Microsoft Word Pochta aloqalari doc



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

 
 
2.4 Pul o‘tkazmalari 
 
2.4.1 Pul o‘tkazmalarini qabul qilish va rasmiylashtirish.  
Ularni nazorat qilishga uzatish 
 
Pul mablag‘larining ichki pochta o‘tkazmasi – O‘zbekiston 
Respublikasi hududida jo‘natish va adresatga yetkazib berish (top-
shirish) uchun qabul qilinadigan pul mablag‘larining pochta o‘tkazmasi. 
Pul o‘tkazmalari bilan jo‘natish uchun O‘zbekiston Respublikasi 
hududida muomalada bo‘lgan pul belgilari va to‘lov topshiriqnomalari 
qabul qilinadi. 
Pul o‘tkazmalari bilan jo‘natish uchun qabul qilinadigan pullarning 
umumiy summasi, shuningdek bir blankadagi pul o‘tkazmasining 
summasi chegaralanmaydi. 
Umumiy summasi eng kam ish haqining bir barobari miqdoridagi 
va undan ortiq o‘tkazmalarni jo‘natuvchi korxona, tashkilot va muas-
sasalardan faqat to‘lov topshiriqnomalari qabul qilinadi. 
Pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalari yuborish usuliga bog‘liq 
holda oddiy (pochta aloqasi tarmoqlaridan foydalanib yuborish) va 
tezkor (elektron, telegraf va sh.o‘. telekommunikasiya tarmoqlaridan 
foydalanib yuborish)larga bo‘linadi. 
Naqd pul o‘tkazmasidan hisob-kitoblar bo‘yicha pul o‘tkazmalari 
pochta aloqasi obyektlarida qabul qilinadi, ularning ro‘yxati pochta 
aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa 
bog‘lamasi, pochtamt) bo‘yicha buyruq bilan aniqlanadi. 
To‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha pul mablag‘larini qabul qilish 
faqatgina o‘tkazma mablag‘lari va ularni jo‘natish uchun to‘lovlar 
pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta 
aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ning bankdagi pul o‘tkazmasi hisobiga kelib 
tushgandan so‘ng amalga oshiriladi.  
Pul o‘tkazmalarini jo‘natishda korxona, tashkilot, muassasalar 
aloqa xodimiga 103-shakldagi ro‘yxatning ikki nusxasini, pul 
o‘tkazmalarining to‘ldirilgan blankalari va to‘lov topshiriqnoma-larining 


 
67
bir nusxasini bank bo‘limining pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki 
pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ning bank-
dagi pul o‘tkazma hisobiga mablag‘larni o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi 
belgisi bilan taqdim etadi. 
Aloqa xodimi pochta aloqasi hududiy tashkilotining yoki pochta 
aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ning buxgal-
teriyasida jo‘natuvchidan kelgan mablag‘larni tekshiradi. 
Aloqa xodimi pul o‘tkazmalarini qabul qilishda: 
a) pul o‘tkazmalari va pochta yig‘imlari yakuniy summasining 
to‘lov topshiriqnomasidagi summa bilan ro‘yxat bo‘yicha mosligini; 
b) 103-shakldagi ro‘yxatning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini, uning 
birinchi va ikkinchi nusxalaridagi ma’lumotlar mosligini; 
v) pul o‘tkazmalarining 103-shakl ro‘yxatidagi yozuvlarga 
nomma-nom muvofiq kelishini, jo‘natish uchun to‘lovlarning to‘g‘ri 
ko‘rsatilganligini; 
g) 103-shakldagi ro‘yxatda pul o‘tkazmalarini jo‘natuvchi 
korxona, tashkilot, muassasaning imzosi va muhrlari borligini; 
d) 103-shakldagi ro‘yxat bo‘yicha summa yakunlarini pul o‘tkaz-
malarining aniq hisoblab chiqilgan summasi bilan to‘g‘ri kelishini: 
e) pul o‘tkazmalari blankalarida «vakolatlanganlarga» (agar 103-
shakldagi ro‘yxatlarda shunday yozuv bor bo‘lsa) yozuvining 
mavjudligini tekshiradi. 
Rasmiylashtirish tartibining buzilish hollari aniqlanganda 103-
shakldagi ro‘yxatlar pul o‘tkazmalari blankalari bilan birga korxona, 
tashkilot, muassasaga qayta rasmiylashtirish uchun qaytariladi.  
Pochta aloqasi bo‘limi naqd pulsiz pul o‘tkazmalari qabul qilingandan 
so‘ng kelgusi kundan kechiktirmasdan, qabul qilingan to‘lov 
topshiriqnomalarini xizmatga oid buyurtmali xat bilan pochta aloqasi 
hududiy tashkiloti, pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, 
pochtamt)ning buxgalteriyasiga 11-shakldagi alohida reestrga qo‘shimcha 
yozuv bilan, unda to‘lov topshiriqnomasining raqamini, pul o‘tkazmalarini 
jo‘natgan korxona, tashkilot, muassasaning nomini va to‘lov 
topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summani ko‘rsatib, jo‘natadi. 
Pochta orqali pul o‘tkazish uchun jo‘natuvchi 112-shakldagi blankani, 
tezkorlik bilan jo‘natilganda esa (telegraf orqali) 114-shakldagi blankani 
to‘ldiradi. 
Pul o‘tkazmalarini tegishli bo‘lmagan shakllardagi blankalarda qabul 
qilish qat‘iyan man etiladi. 


 
68
 
 
«O‘zbekiston pochtasi» 
Ochiq aksiyadorlik jamiyati  
Qabul 
112-shakl 
 
- son 
 
(11-shakldagi  reestr   bo‘yicha) 
 
 

son
 
(10-shakldagi  reestr   bo‘yicha) 
 
 
Pochta aloqasi obyektining 
nomi, nazorat-geralydli muhr
Jo‘natish joyining 
taqvim tamg‘a izi 
5-shakl 
bo‘yicha 
raqam 
Summasi, xizmat 
turi, ope-ratorning 
familiyasi 
 
Tuzatishlariga yo‘l qo‘
yil
m
aydi 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish