Onamni quchdim, xushbo’y hidlarini tuydim…
Onamning chehrasi, bo’ylari, go’zalligi xuddi xayolimdegidek. Ya’ni, men onamni xuddi
ko’rgandek xayol qilar kanman. Quchog’iga tashladim o’zimni. Ichimni yondirgan,
yuragimni qon qilgan “Ona…” faryodi ila…Bu ovozga, bu hidlarga, bu mehr, bu quchoqqa
qanchalar mushtoq edim…
-Bolajonim, Ayselim, -derdi u yuragimni titratib, butun alam va iztiroblarimni to’kib,
uloqtiruvchi bir ovozda. Men yig’lardim, tinmay yig’lashni xohlardim. Shu yoshgach faqat
shu xayol bilan ovundim. Bo’lsaydi, meni ursaydi, sochlarimdan sudrab tortsaydi, degan
onam…Boshimni ko’ksiga qo’yib olgandim. Imkon qadar xushbo’y hidiga to’yib olay der
edim… Oh, onam, tush bo’lsa ham, xayol bo’lsa ham, bu uchrashuv, bu diydorning
lazzatini hech narsa berolmaydi. Ammo bu tush, mana g’ayritabiiy bir hol, nur kabi
o’tadi-ketadi.
-Senga ikkita omonat qoldirdim, Ayselim, -dedi. Ular mening eng sevimli omonatim.
Uyimizda, kichkina shisha sandiqning ichida. Ularni ol. Senda qolsin. Ularga juda yaxshi
qara, xo’pmi?
-Dadam qayerda?-so’radim men.
-U haligacha kelmadi. Biz akang bilan birgamiz. Uning hisobi cho’zilib ketdi, kutyapmiz.
Inshaalloh, hisobi tugar va kelar…
Shu lahza uyg’onsam, ko’rpa ichida terlab ketibman. Negadir o’zimga kelolmas,
qo’rqqanimdan baqirardim. Tushning ta’siri bo’lsa kerak. Imomning ayoli so’zlarkan
o’zimga keldim.
-Nima bo’ldi Aysel?
-Yo’q, hech narsa, onajon, bir tush ko’rdim.
-Inshaalloh yaxshilikkadir.
Onalik mehri ila yonimga o’tirib, qo’llarimdan tutdi, yuzlarimni siladi.
-Sizni ham bezovta qildim, shundaymi?
-Yoq’, yo’q, bezovta deganing nimasi. Shundog’am tong otay deb qoldi. Xoja afandi
masjidga ketdi. Men ham namozga turgandim.
Qanchalar mehribon ayol. Gaplarini maroq bilan tinglardim. Xoja ayolini”Xonim afandi”,
xonim esa uni “Xoja afandi” deydi. Ovozlari shunchalik nazokatliki, bunday baxtli
muhitni ko’rib, bu baxtli oilaga hasad qildim. Yana yotdim, uxlashga urundim, lekin
uxlolmadim. Ko’rgan tushimni har soniyasini balki yuz martalab tahlil qildim. Akam,
onam bilan quchoqlashishim, ularning hidi dimog’imga o’rnashib, go’yo ichimga ham
singib ketgandek. Har nafasda xuddi shu bo’yni tuymoqdaman. Tong otgach, birinchi
navbatda, uyimizga borib, onam menga qoldirgan ikki omonatni olaman. Ammo u
tashlandiq uydan qo’rqaman. Imomning ayoli kelsa birga boramiz. Dadam nega yo’q edi.
Nega uning hisobi cho’ziladi? Onamning bu gapidan hech narsa tushunmadim. Tushimni
Imom afandi ta’bir qildi.
-Sizni tabriklayman, qizim, -dei u. U ko’rgan tushing Rahmoniydir. Ya’ni haqiqat tush.
Tushda ko’rganing jannat. Onang va akang jannati bo’lishgan. Demak, dadangni hisob
beradigan ishlari bor. Ha, o’ziga yarasha ta’bir. Haqiqat bo’lmasa ham, buni bilish
quvonchli. Onamning, akamning huzur-halovatga erishgani ham taskin beradi. Imom
afandi bu tush ta’sirida qoldi. Ayoli bilan yig’lay boshladi. Balki ular bir narsani bilishgani
uchun shunday qilishayotgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |