Microsoft Word Pochta aloqalari doc



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

2.3.3 Posilkalarni topshirish 
 
Pochta jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini 
olish uchun zarur bo‘lgan shaxsni tasdiqlaydigan hujjatlar quyi-
dagilardir: 
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti; 
b) mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarma (bo‘lim) tomonidan 
muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarga beriladigan harbiy bilet; 
v) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik 
xizmati, Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan shaxsni tasdiq-
lovchi guvohnoma; 
g) pasport yoki tegishli idoralar tomonidan beriladigan, shaxsni 
tasdiqlovchi «Viza» solinmasiga ega bo‘lgan guvohnoma yohud yashash 
joyi yoki turish joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnoma 
(muhojirlar va fuqaroligi yo‘q shaxslar uchun); 
d) chet el fuqarolariga ichki ishlar idoralari tomonidan yashash 
uchun berilgan hujjat. 
Pochta jo‘natmalari yoki pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari 
quyidagilarga ko‘ra jo‘natuvchining manzili bo‘yicha qaytariladi: 
a) jo‘natuvchining arizasiga ko‘ra; 
b) adresatning pochta jo‘natmasi yoki pul mablag‘larining pochta 
o‘tkazmasini olishni rad etganda; 
v) ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha adresatning yo‘qligida; 
g) adresat vafot etganda; 


 
63
d) agar abonementlik qutisining qutichasini abonentlagan adresat 
ko‘rsatilmagan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan holda; 
e) adresat manzilini o‘qishning imkoni bo‘lmaganda (yuvilib 
ketgan, yirtilgan va h.k.); 
j) belgilangan saqlash muddati tugaganda
z) pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan pochta aloqasi 
xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarini bajarish 
imkoniyatini istisno qiladigan boshqa sharoitlarda. 
Ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalarini qaytarib berish yoki 
foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan yangi manzil bo‘yicha jo‘natish 
uchun foydalanuvchidan, miqdori qaytarish (yangi manzil bo‘yicha 
jo‘natish) sanasida amal qiladigan tariflar bo‘yicha aniqlanadigan to‘lov 
undiriladi. 
Jo‘natuvchi manzili bo‘yicha pochta aloqasi obyekti tomonidan 
qaytarilgan ichki va xalqaro pochta jo‘natmalari, pul mablag‘larining 
pochta o‘tkazmasi ularni jo‘natuvchiga topshirishning imkoni 
bo‘lmaganda yoki jo‘natuvchi ularni olishdan bosh tortganda pochta 
aloqasi obyektida bir oy saqlanadi.  
Posilkalar xabarnomaning orqa tomonidagi oluvchining imzosi 
bilan topshiriladi. Agar oluvchi bir xabarnoma bo‘yicha bir emas, bir 
nechta posilka oladigan bo‘lsa, u holda posilkalar soni so‘z bilan yozib 
ko‘rsatiladi. 
Posilkalar to‘plamini oluvchi korxona, tashkilot va muassasalar 
vakolatli shaxs ko‘rsatgan hujjat to‘g‘risida belgi qo‘yishlari va 
posilkalarni olganliklari to‘g‘risidagi bildirishnomalarning biriga nechta 
posilka olganligi va ularning kelish raqamlari yoki raqamdan 
raqamgacha bo‘lganini ko‘rsatib imzo chekishlari mumkin. 
Aloqa xodimi posilkani oluvchi ishtirokida tarozida tortib berishi, 
tegishli hollarda esa oluvchidan posilkani saqlash, qaytarish va posilkani 
qayta jo‘natish uchun haq olishi kerak. O‘z imzosi bilan oluvchi posil-
kani olganligini, uning og‘irligi mosligini, o‘rami butligini, muhrlar va 
bog‘lamlari butligini tasdiqlaydi. Posilkani bergan aloqa xodimi 
xabarnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etilgan hujjat ma’lu-
motlari bilan solishtiradi, pochta aloqasi obyektida qoladigan xabar-
nomaga imzo qo‘yadi. 
Posilkani olishda oluvchining talabiga ko‘ra aloqa xodimi 
blankadagi o‘z imzosi va taqvim tamg‘a izi bilan posilka berilgan sanani 
tasdiqlashi shart. 


 
64
Joylanmalari ro‘yxat qilingan posilkalarni berishda ular oluvchi 
ishtirokida ochiladi. Ochish shunday amalga oshiriladiki, bunda muhr 
shikastlanmasligi shart. Posilkalar oluvchilarga joylanmalar 107-shakl 
ro‘yxatidagi yozuv bilan solishtirilgandan so‘ng beriladi. 
Agar posilka ochilganda yetishmovchilik aniqlansa, ichidagilar 
shikastlanganligi yoki 107-shakldagi ro‘yxat yo‘qligi ma’lum bo‘lsa, u 
holda pochta aloqasi obyekti bu haqda 51-shakldagi dalolatnomani 
tuzadi, unga oluvchi ham imzo qo‘yadi. Posilka oluvchiga dalolatno-
maning nusxasi bilan birga beriladi. Dalolatnoma shikastlangan joylan-
mani o‘rnini qoplash va idoraviy tekshirish uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladi. Posilka o‘rovi daliliy ashyo sifatida pochta aloqasi obyektida 
qoladi. 
Posilka joylanmalarining ro‘yxati bilan birga ichini ochmasdan 
ham berilishi mumkin (agar oluvchi xabarnomaga bu haqda belgi qo‘y-
gan bo‘lsa). Bunday holda keyinchalik aniqlangan yetishmovchiliklar 
yoki joylanma larning shikastlanganliklari uchun pochta aloqasi 
obyektlari moddiy javobgar bo‘lmaydi. 
Jo‘natuvchi tomonidan muhrlangan o‘rovi, bog‘lamlari va muhri 
but bo‘lgan, berilayotganda og‘irligi mos keladigan posilkalar ochil-
maydi. 
Belgilangan tariflarga muvofiq posilkalarni saqlash, qaytarish va 
qayta jo‘natish uchun oluvchilardan haq undiriladi. Qaytarib berilgan 
posilkani saqlaganlik uchun oluvchidan olinmagan haq jo‘natuvchidan 
undirilmaydi. Agar qaytarilgan yoki qayta jo‘natilgan posilka 
berilayotgan bo‘lsa, jo‘natish haqi undiriladi. haq olishda 47-shakldagi 
daftardan kvitansiya beriladi (pochta-kassa apparati, elektron majmua), 
unda posilkaning keluvchi raqami va QQS summasini ajratish bilan 
to‘lov summasi (so‘mlar – so‘z bilan, tiyin – raqam bilan) ko‘rsatiladi. 
Olingan to‘lov summasi va kvitansiya raqami xabarnomada ham 
ko‘rsatiladi. 
Og‘irligi kam, o‘rovi shikastlangan (ho‘l bo‘lgan) posilkalar 
topshirilayotganda ochiladi va natijalari bo‘yicha 51-shakldagi 
dalolatnoma tuziladi, uni aloqa xodimlaridan tashqari oluvchi ham 
imzolaydi. Dalolatnomaning nusxasi oluvchiga joylanmalar bilan birga 
beriladi, dalolatnomaning boshqa nusxalasi esa posilkaning o‘rovi bilan 
birga joylanmaning og‘irligidagi yetishmovchilik, almashtirganlik yoki 
joylanmaning shikastlanish (buzilish) sababini tekshirish uchun pochta 
aloqasi obyektida qoldiriladi. 


 
65
Agar oluvchining arizasiga ko‘ra posilka ochilganda joylanmalar 
but chiqsa, dalolatnoma tuzilmaydi, oluvchi tomonidan xabarnomaga 
«E’tirozim yo‘q» degan belgi qo‘yiladi va imzo bilan tasdiqlanadi. 
Oluvchi posilkani ochishdan voz kechganda ham xabarnomaga 
shunday belgi qo‘yiladi. 
Dalolatnoma bilan olingan posilkalar oluvchining ishtirokida 
ochiladi. Agar joylanmalar but bo‘lsa, u holda posilka umumiy 
belgilangan tartibda topshiriladi. Joylanmada etishmovchilik bo‘lsa, 
uning qolgan qismi dalolatnoma nusxasi bilan birga oluvchiga u 
dalolatnomaga imzo qo‘yganidan keyin topshiriladi, u posilka o‘rovi 
bilan birga pochta aloqasi hududiy tashkiloti, pochta aloqasi obyekti 
(pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ning rahbariga idoraviy tekshiruv 
va oluvchiga xabar berish uchun topshiriladi. 
Agar 51-shakldagi dalolatnoma bilan xo‘l bo‘lgan posilka kel-
ganda, u ochilgandan so‘ng joylanmalarning buzilgani (shikastlangani) 
tasdiqlansa, u holda jo‘natuvchiga yoki oluvchiga moddiy zarar o‘rnini 
qoplash uchun mablag‘ to‘lanadi. Shu bilan bir paytda posilka 
joylanmalarining buzilishi (shikastlanishi)ga aybdor bo‘lganlarni 
aniqlash va to‘lan gan to‘lovning summasini undirish uchun ularga 
da‘vo qilish maqsadida tekshirish o‘tkaziladi. 
 
 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish