Aldangan Ayselning tavbasi



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/47
Sana14.07.2021
Hajmi0,63 Mb.
#118900
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47
Bog'liq
alamli bolalik yillarim

 

Eng oily maqsad Iymondir 

Bu mehmonlarning mehmoni. Hayotning tugaganini e’lon qiluvchi farishta…nomi 

qo’rqinchli bo’lsa-da, Allohning amrini bajaruvchi bir farishta…Noiloj boshimni ko’tarib, 

“marhamat, kelin” deyman. Meni Allohga yetishtiruvchi so’nggi hamlani kutaman. Endi 

juda yaxshi bilamnki, , insonning eng katta vazifasi, eng buyuk maqsadi, eng katta 

da’vosi iymonli bo’lishdir. Chunki so’nggi damda, bizga qo’l keluvchi iymondir. Hamma 

narsa jim bo’lib, faqat iymon suhbatlashadigan so’nggi daqiqa. U paytda insonga hech 

narsa yordamlashmaydi. Ne do’st, na o’rtoq, na go’zallik, na boylik…Hayot tushunchasini 

ko’proq tushunib boryapman. Hayotning yagona ma’nosi bor, iymonni qo’lga kiritish yoki 

boy berish…Hamma hisob kitoblar shu asosda…Yordam ber, Yo Rabbim! Mendek bir 

hayotini razil yo’llarda o’tkazgan ojiza qulingga yordam ber. Yuzim yo’q, uyatliman, 



hijolatdaman, iztirobdaman. So’nggi kunlarimni, so’nggi daqiqalarimni o’tkazyapman. 

Sendan boshqa yoronim, do’stim va suyanuvchim yo’q. Yana Senga hamdlar bo’lsin, 

shukrlar bo’lsin. Shularni ham bilmay, bundan ham chuqurroq botqoqlikda umrim tugasa 

nima bo’lardi? Abadiy jahannmda qolardimku…Onamga, dadamga, akamga yetisha 

olmasdim…Allohim!Bu dahshatni o’ylash ham kishini hayajonga soladi. Hurmatli Xojam, 

sizga yozish yozmaslik xususida ikkilanganim bir voqeani boshdan kechirdim. 

Assistentning qistovi bilan yozishga qaror qildim. Qur’onni o’rgana boshlaganimga sakkiz 

kun bo’ldi. Endi o’zim o’qiy olaman. Asosan shomdan keyin va bomdod namozidan oldin 

o’qiyapman. Qur’onning ham, Javshanning ham ma’nolarini bilmaganim uchun ularning 

har bir harfi mo’jizadek tuyular, dilimga rohat baxsh etardi. Qanchalik yengil 

tortganimni, rohatlanganimni aytib berolmayman. Ishinishingizni xohlayman, “Qur’on” 

yoki “Javshan” o’qiy boshlasam, og’ir qayg’ularim, iztiroblarim go’yoki beiz yo’qolardi. 

O’qishni to’xtatsam yana boshlanardi. Bu Qur’onning mo’jizasi, Javshanning karomati 

ekanligi aniq… 

Kecha hayotimda bir voqea ro’y berdi. Haligacha uning ta’siridaman. Uni bir shukr uchun 

ham yozishim lozim. Bu voqeani eslasam, o’zimni yo’qotaman. Na barmoqlarimda, na 

o’zimda quvvat qoladi. Butun vujudim hayajondan larzaga keladi. Yo Rabbim! Sen 

buyuklar buyugi, har bir mazlumning, bechora, nochor va har bir qulning Homiyi, 

madadkori, suyanchig’isan…Bu gunohkor qulingga tushda bo’lsa ham, bunday go’zal 

tuyg’ularni berganing uchun Senga cheksiz shukronalar bo’lsin…Kecha bomdod 

namoziga tayorlanish uchun bir soat erta turdim, Qur’on o’qidim, rohatlandim. Ishtiyoq 

bilan Rabbim huzurida qo’l bog’lab, namozni boshladim. Aytishga majburman, bu ikki 

oshiqning topishuviga o’xshaydi…Namozni boshlasam, Rabbimning qarshimda turganini 

butun hujayralarim bilan his qilaman, titrab hayajonlanib ketaman. Unga qo’l ochib, 

bo’yin egish, yig’lab yolvorish, avf so’rash…Tushuntirolmayman, also 

tushuntirolmayman. Bu tuyg’u, bu sevgi, bu ishq hech narsaga o’xshamaydi. Butun 

borlig’imni rohat va lazzat chulg’aydi. O’sha ishqning sururini his qilmagan hujayram 

qolmaydi. O’zimni xuddi pokiza va mas’um go’dakdek his qilaman. Oh, haqiqatda ham 

shunday bo’lsa qaniydi. Buning uchun nimalar berishim kerak…Buning uchun har qancha 

qurbonlik bo’lsa tayorman. Nasib qil, nima bo’ladi bu qulingga shu baxtni ravo ko’rsang, 

yo Rabbim! Shu hislar og’ushida Rabbim huzuridaman. Ko’zlarimdan oqayotgan yosh 

to’g’ri yonoqlarimdan sirg’alib tushayotganini his qilardim. Yuragimning hayajon bilan 

ishq bilan urishi. Go’yo sho’x bir bolakay qo’lidagi qushcha kabi… 


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish