B
5
vitamini (nikotin kislota, PP vitamini). Bu vitamin
yetishmaganda cho‘chqa bolalarining ishtahasi yo‘qoladi.
O‘sishi mo‘tadillashadi. Terisi qorayadi. Ichi o‘tadi. Tili-
ning ustida qora dog‘lar paydo bo‘ladi va yallig‘lanadi,
shilliq parda bilan qoplanadi, oshqozon shirasi – ferment-
lar kam ishlab chiqariladi, juni dag‘allashadi.
Nikotin kislotaning me’yori har 1 kg ratsion quruq
moddasi hisobiga bo‘g‘oz cho‘chqalarga 13–18 mg,
yosh cho‘chqalarga 20–25 mg. B
5
vitamini achitqilar-
da, bug‘doy kepagi, kungaboqar kunjarasi va ko‘kat
o‘simliklarda ko‘p. Mollarga ana shu oziqlar berilganda
B
5
vitaminga talabi qonishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |