Olimning misollari mo’jiza
Qara, Ayselginam, senga onang omonat qoldirgan kitobdan bir mo’jiza keltirayin:”Sizlar
o’zingizdan baland martabadagi sog’lom kishilarga qarab shikoyat qilmangiz. Balki siz
o’zingizdan sog’liq borasida past bo’lgan bechoralarga kishilarga qarab, shukr qilishga
majbursiz. Sening qo’ling, pchoq bo’lsa, kesilgan qo’llarga qara! Bir ko’zing yo’q bo’lsa,
ikki ko’zi yo’qlarga qara! Alloha shukr qil. Ha. Ne’matda o’zidan yuqoriga qarab shikoyat
qilishga hech kimning haqqi yo’q. Musibatda ham barchaning haqqi o’zidan ko’ra ko’proq
musibat chekkanlarga qarab shukr qilmoqdir”. Muallif bu izoxdan keyin shunday misolni
keltiradi:”Bir zot bir bechorani minora ustiga chiqaribdi. Minoraning har bir zinapoyasida
unga alohida – alohida ehson, hadyalar beribdi. Minoraning ustida eng katta hadyani
beribdi. U turli hadyalar uchun bechoradan tashakkur ve minnatdorchilik eshitmoqchi
bo’libdi. O’sha chirkin odam zinapoyalarda olgan hadyalarni unutib yohud bepisand
bo’lib, shukr qilmasdan, yana yuqoriga qarabdi:”Koshki bu minora yanada balndroq
bo’lsaydi, yana ham yuqori chiqsaydim. Nega u tog’dek yoki boshqa minoralardek
judayam baland emas?”deya noshukrlik qilibdi. Bu qanchalar yomon ish, kufroni
ne’matdir, adolatsizlikdir. “Shunda ham bir insonning yo’qlikdan paydo bo’lib, bir tosh,
daraxt va yo hayvon emas, inson, musulmon bolib, uzoq vaqt sog’ salomat va hurmat
ko’rib, yuksak daraja, oily ne’matlarga sazovar bo’laturib, ba’zi nuqsonlar bialn sog’liq va
hurmat kabi ba’zi ne’matlarga munosib bo’lmagani yoki yomonini afzal ko’rishi bilan yoki
yomonlik qilish bilan qo’ldan chiqargani, yoki qo’li yetmagani uchun noshukrlik qilishi,
sabrsizlik ko’rsatishi…Nima gunoh qildim, nega bular boshimga tushdi?-deya rububiyati
ilohiyotni tanqid qilish yomon bir xastalik, musibatli ma’naviy kasallikdir. Xuddi singan
qo’l bilan ko’rishish kabi…”
Men bu izohlardan so’ng ko’zlarimni bir nuqtaga tikib, chuqur o’yga toldim. U esa kitob
o’qishda davom etdi:”Bizlar buyuk qudrat egasi tarafidan dunyoga keltirilganmiz. Bizga
minglarcha ne’mat va ikrom taqdim etilgan. Ne’matlarga ko’milib hayot kechiramiz. Bu
hayot maqomiga va insoniylik darajasiga erishish uchun minoraning zinapoyalaridek bir
qancha hayot zinalaridan o’tamiz. Eng buyuk, eng yuksak daraja insoniylik maqomini
topishimizdir. ” O’ylayman:bir tosh, bir tuproq yo daraxt bo’lishimiz mumkin edi-ku. Bir
mushuk, sichqon, ilon yoki bir hashorot bo’lishimiz ham mumkin edi. Ularning ham
jonlari bor, ular ham hayot kechirishadi. Odam tuproq, toshga nisbatan omadliroq
bo’lgani uchun shukr qilishi kerak. Sichqonga nisbatan mushuk baxtliroq. U ham shukr
qilishi kerak. Ilonga nisbatan sut beruvchi qo’y yaxshi munosabat ko’radi. U ham shukr
qilishi lozim.
“Butun hayot zinalariga chiqqan, minglarcha qimmatli va noyob ne’matlarga ega bo’lgan
inson, hamma berilgan ikromlarni unutib, “Nega men boshqalardek emasman?Bunda bir
tengsizlik, adolatsizlik bor”, desa, sichqon, hashorot, ilon yoki mushuk bu so’zga
qo’shilib, ”Xohlamasang joy almashamiz”, deyishi mumkin. “Bzining bu haqqimiz kam
emas. Bil’aks, haqqimiz bo’lmagan qancha narsalarga va haqqa egamiz. O’ylayapmiz,
ko’ryapmiz, suhbatlashyapmiz, yeyapmiz, uxlayapmiz, kulib-yig’layapmiz, bu ne’matlar
qanday kam hisoblanishi mumkin? Yoki qalb ko’rligidan noshukrlik kelishi mumkinmi?”
“Hozir bizga shu Anqarani bersalar-u, uning evaziga aqlimizni so’rasalar beramizmi?”
“Bu qimmatli, go’zal a’zolar mukammaligini bergan Zotnng maktublarini nega
bilmaymiz? Uning nimani xohlashini va bu ne’matlarni nima uchun berganini o’ylab
tadqiq qilmaymiz?”
Do'stlaringiz bilan baham: |