Uch tavsiya
Senga uch tavsiyam bor. Shularga amal qilib, foydalansan degan umiddaman.
Birinchisi:uyimning eshiklarini bugundan e’tiboran senga bir qizimdek ochishni
xohlayman. Har qandau muammolaring bilan o’rtoqlashib, senga yordam berishga
harakat qilaman. Seni tez-tez uyimda Amina bilan birga ko’rishni xohlayman. Buni
turmush o’rtog’im ham juda xohlaydi. Muammolaringni biz bilan o’rtoqlash. Imkoni
boricha senga yordamlashamiz.
Qanchalar yaxshi insonlar, deya o’ylardim. Faqat menga unchalik ma’qul bo’lmagan
tomoni o’ta dindorliklari. Men bunaqa joylarda juda siqilaman. Men yotoqxonada
rohatlanib, sigaret chekardim. Baqirib-chaqirib istagan so’zlarimni ishlatardim. Bunaqa
xonimcha bo’lib o’tirolmasdim. O’tirishga ko’p harakat qildim, bo’lmadi. Aminaning
dadasi so’zini davom ettirdi.
Ikkinchi:Dunyoga mashhur kishilarning ko’pchiligi yo’qsillik, imkonsizlik va qiyinchilik
ichida voyaga yetishgan. Ular qiyinchiliklar bilan kurasha-kurasha omad sirlarini o’rganib
baxtli bo’lgan insonlardir. O’zingga-o’zing so’z ber, bir hunar tanla. Rejali ishla, vaqtingni
qadrla. Ishonamanki, baxtli bo’lasan va o’z o’rningni topasan. Rejali ishlashing uchun
yordam berishim mumkin. Faqat do’stlar guruhida inson omadini topadi. Agar omadsiz
guruh bilan bo’lsak, buni qo’ldan chiqaramiz.
Uchinchi maslahatim shuki: Hayotda bir umidi bo’lgan, zafar istagan, huzur va
baxtiyorlik qidirgan inson, o’zini o’rganadi, o’z qadrini va borliqni kashf etadi. Bulardiz
zafarlarga erishi o’tkinchi va lazzatsizdir.
Har kuni o’zimizga shu savolni berishimiz lozim. ”Men kimman? Nimaga yashayapman?
Qayerdan keldim?Qayoqqa ketyapman? Bu dunyoni va butun borliqni bizga xizmatkor
qilib yaratgan qudrat sohibi bizdan nimani istaydi? Dunyoni kashf qilishga intilgan, sirsinoatlarini
o’rganmoqchi bo’lgan inson o’zligini qanchalik bilarkin?Atrofning, hayotning
va insonlarning fe’li, nuqsonlari bilan qiziqqan kishi, o’z fe’li, nuqsonlarini qay darajada
bilarkin?
Bu mavzuga shunday qarash ham mumkin:
Tongda uyqudan turib o’zimiz bilmagan sirli bir olamda, koinot bilmagan bir burchakda,
hech ma’lum bo’lmagan jonzotlar ichida ekanimizni ko’rsak, hech narsa bo’lmagandek,
hayotimizni davom ettira olamizmi? Ha, ko’z ochganimizda o’zimizni begona bir olamda
ko’rdik. Tasodiflar bilan to’la ro’yolar olami bu. Quyoshning bunchalar go’zal chiqib,
chiroyli botadigan boshqa bir koinot yo’q biz bilgan olamda. Har soniyada o’n minglab
tonna suvni havoga parlanib, yana yerga qaytishi, samoda bir-birlarida go’zal
jonzotlarning qanot qoqishi, zamini rango-rang gilamlar bilan bezalgan, osmoni nurli
yulduzlar bilan bezangan boshqa bir joy yo’q. Sharsharalar shu yerda, tog’lar shu yerda.
Dengizlar, tekisliklar, cho’llar, muzliklar shu yerda. Atrofimiz milyon xil jonzotlar bilan
to’la. Shunaqa dunyoga keldik. Yohud keltirildik. Yillardan bir yil, kunlardan bir kun
to’satdan bu yerda ko’z ochdik. Keyin yana, biz umid qilmagan va istamagan bir paytda
bu ro’yolar o’lkasini ham tashlab ketamiz. Mana, dunyo va koinotni sirlari bilan aloqador
ishlar. ”Bular nima? Qanday bo’lgan? Nega yashyapti?” kabi o’nlarcha savollarni kuniga
necha marta o’zingizga berib:”Men kimman? Nimaga yashayapman? Qayerdan keldim?
Qayoqqa ketyapman? Mening borligimni sababchisi kim?” deya so’rayapsizmi? Inson,
avvalo, o’zini tanishi, o’zini so’roq qilishi va o’zi bilan aloqador muammolarga javob
qidirishi kerak emasmi? Bu insoniylikni ilk sharti emasmi? Inson shoshma-shosharlik,
bezovtalikdan qutulishi, nima va kimligini tushunishi uchun shu va shunga o’xshash
savollarga javob topishi kerak. Kimligini bilmagan va o’zini tanimagan kishi hayotda
qanday huzur topadi?Qanday baxtli bo’ladi?. . .
Afsus men uning gaplarini tinglab, tushunadigan ahvolda emasdim. Ruhim-dunyoyim
ostin-ustun edi. Bu jiddiy mavzular havoda qolib, yuragimga, ongimga yetib kelmasdi.
Hasta kishiga eng lazzatli taomlar keltirsangiz, uni ishtaha bilan yeya oladimi? Bu jiddiy
mavzular men uchun huddi shunday edi. Men o’qituvchining maqsadini bilardim. Yahshi
banda bo’l, Alloh buyurganini qil. Yo’qsa, baxtli bo’lolmaysan, demoqchi. Ammo bu
mavzuga e’tirozim bor. Zero, mening ishim ham unga mos. Ma’qul bo’lmagan gapni
hech qachon tinglamasdim. Natija nima bo’lsa bo’lsin, bahslashardim. Shu sababli
bunday guruh bilan ko’p tortishardim. Ularning gaplari ma’qul bo’lmadimi, shartta e’tiroz
bildirardim. Hozir bu o’qituvchining gaplariga ham e’tirozim bor edi. Juda ko’p. Ammo
meni shunday nazokat bilan mehmon qilishdiki, bir kuddat ilk marotaba “ayb bolar” deb
o’yladim. Demakki, o’sha payt endi-endi “ayb” tushunchasi ham borligini bilayotgandim.
Do'stlaringiz bilan baham: |