UCHINCHI BO’LIM
“Och bo’rilar” davrasida talaba
Qudratli inson bo’lish va menga azob berganlardan qasos olish uchun Istanbulga ketib,
”Och qashqirlar” dasturxoniga tushgandim.
Natija ma’lum…Men tushuntirishga chiday olmayman. Sizning ham o’qishga bardoshingiz
yetmaydi…
Onam meni chqirardilar.
Imtihon natijasi muhim edi. Men orzu qilgan, istagan makyub keldi. Istanbul
universiteti, huquq fakulteti.
Bu hayotimda bir inqilob edi. Ilk marotaba baxtiyor edim va telbalarcha shodlanar edim.
Endi buyuk inson bo’lgandim, universitetga kirdim. Endi men huquqshunosman.
Joningizni olaman, zolimlar, nomusszilar, deb hayqirgim kelardi. Endi hech kim meni
bolalar uyidan chiqqan, tashlandiq falonchi deb tahqirlay olmaydi. Orzu qilgan,
xayollarimni o’g’irlagan shaharga, Istanbulga ketayotgandim. Hech ko’rmagandim.
Ammo hamma inqilobchi o’rtoqlar o’sha yerdan kelar, o’sha yerdan bahslashar va o’sha
yerdagi ishlarni tushuntirishardi. Endi ortimdan tor muhitning “och bo’rilar’I quvlamas,
bezovta qilmas, zamonaviy bir muhitga kirayotgandim. Ilk marotaba hayolda emas,
chinakamiga baxtiyor edim. Tahqirlanganlarimni, xo’rlanganlarimni va kimsasizligimni ilk
marotaba unutgandim. Insonlarga haq, adolat va tenglik ulashuvchi bir huquqshunos
bo’lish… Oh!Qanday ajoyib…Hayollar ham ajoyib, huzurbaxsh. Keyin esa millatlararo
inqilobchi, mashhur huquqshunos bo’lish… Mahkama zallarida gurillagan va salobatli
ovozim yangrasa…Ishonarlimi? Ahamiyati yo’q. Huquqshunos bo’lmasdan avval buning
beboshligini chiqaraman yo…Endi meni Istanbul va huquq fakulteti sehrlagan edi. Ilm
marotaba butun azoblarim unutilganini his qildim.
Shuncha orzular qilarkanman, bir kecha tushimda hech tanimagan, rasmini ham
ko’rmaganim onamni ko’rdim. Bir daqiqaga bo’lsa ham yomon kunlarni unutgandim.
Bunisi qayerdan chiqdi? Onam:
-Seni sog’indim, bolam. Nega meni yo’qlamaysan?-dedi.
Hayron qoldim. O’lgan odam tuproqqa aylanadi. Biz ham o’lamiz. Tushimga kirgan va
meni chaqirgan kim? Albatta, ruh falonchi emas. Unaqa demayman. Har holda yurakdagi
iztirobli tuyg’ular yangidan alangalangan edi. O’zimga keldim. Ha, katishim kerak. Borib
onam bilan dardlashay. Shodligimni bo’lishay, qishlog’imni ko’rayin. Ehtimol, qalbimda
ba’zi g’arib ishonchlarim bordir. Qishlog’imizni oxirgi marta akamning janozasida
ko’rgandim, o’n yil avval. Kichkina bola edim. Endi ancha ulg’aygan qziman. Vaqt
qanday tez o’tadiya… Ketaman, ammo qanday? Cho’ntagimda ikkita nonga yetadigan
pul bor. Oh, bu yo’qsillik qursin. Nima bo’ladi, bir kun kerak bo’lganida pul topilsa, nima
bo’ladi? Bir kun do’stligingni ko’rsat… Istagimni, hayollarimni ichimga ko’mar ekanman,
yonimda Amina paydo bo’ldi. Qo’lida convert bor edi. Bu ning har doimgi odati.
Ochiqchasiga pul bermasdi-yu, olmayman deb e’tiroz bildirsam, uzrli sababi tayyor edi:
-Onamga qo’shnimiz keltirib beribdi, senga deb.
Bilardim. Qo’shni emas. Har oyda dadasi meni quvvatlantiradi, pul jo’natadi. Olmaydi
deb, Amina yolg’on ishlatadi. Yahshi bir oila. Inqilobchi bo’lishmasa ham, bizdan yaxshi
odamlar. Chorasiz pulni oldim. O’qish boshlanmasdan oldin onamni bir ziyorat
qilmoqchiman. Darhol qaror qildim. Ertaga yo’lga chiqaman. Tonggacha onamni,
dadamni va akamni o’yladim. “Siz o’ldingiz qutuldingiz. Men ham yonlaringizda yotgan
bo’lsaydim, bu azoblarni ko’rmas edim. Nima qilay, o’lishni xohladim, ammo o’lolmadim.
Kelib tuprog’ingizni hidlayapman. Yashagan joyingizdagi xotiralaringiz Bilan
suhbatlashaman”.
Oh, bu o’lim. Yo sen bo’lmasayding, yo biz bo’lmasaydik…
Do'stlaringiz bilan baham: |