52
di, tuki dag‘allashadi, juni to‘kila boshlaydi. Bo‘g‘oz
cho‘chqalar o‘z muddatidan 6–16 kun ilgari bolalaydi.
Ayrim holda cho‘chqa tuqqanidan so‘ng 2 sutka ichida
bolalarining hammasi nobud bo‘ladi. Buzoqlar o‘sishdan
qoladi, jigar va buyrak kasalliklariga chalinadi. Bunday
holatlarni o‘z vaqtida oldini olish va bartaraf etish uchun
erkak va urg‘ochi cho‘chqalarga ratsion quruq moddasi-
ning har 1 kg hisobiga 3–4 mg, yosh cho‘chqalarga 2,5–
3 mg qo‘shiladi. Riboflavin achitqilarda, qaymog‘i olin-
gan sutda, ko‘kat o‘t va o‘t unida, baliq, go‘sht unlari
va kunjarada ko‘p. Mana shu oziqlar ratsiondagi oziqlar
jumlasiga kiritilganda molning riboflavinga talabi qoni-
shi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: