O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Download 3,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/153
Sana11.07.2021
Hajmi3,55 Mb.
#115493
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   153
Bog'liq
qishloq xojalik chorva mollarini oziqlantirish

8-§. CHO‘CHQA BOQISHDA
ALMASHINADIGAN ENЕRGIYA
MIQDORINI ANIQLASH
Cho‘chqalarni  oziqlantirishda  yemning  yoki  ratsion-
ning almashinadigan energiyasi ikki usul bilan topiladi.
1.  Cho‘chqaga  yedirishga  mo‘ljallangan  oziqning 
kimyoviy  tarkibiga  asoslanib,  shu  yemning  har  1  kg  da 
qancha  hazm  bo‘ladigan  oziq  moddalar  borligi  aniqla-
nishi kerak. Keyin oziq moddalar miqdori ko‘rsatkichlari 
cho‘chqa  me’dasida  ma’lum  хildagi  moddaning  hazm 
bo‘lish koeffitsiyentlariga ko‘paytiriladi. Bunda:
Protein
78
Yog‘
60
Kletchatka
44
AEM
92
Olingan raqamlar oziq moddalar qancha hazm bo‘lishi 
mumkinligini  bildiradi.  So‘ngra  hazm  bo‘ladigan  oziq 
moddalar  miqdori  ko‘rsatkichlari  almashinadigan  ener-
giya ekvivalentlariga ko‘paytiriladi. Ular quyidagilardir:
1 g protein uchun – 18,8 kJ (4,5 kkal),
1 g yog‘ uchun – 38,9 kJ (9,3 kkal),
1 g uglevodlar uchun – 17,6 kJ (4,2 kkal).
Olingan  ko‘rsatkich  hazm  bo‘ladigan  oziq  moddalar-
ning  har  biri  qancha  energiya  ajratishini  bildiradi.  Ana 
shu ko‘rsatkichlarni hamma oziq moddalar bo‘yicha jam-
lanib,  o‘rganilayotgan  yemning  har  1  kg  da  qancha  al-
mashinadigan energiya bor ekani topiladi.
Masalan,  O‘zbekistonda  ekib  yetishtirilgan  makkajo‘-
хorining har 1 kg ida o‘rtacha 93,3 g хom protein, 41,1 g 


70
хom  yog‘,  58,7  хom  kletchatka,  628,5  g  azotsiz  ekstrak-
tiv moddalar (AEM) bor.
Har  bir  oziq  modda  cho‘chqaning hazm qilish  tizimi-
da quyidagi miqdorda hazm bo‘ladi:
Protein 
– 93,3×0,78=72,8 g,
Yog‘ 
– 41,4×0,80=24,8 g,
Kletchatka 
– 58,7×0,44=25,8 g,
AEM 
– 638,5×0,92=587,4 g.
Oziq  moddalarning  har  birining  ajratadigan  almashi-
nadigan energiyasi quyidagicha:
Protein 
–  72,8×18,8=1368,6 kJ yoki
 
  72,8×4,5=3276, kkal,
Yog‘ 
–  24,8×38,9=964,7 kJ yoki
 
  24,8×9,3=230,6 kkal,
Kletchatka  –  25,8×17,6=434,1 kJ yoki
 
  25,8×4,2=108,4 kkal
AEM 
–  587,4×17,6=10338,2 kJ yoki
 
  587,4×4,2=2466,1 kkal
Misoldagi  makkajo‘хorining  1  kg  (1368,6+964,7+ 
+
434,1+10338,2=13105,6)  13105,6  kJ  yoki  (327,6+ 
+
230,6+108,4+2466,1=3132,7) 3132,7 kkal almashina-
digan energiya ajrata oladi.
2.  Cho‘chqaga  yediriladigan  yemning  almashinadigan 
energiyasini  topishning  yana  bir  usuli  umumiy  energiya-
ning  almashinadigan  energiyaga  nisbati  bo‘yicha  aniqlash-
dan  iborat  bo‘lib,  buning  uchun  dastlab  oziq  tarkibidagi 
hazm  bo‘ladigan  oziq  moddalarning  yig‘indisi  topiladi.  Bu 
ko‘rsatkichni  har  1  g  oziq  moddasi  energiyasining  kav-
shaydigan  mol  va  cho‘chqa  vujudida  hosil  qiladigan  ener-
giyasini  bildiruvchi  energiya  birligi  sifatida  qabul  qi lingan 
ko‘rsatkich 18,43  kJ yoki 4,41 kkal ga ko‘paytiriladi. Olin-


71
gan raqam hazm bo‘ladigan energiyaning umumiy miqdorini 
ko‘rsatadi. Keyin bu raqamni koeffitsiyent 0,96 (cho‘chqalar 
uchun  umumiy  energiyaning  almashinadigan  energiyaga 
bo‘lgan nisbati)ga ko‘paytiriladi. Olingan ko‘rsatkich o‘rgani- 
layotgan oziqning almashinadigan energiyasini bildiradi.
Cho‘chqalar  uchun  almashinadigan  energiyani  aniq-
lashning  birinchi  usulini  yoritish  uchun  keltirilgan  mi-
solda  makkajo‘хorining  hazm  bo‘ladigan  oziq  moddalari 
yig‘indisi (72,8+24,8+25,8+587,4=710,8) 710,8 g. De-
mak,  shu  raqamni  18,43  kJ  (4,41  kkal)ga  ko‘paytirib, 
jami  hazm  bo‘ladigan  energiya  topiladi.  Bizning  misol-
da  bu  ko‘rsatkich  (710,8×18,43=13100)-13100  kJ  yoki 
(710,8×4,41=3134,6)-3134,6  kkal  umumiy  energiyaga 
teng.  Almashinadigan  energiyani  topish  uchun  esa  umu-
miy energiya ko‘rsatkichi umumiy energiyaning almashi-
nadigan  energiyaga  nisbati  sifatida  berilgan  koeffitsiyent 
0,96 ga (cho‘chqalar uchun) ko‘paytirish kerak. Bunda:
(131000×0,96=12576 kJ) yoki
(3134,6×0,96=2840 kkal)
Cho‘chqaga  yediriladigan  makkajo‘хorini  har  1  kg 
ning to‘yimliligi 12576 kJ yoki 2840 kkal almashinadigan 
energiyaga teng ekanini ko‘ramiz.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish