56
imzo qo‘yadi, kvitansiyaning pastki qismida qo‘shimcha ravishda qo‘lda
«shu jumladan QQS» deb yoziladi.
Tegishli hollarda,
bundan tashqari,
«Mevalar», «Sabzavotlar», «Ehtiyot qiling», «Avia», «Ro‘yxat bilan»,
«Olinganligi to‘g‘risida bildirishnomali» va aynan qaysi biriligi haqida
«Ekspress» va boshqa belgilar qo‘yiladi.
Pochta-kassa apparati, elektron majmuada rasmiylashtirilgan blan-
kaning xabarnomasida qabul qilish joyidagi
pochta aloqasi obyektining
nomi, posilkaning qabul qilish sanasi va raqami, shuningdek jo‘natish
uchun to‘lov summasi kiritiladi, belgilangan joyga aloqa xodimi imzo
qo‘yadi va pochta aloqasi obyekti raqamli belgini chizib qo‘yadi.
Qiymati e’lon qilingan posilkani joylanma ro‘yxati bilan qabul
qilishda, bundan tashqari,
quyidagilar bajarilishi zarur:
a) posilka joylanmasini, buyumlarning e’lon qilingan qiymati
summasiga muvofiqligini, shuningdek oluvchining manzili va nomini
107-shakldagi ro‘yxat
yozuvlari bilan solishtirish;
b) 107-shakldagi ro‘yxatning har ikkala nusxasiga taqvim tamg‘a
izini tushirish va ularga imzo qo‘yish;
v) 107-shakldagi ro‘yxatning birinchi nusxasini posilka joylan-
masining ichiga solish va uni o‘rab joylash;
g) 107-shakldagi ro‘yxatning ikkinchi nusxasini jo‘natuvchiga
berish.
Posilka joylanmasini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ras-
miyatchilik uchun jo‘natuvchidan qo‘shimcha to‘lov undiriladi.
Kemiruvchilarning mo‘yna va terilarini, fabrika ishlovidan
o‘tmagan jun, dag‘al jun, soch, pat va parlar,
tirik asalarilardan iborat
joylanmalar solingan posilkalarni qabul qilishda aloqa xodimi ve-
terinariya guvohnomalari mavjudligini tekshiradi. Guvohnomalar
berilayotgan posilkaning ilova manziliga mustahkam qilib biriktiriladi.
Posilka bog‘lovidagi sug‘urta muhri (plombasi)ning surg‘uchli izi
bevosita tugun yaqiniga (tugun posilka qirrasida bo‘lmasligi kerak)
tushiriladi. Mato bilan qoplangan posilkalarda tashqi choklar shunday
muhrlanishi kerakki, bunda tushirilgan sug‘urta muhrining surg‘uchli izi
albatta tashqi choklarning chetiga qo‘yilishi shart, tushirilgan muhr
izlarining markazi o‘rtasidagi oraliq 10 sm dan oshmasligi kerak. Agar
posilkaning manzili yorliqqa yozilgan bo‘lsa,
kanopning oxirgi uchlari
yorliqqa yopishtirib muhrlanadi.
Yelimli tasma va iz tushirish moslamalari bo‘lmagan hollarda,
posilkani «kraft» qog‘ozi bilan yopishtirish, taqvim tamg‘a izining bir
57
qismini tamg‘aga, boshqa qismini qutiga tushadigan qilib bosish
mumkin. Taqvim tamg‘a izlari o‘rtasidagi oraliq 10
sm dan ortib ket-
masligi kerak.
Korxona tashkilot va muassasalar tomonidan jo‘natiladigan posil-
kalar ularga tegishli muhrning surg‘uchli izi bilan muhrlanadi yoki
belgilangan tartibda plombalanadi.
Ayrim hollarda, korxona, tashkilot va muassasalarning posilkalari
pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti
rahbarining ruxsati bilan pochta aloqasi hududiy
tashkiloti yoki pochta
aloqasi obyektining surg‘uchli muhri bilan muhrlanishi mumkin.
Korxona, tashkilot va muassasalar posilkalarni kartonli o‘rovlarda
jo‘natadigan bo‘lsa, karton qopqoqlarining ulangan joyi firmali qog‘oz
tasma bilan muhrlanadi yoki yopishtirilgan, oddiy qog‘oz tasmalari bilan
kesishgan burchaklariga ushbu korxona, tashkilot va muassasalarga
tegishli muhr izlari bosiladi. Muhr izlari quti
qirralariga yopishtirilgan
tasmalarga ham bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: