarur bo‘lganda, ularning og‘irligini ham 
tekshiradi. Hisobot 55-shakldagi daftarda uni qabul qiluvchi va eltib 
beruvchining imzolari bilan, eltib berilmagan posilkalarning raqamlari 
va sanasi ko‘rsatilib hisoblab yakunlanadi. 
Posilkalarni qayta jo‘natish, qaytarish, saqlash va eltib berish 
uchun pullar xabarnomaning orqa tomonida ko‘rsatiladigan 47-shakldagi 
daftarning kvitansiya nusxalari bo‘yicha pochta aloqasi obyektining 
kassasiga topshiriladi. 
Topshirilmagan posilkalarga topshirilmaganlik sabablarini 
ko‘rsatib 20-shakldagi ma’lumotnomalar tuziladi. 
 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish