"AssalomNavro'z"nomli bayram tadbiri.
Maktab hovlisi bayramona sharlar, gullar bilan va navro'z bayramiga oid shiorlar bilan bezalgan.Tadbirga mahalla vakillari, faxriy ustozlar, ota- onalar hamda o'qituvchi, tarbiyachi va o'quvchilar ishtirok etadilar.
1-boshlovchi: Assalomdan boshlaymiz kirish so'zimiz. O'zbekiston deya atalur bizning yurtimiz,
Ko'hna Farg'onaning farzandi o'zimiz. Kelajagi porloq yurtim senga assalom.
2-boshlovchi
Assalom azizlar qalbi quyoshlar
Mehringiz nuridan bahramand yoshlar,
Biz sizga keltirdik bir oliy iymon,
Bir oliy iymonkim otashin salom.
Assalomu alaykum deymiz maktabning go'zallikda tengi yo'q, sho'x va shodon qizlariyu mard va jasur yigitlariga va yana alohida boshimizni egib ta'zim aylaymiz aziz va mo'tabar ustozlarga, maktabimizga tashrif buyurgan mehmonlarimizga.
Eni O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangraydi.
1-boshlovchi:
Biz O'zbekiston yurtini balki maktabimizning barcha yoshlari va ustozlarini kirib kelayotgan navro'zi ayyom bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Bayramingiz muborak bo'lsin deymiz.
Bahmal yopib yillarga,
Adir dala qirlarga
Gullar olib qo'llarga
Navro'z keldi azizlar.
2-boshlovchi:
Quyosh separ nurlarin
Yerga zarrin nurlarin,
Erkalatib hurlarin,
Navro'z keldi azizlar.
Bugungi "Assalom Navro'z " deb nomlangan bayram tadbirimizni ochib berish uchun so'zni maktabimiz rahbari Mingboyev Umid Ilashovichga beramiz.
1-boshlovchi:
Navro'z bu yil ham dillarga olam-olam quvonch olib kelayotir. Uni hamma bolalar u qizlar momolar u bobolar ham sog'inishgan. Chindan ham ostonamizni hatlay-hatlay deb turgan navro'zni sog'indik. Uni har yilgidek o'zimiz orzu qiladigan va esda qolarli tarzda nishonlaymiz. Chunki navro'z biz sevib va kutib nishonlaydigan bayramlardandir.
2-boshlovchi:Navro'z yasharish bayrami tabiatni uyg'nishi bilan bog'liq bo'lgan kun. 21 mart kecha va kunduz tenglashgan yangi kun ya'niy navro'z bayrami sifatida sharq xalqlari tomonidan nishonlanadigan milliy bayram hisoblanadi.
Navro'zoy, Bahoroy va Dehqon bobolarni chiqishiga va shu bilan birga bayrma o’qituvchi, tarbiyachi va o’quvchilar tomonidan tayyorlangan chiqishlarga e’tiboringizni qaratamiz.
Tarbiyachi o’qituvchilar ijrosida “Navroz” qo’shig’i
Talabalar ijrosida “Bahor valsi”
Navro’zoy bilan Bahor oyni chaqiramiz
O’quvchilar ijrosida “Bahor” raqsi
Talabalar ijrosida chiroyligim raqsi
O’quvchilar ijrosida sumalak raqsi
“Dehqon bobo” sahna ko’rinishi
“Dilxiroj ” raqsi
“Yomg’ir” raqsi
“Chamnda gul” talabalar ijrosida
“Qizlarjon” raqsi o’quvchilar ijrosida
“Guldasta” raqsi yuqori sinf o’quvchilari ijrosida
“Do’ppi tikdim” raqsi yuqori sinf o’quvchilari ijrosida
FINAL “Kundan kun yaxshi” qo’shig’i
1-boshlovchi:Marhamat hozir o’quvchilarimiz ota –onalariga_____________________ so'z navbatini bersak, so'ng hammani ommaviy raqsga taklif qilamiz.
_________________________________________________________________________________________________________________________________________
Yana bahor keldi yana olamda,
Ajib bir go'zallika jibbir hayot.
Men seni qutlay man shu ulug' damda,
Ulug' yelkadoshim barqaror hayot.
2-boshlovchi:
Tashbeh axtarmangiz ushbu g'azaldan,
Naqd joyda nasiya ne kerak asli.
Sening bir hislating border azaldan
Seni atamishlar uyag'onish fasli.
Shu bilan bugungi bayram dasturimiz o’z nihoyasiga yetdi. Barchani ommaviy raqsga taklif etamiz.
Ma'naviy - ma'rifiy
Ishlarbo'yichadirektoro'rinbosari: J.Majidov
Do'stlaringiz bilan baham: |