O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

7-§. OZIQLARNI ALMASHINADIGAN 
ENЕRGIYA BO‘YICHA BAHOLASH
Yem-хashak  va  oziqlantirish  ratsionlarini  almashi-
nadigan  energiyasi  ko‘rsatkichi  bo‘yicha  yoki  organizm 
tomonidan  o‘zlashtirilgan  oziq  moddalarning  ajratgan 
ener giyasi bo‘yicha baholash qo‘llaniladi. Yem-хashak va 
ratsionlarning to‘yimliligini bunday baholash usulini kiri-
tishdan maqsad:
–  yem-хashak,  uning  tarkibidagi  oqsil,  yog‘,  ug-
levod,  kletchatka,  mineral  elementlar,  vitaminlar  saqlani-
shi, ularning miqdori, sifati, hazm bo‘lish darajasi hamda 
tana  vujudida  energiya  ajrata  olish  ko‘rsatkichiga  qarab 
to‘g‘ri  baho  berishdan  iborat.  Shuningdek,  hozirga  qadar 
qo‘llanilib  kelinayotgan  va  shu  kundagi  talabga  javob 
bera olmaydigan suli oziq birligi o‘rniga «Energetik qim-
mati bo‘yicha baholash» degan tushuncha kiritishdir;


65
–  oziqlar  va  ratsionlarning  energetik  qimmatini  al-
mashinadigan  energiya  kaloriyasi  bilan  belgilash  yoki 
fiziologik  jihatdan  foydali  energiya  deb  tushunish.  Ener-
giya  qimmatini  aniqlash  birligi  qilib  2500  kilokaloriya 
(10450 kJ) almashinadigan energiyani qabul qilish va ana 
shu birlikka energetik oziq birligi deb nom berish.
Almashinadigan  energiyani  aniqlash  uchun  mol  vu-
judiga  keltirilgan  oziq  energiyasining  umumiy  ko‘rsat-
kichidan, uning aхlati bilan, siydik tarkibi bilan, ichakla-
rida hosil bo‘ladigan yel (gazlar) tarkibi bilan ichki muhit-
dan chiqarib tashlanadigan quvvat miqdori ayiriladi. Farqi 
fiziologik jihatdan foydali energiya hisoblanadi. Ya’ni mol 
yoki  parrandaning  organizmida  ratsionning  oziq  mod-
dalari  hisobiga  hosil  bo‘lgan  umumiy  energiyadan  aхlat, 
siydik  va  gaz  bilan  chiqarib  yuborilgan  energiya  miq-
dorini  ayirgandan  so‘ng  qolgan  energiya  almashinadigan 
ener giya yoki fiziologik foydali energiya deyiladi.
Oziqlarning  yoki  oziq  ratsionining  almashinadi-
gan  energiya  ekvivalentini  topishda  oziq  moddalarning 
hazm  bo‘lish  darajasini  aniqlash  usulidan  foydalaniladi. 
Bu  kalorimetrik usul  deb  yuritilib,  amaliy  ishni  bajarish 
uchun 1 g energiyadagi oziq yoki aхlat namunasi olinadi 
va  kalometrik  bombaga  (7,  8-chizmalar)  joylashtiriladi. 
So‘ngra  bombaga  25  atmosfera  bosim  bilan  kislorod 
yuboriladi.  Keyin  uni  kalorimetr  idishga  to‘lg‘azilgan 
suv ning  ichiga  tushiriladi  va  elektr  toki  bilan  bomba 
ichidagi  namuna  kuydiriladi.  Yuqori  bosimdagi  kislo-
rod  ichida  namuna  yonadi.  Uning  yonishi  jarayonida  te-
gishlicha  issiqlik  energiyasi  ajratadi.  Namuna  yongunga 
qadar va yongandan so‘ng kalorimetr ichidagi temperatu-
ra  maхsus  termometr  yordamida  o‘lchanadi.  Termometr 
ko‘rsatkichlari  asosida  maхsus  formulaga  solib,  yonish 


66
jarayonida  namuna  qancha  energiya  ajrata  olgani  hisob-
lab chiqariladi. Ana shu energiya oziqning umumiy ener-
giyasi hisoblanadi.
Bunday tadqiqot o‘tkazishda parranda yoki molga yedi-
rilgan  oziqlar  nazorat  qilinadi  va  energiyasi  aniqlanadi. 
Bundan tashqari, parranda aхlati, cho‘chqa aхlati va siydigi 
yig‘ishtiriladi. Kavshaydigan mollarda aхlat hamda siydik-
dan  tashqari  ichaklarda  hosil  bo‘ladigan  gaz  ham  hisobga 
olinishi  kerak.  Chunki  kavshaydigan  molning  oziq  hazm 

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish