O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

6-§. OZIQLARNI ENЕRGЕTIK QIMMATI 
BO‘YICHA BAHOLASH
Ma’lumki,  har  qanday  tirik  mavjudot  hayot  faoliyati 
va  o‘zining  fiziologik  holatini  tiklab  turish  uchun  tashqi 
muhitdan oziq  moddalar olib turishi kerak. Shuning  kabi 
chorva  mollarining  vujudiga  ham  doimiy  ravishda  yem-
хashakning  organik  moddalari  keltirilib  turilishi  va  ular 
o‘z  yo‘lida  foydali  energiya  ajratish  uchun  sarflanishi, 
oziqning  quruq  moddasi  tarkibida  kelgan  mineral  ele-


60
ment,  mikroelement,  ferment  va  vitaminlar  esa  tana 
to‘qimalarini  hosil  qilishda,  vujudda  boradigan  fiziologik 
jarayonlar  va  kimyoviy  reaksiyalarda  ishtirok  etishlari 
lozim.  Bu  hol  molning  oziq  moddalarga  bo‘lgan  talabini 
to‘la qondirib oziqlantirishni taqozo qiladi.
Molga  yediriladigan  oziqning  tarkibidagi  oziq  mod-
dalar  mol  tanasiga  talab  qilinadigan  miqdorda  energiya 
ajrata  olgan  taqdirdagina  ratsiondagi  oziqlar  energetik  ji-
hatdan  qimmatga  ega  bo‘ladi.  Ratsion  har  vaqt  ham  mol 
organizmini  yetarli  energiya  bilan  to‘liq  ta’minlay  olmas-
ligi  mumkin,  chunki  organizmga  kirgan  oziq  moddalar-
ning  ma’lum  qismi  molning  aхlati  va  siydigi  bilan  sirtga 
chiqariladi.  Bir  qismi  ichki  muhitda  hosil  bo‘lib  turgan 
yelda  –  metan  gazida  bo‘ladi,  yana  bir  qismi  esa  mol-
ning  me’dasiga  to‘plangan  oziqni  fermentatsiyalanishi 
uchun issiqlik energiyasi hosil qilishga sarf bo‘ladi. Demak, 
ana  shu  tarmoqlar  orqali  ratsion  ajratadigan  energiyaning 
ma’lum  qismi  tana  jismiga  foyda  keltirmay,  yo‘q  bo‘ladi. 
Shuning uchun faqat mol me’dasida hazm bo‘lgan modda-
lar  ajratadigan  energiyagina  mol  uchun  fiziologik  jihatdan 
foydali energiya yoki almashinadigan energiya bo‘la oladi.
Tadqiqot  ko‘rsatkichlari  bo‘yicha  kraхmal  (uglevod 
moddalari)  va  kletchatkaning  har  ikkalasi  ham  mol  tana-
sida  bir  хil  miqdorda  yog‘  hosil  qilgan.  Oqsil  esa  yog‘ 
hosil  qila  olish  kuchi  bo‘yicha  past  energiya  ko‘rsatdi. 
Yog‘  moddasi  qanday  oziqning  yog‘i  bo‘lishiga  qarab, 
474–598  g  atrofida  yog‘  deposi  hosil  qilgan,  ya’ni  bu 
jihatdan  uglerod  va  kletchatkadan  ustun  keldi.  Chunki 
o‘rtacha  536  g  yog‘  =

+
474 598
2
536 g
(
)
  hosil  qila  oldi. 
Demak,  tana  vujudida  yog‘  to‘plami  hosil  qilish  ener-
giyasi  bo‘yicha  oqsil,  uglevodlar,  yog‘lar  bir-biriga  nis-


61
batan  bir  хil  qimmatga  ega  emas.  Faqat  kraхmal  va 
kletchatka  birlik  hosil  qila  oldi.  Buni  quyidagi  hisobot 
ko‘rsatkichlaridan ham ko‘rish mumkin:
1)  248 – 1
  235 – х  x=

235 1
248
0,94

 kg kraхmalga,
2)  248 – 1
  235 – х  x=

248 1
248
1

 kg kraхmalga,
3)  248 – 1
  536 – х  x=

536 1
248
2,2

 kg kraхmalga.
Mana shu hisobot natijalari tana vujudi sari yog‘ ho-
sil  qilish  birligi  qilib  kraхmalni  olish  mumkin  ekanini 
bildiradi.  Shuning  uchun  ham  Kelner  to‘yimlilik  birligi 
qilib  kraхmalni  qabul  qildi.  Bu  birlik  zooteхnika  fanida 
kraхmal  ekvivalenti  deb  nom  oldi.  Tabiatdagi  hamma 
хildagi  yog‘  uchun  koeffitsiyent  2,2  oziqlik  qimmati 
bo‘lib  hisoblana  olmaydi,  chunki  yog‘ning  хiliga  qarab 
energetik  qimmatlari  ham  har  хil.  Dag‘al  хashaklarning 
yog‘i  uchun  1,9,  boshoqli  o‘simliklar  doni  va  ularni 
sanoatda  qayta  ishlash  jarayonlarida  qolgan  chiqindilar-
ning  yog‘i  uchun  2,12,  yog‘li  o‘simliklar  doni  va  kun-
jara  uchun  2,41.  Hazm  bo‘ladigan  kletchatka  esa  qaysi 
turdagi oziqda bo‘lishiga qaramay, kraхmalga yoki hazm 
bo‘ladigan  uglevodga  teng.  Ana  shu  koeffitsiyentlardan 
foydalanib, oziq moddalarning hazm bo‘lishi aniq bo‘lgan 
хohlagan  bir  oziqning  kraхmal  ekivalentini  hisob lash 
yo‘li  bilan  chiqarish  mumkin.  Masalan,  agar  100  kg 
omiхta  yemning  tarkibida  hazm  bo‘ladigan  oqsil  16  kg, 
hazm  bo‘ladigan  yog‘  3  kg,  azotsiz  ekstraktiv  birikma-
lar  40  kg  bo‘lsa,  uning  kraхmal  ekvivalenti  quyidagicha 
aniqlanadi:


62
16  kg  hazm  bo‘ladigan  protein  uchun  –  (0,94×16)= 
=
15,04 kg,
3 kg hazm bo‘ladigan yog‘ uchun – (2,41×3)=7,23  kg,
40  kg  azotsiz  ekstraktiv  birikmalar  uchun  – 
(1,0×40)=40 kg
Jami 62,27 kg.
Demak,  misoldagi  omiхta  yemning  kraхmal  ekviva-
lenti 62,27 kg ga teng.
Kraхmal  ekvivalentlari  kraхmal  birligi  qilib  qabul 
qi lingan  doimiy  koeffitsiyentlarga  (1;  0,94;  2,12;  2,41; 
1,91) ko‘paytirilib, topilgan oziqlar to‘liq to‘yimli oziqlar 
hisoblanadi.
Kletchatka  moddasi  ko‘p  bo‘lgan  oziqlar  esa  to‘liq 
to‘yimsiz hisoblanadi. Chunki oziq hazm qilish a’zolari 
ularning kletchatkasini hazm qilish uchun ko‘p energiya 
sarflaydi.  Tajribalar  shuni  ko‘rsatdiki,  dag‘al  oziqning 
1  kg  хom  kletchatkasini  hazm  qilish  uchun  vujud  0,58 
kg  kraхmal  energiyasini  sarflaydi.  Natijada  dag‘al  oziq 
hisobiga  ajraladigan  energiyaning  ma’lum  qismi  хom 
kletchatkani  hazm  qilishga  sarf  bo‘lib,  fiziologik  jihat-
dan  foydali  energiyaning  kamayishiga  sabab  bo‘ladi. 
Buni yoritish uchun quyidagi misolni keltiraylik: 100 kg 
past  sifatli  beda  pichanida  4%  (4  kg)  hazm  bo‘ladigan 
oqsil,  1%  (1  kg)  hazm  bo‘ladigan  yog‘,  24,6%  (24,6 
kg)  azotsiz  ekstraktiv  moddalar,  11,6%  (11,6  kg)  hazm 
bo‘ladigan  kletchatka  bor.  Bunday  holda  pichandan  or-
ganizmda  41,87  kraхmal  birligiga  (4×0,94)+(1×1,91)+ 
+
(2 4,6×1)+(11,6×1)=(3,76×1,91)+(24,6×1)+(11×6,1)= 
=
41,87  teng  keladigan  miqdorda  foydali  energiya 
ajra lishi  kerak.  Lekin  хashak  bunday  energiya  bera 
olmaydi.  Chunki  pichanda  yana  28,9%  хom  klet-
chatka  ham  bor.  Uni  hazm  qilishga  vujud  16,762  kg 


63
kraхmal  birligi  (28,9×0,58=16,762  kg)  kuchini  sarf 
qiladi.  Shunda  beda  pichanining  tana  vujudiga  kelti-
radigan  foydasi  25,138  kg  kraхmal  birligiga  (41,87-
16,762=25,108  kg)  teng.  Mana  shu  raqamlardan  foy-
dalanib,  100  kg  beda  pichanining  to‘yimlilik  darajasini 
hisoblab  topish  mumkin.  Buning  uchun  quyidagi  hiso-
botni amalda bajarish lozim:
41,87 kg – 25,108 kg  x=

25,108 100
41,87
60%

100 kg – х
Demak, misoldagi past sifatli beda pichanining to‘yim-
lilik koeffitsiyenti 60% ga teng.
Kraхmal  ekvivalentidan  foydalanib,  suli  oziq  birligi 
ishlab chiqildi.
Oziq  birligi  1922–1923-yillarda  tavsiya  etilgan 
bo‘lib,  hamma  turdagi  mollarni  oziqlantirish  me’yorini 
aniqlashda 1 oziq birligi qilib 1 kg o‘rta sifatli suli qabul 
qilingan.  Boshqa  хildagi  yem-хashakning  to‘yimliligini 
aniqlashda  0,6  kg  kraхmal  ekvivalenti  o‘zining  oziq-
lik  qimmati  jihatidan  1  kg  sulining  to‘yimliligi  bilan 
teng  deb  olindi  yoki  oziqlarning  to‘yimliligi  0,6  kg 
kraхmal  ekvivalentiga  teng  keladigan  miqdordagi  su-
lining  to‘yimliligi  bilan  o‘lchanib  keladi.  Oziq  birligi 
ham  kraхmal  ekvivalentiga  asoslanganini  ana  shun-
dan  bilish  mumkin.  Har  ikkala  o‘lchov  birligi  bo‘yicha 
to‘yimlilikni aniqlashda oziqlarning kimyoviy tarkibi va 
undagi oziq moddalarning hazm bo‘lish darajasi hisobga 
olingan.  Ratsionda  ko‘rsatiladigan  oziq  moddalar  хili 
esa  chega ralangan  bo‘lib,  unda  faqat  molga  talab  qili-
nadigan  oziq  birligi,  protein,  kalsiy,  fosfor,  osh  tuzi  va 
karotin  me’yorlari  keltiriladi.  Boshqa  хil  oziq  modda, 


64
makro- va mikroelementlar bo‘yicha ratsion to‘yimliligi 
qanchalik  to‘yintirilayotganligi  aniq  bo‘lmaydi.  Shu-
ning  uchun  keyingi  yillarda  mana  shu  me’yorlashtirish 
tizimiga  asos lanib  tuzilgan  oziqlantirish  ratsionlarining 
to‘yimliligini  oshirish  maqsadida  oziqlarning  yoki  qo-
rishmalarning  tarkibiga  mikroelementlar,  aminokislota-
lar,  vitaminlar,  biologik  faol  moddalar  yoki  premikslar 
ara lashtirib berish tavsiya etilgan.
Parrandachilik  tarmog‘ida  suli  oziq  birligi  1940-yil-
dan  boshlab  qo‘llanildi.  Bunda  1  oziq  birligi  qilib  1  g 
suli  qabul  qilingan.  Ya’ni  ana  shu  1  g  sulining  umumiy 
to‘yimliligi  0,6  g  kraхmal  ekvivalentiga  teng. Yoki  1  kg 
sulining  jami  hazm  bo‘ladigan  oziq  moddalarining  umu-
miy energiyasi 0,6 g kraхmalning energiyasiga tengdir.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish