B
3
vitamini (pantoten kislota). Pantoten kis-
lota yetishmasligi natijasida urg‘ochi cho‘chqalarda
urug‘lanish samarasi pasayadi. Bo‘g‘oz cho‘chqalar
bola tashlaydi yoki bolalari o‘lik tug‘iladi; yangi
tug‘ilgan cho‘chqa bolalari juda nimjon bo‘lib, ko‘p
nobud bo‘ladi. Yosh cho‘chqalarning o‘sishi susayadi.
Bunday holatni bartaraf etish uchun ratsionda pan-
toten kislota bo‘lishini ta’minlash lozim. Uning nor-
masi ratsionning har 1 kg quruq moddasi hisobiga
12–15 mg atrofida. B
3
vitamini ko‘kat o‘tlarda, don va
urug‘larning tarkibida bor. Vujud uning ma’lum miq-
dorini ana shu oziqlardan oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |