Savollarimni so’ray boshladim
Birgalashib reja tuzib oldik. Assistentning suygani ertalab soat sakkizda keladi va
oqshom beshgacha qoladi. Bu vaqt ichida namozlarni, duolarni o’rganamiz. Savollarga
javob topamiz. Kitoblar o’qiymiz, suhbatlashamiz. Oqshom u menga kitoblar beradi,
men ularni o’qiyman. Juda baxtiyorman, hayotimda ilk marotaba bunchalik huzur va
baxtuyorlikni his qildim. Namoz o’qishni va duolarni o’rgana boshladim. Turli kitoblardan
go’zal parchalar o’qidik, ilohiyot mavzusida suhbatlar qurdik.
Dugonamdan so’ragan ilk savolim:
-Faqat qoqilish, xo’rlanish…Kimningdir daldasiga va ko’magiga muhtojlik, mehr
ko’rmaslik va inson sifatida qadrlanmaslik…Qochgan, masxaralangan holda o’yin kulgu
ichidagi yoshlarga havas va siqilish…Keyin esa qashqirlar davrasida yem bo’lish, bir
chetga uloqtirilish…Mana meni isyonim sabablari. Nega bu holga tushdim? Mening aybim
gunohim nima edi? Nega menga hamma zulm qildi? Nega Alloh mega rahm qilmadi? Bu
adolatsizlikdan, haqsizlikdan ko’z yumadi? Mana dahriyligimning, inqilobchiligimning,
haq va tanglik haiqdagi falsafamning asosi. Bu savollar hayotim davomida ichim yondirib
keldi. Ha, Alloh bor! Ammo bu haqsizlik nega? Bu adolatsizlik nima uchun? Alloh (o’zi
kechirsin) bu adolatsizlikka nega yo’l qo’yadi? Nega ba’zilarni qo’llaydi, bizga
o’xshaganlarni chetda qoldiradi? Bizning aybimiz, gunohimiz nima? Hayotim bunday
bo’lishini men xohlamagandim. Oxirigacha shunday yashashga majburmanmi? Nega
boshqalar yaxshi hayot kechirishadi-da, men oyoqosti bo’laman? Bu isyon meni
shubhaga soladi. Dahriylikka undaydi, yana Allohning(O’zi kechirsin) adolati bir yoqlama
– ojizlarni unutib kuchlilarni va boylarni panohida saqlash degan fikrga da’vat etadi.
Qiz necha yillardan buyon yuragimga dard bo’lib yotgan bu fikrlarimni jim turib tingladi.
Keyin javob bera boshladi.
-Alloh bizga foydalanish uchun ikki omonat bergandir, -dedi u. Birinchisi, o’z tanamiz va
hayotimiz, ikkinchisi esa koinot va undagi cheksiz ne’matlar. Agar inson hayoti va koinot
qonuni inson qo’li bilan o’zgartirilib, qorishiq holga keltirilsa, berilgan ne’matlardan
hikmatiga uyg’un foydalanilsa, insonlarda umuman, muammo qolmasdi. Hamma
ko’rguliklar Allohning adolatsizligidan emas, insonlarning o’z qollari bilan hayotlarini
buzishlaridandir. Ko’zni, aqlni, qo’lni, oyoqni va dunyoni mukammal qilib yaratgan Alloh
qullarining xatolarini natijasida paydo bo’lgan adolatsizlikar uchun qanday mas’uliyatli
bo’lsin? Masalaga haq va adolat tuzasidan ham shunday qarashimiz mumkin. Bizni va
koinotni buyuk hikmat bilan yaratgan Janobi Haq yaratilgan hamma narsada bizga
kamchilik, nuqson va adolatsizlik kabi ko’ringan hollarning biz bilmagan hikmatlari,
sabablari bor. Ba’zi narsalarni bizlar o’z qo’limiz bilan buzamiz va adolatsizlikni yuzga
keltiramiz. Hozir mana shu xonaga bir boy odam kirib, hammaga pul tarqatsa…Ammo
birovga oz, birovga ko’p barsa. Sen o’sha kishiga:”Nega menga oz, boshqalarga ko’p
berding?-deb ta’na qila olasanmi? Agar shunday desang, katta odobsizlik qilgan
bo’lasan. Chunki berilgan pullarda sening haqqing yo’q, ular senga tagishli emas. U kishi
achinib, senga yordam qildi. Yordam miqdorini ham o’zi belgilagan. Bu holda sizning
shikoyat qilishga haqqingiz yo’q. Xohlasa bergan pulini qaytraib olishi ham mumkin.
Bizga ham Alloh koinot ne’matini, insoniy ne’matlarni berganammo ba’zilarga oz,
ba’zilarga ko’p. Bu dunyosi imtihon dunyosi bo’lgani uchun oz berilganlarni oz hisob
bilan, ko’p berilganlarni esa ko’p hisob bilan imtihon qiladi. Ko’p olganlar, meni
imtihonim ko’p deb kerila olmaydilar. Bil’aks, ko’p mol tufayli ularda mas’uliyat ham
kattadir. Kam mol berilganlar esa, isyon qilib, ”Nega bizga kam beriladi?” deya Allohni
ayblay olmaydilar. U to’g’ridan-to’g’ri ALlohga oid va Uning ikromidir. Qanchalik oz
berilsa ham, qul shukr qilishi lozim. Shukr qilmasa, haqqi bo’lmagan ne’matga
erishmoqchi bo’ladi. Natijada oz ne’matga ham erisha olmaydi. Shukr qilsa, oz
ne’matning hisobi ham o’ziga yarasha oz bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |