Omonatni qidirdik
Imomning ayoli bilan uyimizga bordik. Bizni ko’rgan bir qancha qo’shnilarimiz
to’planishdi. Hammasi bir narsalarni so’rashadi. Ba’zisi u yoq bu yoqdan gap ochadi.
Ba’zisi nafratlangandek, ba’zilari esa qiziqib so’zlaydi.
Xojam, meni ogohlantirishdi. Chiroqni o’chirib, uxlashim kerak. Ertaga qiyin kun bo’ladi.
Yana bir qator tomosha, tahlil va boshqalar. Davom etish umididaman. Hozircha
ruxsatingiz bilan…
Yana birgamiz xojam. Yozish davomida dam olganimni, yengil tortganimni, oz bo’lsada
madad topganimni e’tirof etaman. Garchi shuncha talofat ko’rdim. Chunki natijalar yana
barbod bo’ldi. Tez tarqalgan kasallik edi bu. O’pka xastaligi qinayotir. Kanser butun
tanamni azoblayapti. Kundan-kun yashashga ishtiyoqim oshib boryapti. Axir kim ham
qo’lini o’limga uzatardi? Kasallikmi, qasd qilishmi? Qasd qilishga hojat yo’qligini bilaman.
Negaki… tuyg’ularimga asir bo’lmayman.
Kelgan joyimizdan davom etamanQishloqda, qishloq odamlari orasida vayrona,
tashlandiq, tuproq uyimizdamiz. Hamma ashyolar turibdi. Chang tuproq ichida. Birov
qo’l tekkizmagan. Devorlari yorilibdi. Bir kishi bunga izoh berdi.
-Bu uy endi cho’kadi. Hamma ashyolari ko’chirilsaydi. Ashyo deyish to’g’ri bo’lsa…
Onamning yodgorliklari…Butun dunyosi shu yerda. Har qadami aziz, har zarrasi qadrli.
Har qarichida ming xotiralar. Oh, onam! Shular bilan baxtiyor edingiz-a…Achinaman
sizga.
Eng achchiq, chorasiz kunimda mening,
Bo’ldingiz menga yor onajonginam.
Qalbimdadir hanuz iliq mehringiz,
Yana mehr-la quching, oanjonginam.
Tunda sizni o’yladim, to’ldi ko’zlarim,
Yig’lashni xohlab, tek turdi ko’zlarim.
Sizni har joydan izlar ko’zlarim,
Sizdan ayrildim-a, onajonginam…
Boshqa bir kishi gapga aralashdi:”Biz rahmatli amammngga ko’p aytdik. Bu ashyolar
qarovsiz qolmasin dedik. Ammo qo’l tekkizmadi. O’lgunicha kelib tozalab turdi, uyga
qradi, o’lganidan keyin shu holga tushdi, mana…
Ko’p gaplarni anglolmasdim. Chunki o’y-xayolim onamning xotiralari bilan band edi.
Ham u qoldirgan ikki omonatda…Ularni qidirardik, qishloq odamalrining bundan xabarlari
yo’q, edi albatta. Imom afandi, ayoli va men. Birinchi xonada shisha sandiqni ko’rmadik.
Ikkinchi xonaga kirar kirmas eski yog’och divan yonida oynasi yorilgan bir sandiq
ko’rdim. Onamdan yodgorlik…Balkikelinliksarposidir. Oynali sandiqni ko’rib, yanada
kuchli hayajon bosdi meni. Titray boshladim. Imom afandining ayoli qo’limdan tutdi.
Joyimda o’tirib qoldim. Yig’layotgan faqat ko’zlarim emasdi, yuragimning har nuqtasi
yonar, o’rtanar edi. Imom afandi sandiqni ochdi. Ichida ikkita kitob.
-Bittasi Qur’oni karim, -dedi imom afandi. Juda ham eski ekan. Ikkinchisi “So’zlar”nomli
kitob. Onam aytgan ikki omonat shularmikin? Katta sovg’a bo’ldi. To’g’risi buni
kutmagandim. Chunki bunaqa narsalarga beparvo edim. Endi esa…Onamning
omonati…Ular men uchun naqadar qimmatli … Imom afandi Said Nursiyni ta’riflay ketdi:
-O’lkamizdan chiqqan mashhur olim, yaxshi murabbiy, -dedi Kitoblari butun dunyoda
qiziqish uyg’otgan. Yoshlar bu kitoblardan qidirgan narsalarini topishadi.
Umid qilamanki, men ham topaman. Chunki mening ham qidirgan narsalarim ko’p…
Do'stlaringiz bilan baham: |