Istanbulda, qashqirlar davrasida
Mana, Istanbuldaman. Bir huquqshunos talaba dunyoni tuzatishga kirishdi. Yuksak
orzular yo’liga tushgan buyuk sohaning vakili bo’lmoqchi yolg’iz yosh qiz. Amina ham
Anqarada. U ham tibiiyot fakultetiga kirdi. Bilaman uning kelajagi porloq. U o’zini
himoya qila oladigan va tahlikani oldindan sezadigan aqlli qiz. Uning fikr dunyosini va
g’oyalarini yoqtirmasam ham, bu haqiqatni tan olaman. Men-chi? Bulg’angan, toptalgan,
zulmatli bir keljak. Chunki men burnimning uchini ko’rolmaydigan qoloq fikrli odamman.
Har qancha ilg’or, inqilobiy nutqlar so’zlasam ham… Amina va ota-onasi men uchun ko’p
qayg’urishdi. “Senga ishonchli bir joy topamiz. Istanbul katta shahar, ko’chalarda har
turli tahlika kezadi. Yolg’iz o’zing qiynalasan”, deyishdi ular… Yo’q… Yana qaysarligim
tutdi. Keljagimni o’zim tanlayman. Kuch qudratimni isbot qilaman. Hech kimning
hayotimga aralashuvini xohlamayman. Davlat yotoqxonasiga joylashdim. Ammo mening
nomim, ovozam o’zimdan avval yetib kelgan ekan…Atrofimni bir guruh “ipini uzgan”
yoshlar o’rab olishdi. Ilg’orlar, nurlilar, hurriyatchilar va yana shu kabi toifa vakillari…
Men kim bo’libman o’zi? Topilmas bir aksilon yoki to’shaklarni isituvchi et-ustixon
yig’indisimi? Bunaqa savollar hech tugamasdi. Xato niyatli, qoloq fikrli, qat’iy qarorli
bo’lganim uchun emas, menga shundaylar uchrayotgani uchun. Boshda darslarga yaxshi
qatnashdim. Ammo menga osilganlar yanada kuchli chiqdi
U yoq bu yoqqa tashlay boshladim. Maktabga bormay qo’ydim. Ilk borganlarim har xil
guruhlar, “sotsial faolliklarni oshirish” nomi ostida iflos ishlar qiladigan joylar edi.
Inqilobchilar, komunistlar, marksistlar, eronchilar, giyohvandlar, bilmayman yana
nimalar… Qorishiq, iflos…Har tomon ostin-ustun. Va bir yosh qiz. Sohasini, g’oyasini asta
sekin yo’qotgan, kuchi, irodasi nuragan bir qiz… “Ortimga tushgan, qo’limdan tutgan
yoshlar soyasidan burnimni har teshikka suqardim. Ilk yoqtirgan odamim juda fe’li tez
chiqdi. Uni tutib keltirishdi. Qilmishi yo davlatga qarshi bir namoyish yoki geroin tijorati…
Har ikkisidan ham bor. Dinni bilmaydi, Allohni tanimaydi. Ba’zi o’xshashliklarimiz bor.
Ammo uning ahloqsizliklari menikidan o’tadi. Shunaqa daydiliklari na yaxshi fikr
qoldiradi, na umid uyg’otadi. Asl maqsadi pul, foyda. Yana soxtalik va tuzoq. Aytish joiz
bo’lsa ayatman. Huquq fakulteti haqidagi shirin hayollar tugadi. Har kuni qilganimiz
ichkilik ichish, qo’shiq kuylash va uchish. Ha, uchish…Keyin esa dunyoni qutqarmoqchi
bo’lgan bir daydining yotog’ida ko’zlarimni ochaman. Mana senga va’da qilingan “ideal
hayot”. Istanbul meni juda tez yutib yubordi. Qarshimda yana bir zarba muallaq turibdi.
Ularga qo’shilishga majburman. Pul yo’q, joy yo’q, ovqat yo’q. Allohning qahriga
uchrasin bunaqa inson. O’zimdan jirkanaman. O’zimcha “zamonaviy hayot ayoli”
bo’ldim. Ba’zi inqilobchi o’rtoqlarimni fikricha, bu yaxshi. Ayol ham, erkak ham o’zi
xohlaganidek yashashi kerak. Shunday yashash mumkinm, bilmayman? Ba’zi narsalarni
bila turib tepaman. O’zim xohlab, o’zim yig’layman. Yaxshi odamlarga ham duch keldim,
albatta. O’jarligim ularni ko’rishga, ergashishga to’siq bo’lardi. Amina, dadasi, Imom
afandi, matematika o’qituvchisi…Bu insonlar meni juda yaxshi ko’rishdi. Himoya
qilmoqchi bo’lishdi. Yordam bermoqchi bo’lishdi. Men esa? Zehnli, aqlli, ilg’or fikrli,
inqilobchi bo’laman, deb ularni mensimadim. Ko’zing ko’r bo’lsin. Bilaturib jarga qulash
deganlari shu-da…
Do'stlaringiz bilan baham: |