7-chizma.
Kalorimetrik bomba:
1 – namuna tigeli, 2 – kislo-
rod trubkasi, 3 – gaz chiqa-
radigan qism, 4 – kontakt
vintellari.
8-chizma. Kalorimetr va bomba:
1 – aralashtirgich, 2 – suv
qatlami, 3 – bomba, 4 – bomba
markaziy kontakti, 5 – kalo-
rimetr, 6 – aralashtirgich,
7 – termometr.
2
3
4
4
5
6
7
1
2
3
4
5
3
67
qilish tizimida hazm bo‘lgan har 100 g uglevod moddasi
hisobiga o‘rta hisob bilan 4,5 g metan (gaz) hosil bo‘ladi.
Aniq bo‘lishicha, kavshaydigan molning ichki muhitida vu-
judga kelgan almashinadigan energiyaning 5–7% i metan
gazi, ya’ni ichki yel bilan chiqarib yuboriladi. Parranda va
cho‘chqada bunday gaz juda oz miqdorda ajraladi. Shuning
uchun uni hisobga olmaslik ham mumkin.
Ratsion yoki oziq bilan organizmga keltiriladigan
ener giya samarasi jihatdan 3 turga bo‘linadi:
1) me’daga ratsiondagi oziqlar bilan kiritilgan yem-
хashakning oziq moddalari to‘liq hazm bo‘lganida ajrata
olishi mumkin bo‘lgan energiya miqdori umumiy energi-
ya deyiladi;
2) tana vujudi tomonidan o‘zlashtirilgan, ya’ni ba-
danga singgan oziq moddalar ajratgan energiya hazm
bo‘ladigan energiya deb yuritiladi;
3) tana jismida hazm bo‘lgan energiyaning tana ha-
roratini hosil qilishga va mahsulot ishlab chiqarishga sarf
bo‘ladigan qismi almashinadigan energiya yoki fiziologik
jihatdan foydali energiya hisoblanadi (9-chizma).
Umumiy energiyaning tarkibida organizmda hazm
bo‘lmasdan, aхlat bilan chiqarib tashlanadigan oziq mod-
dalarning energiyasi ham bo‘ladi. Shuning uchun tashqi
muhitdan me’daga keltirilgan oziqlarning umumiy hajmi-
ga taalluqli energiya umumiy energiyani tashkil etadi.
Umumiy energiya miqdori oziqning hazm bo‘lish da-
rajasiga bog‘liq emas. Umumiy energiya kalorimetrik
usul bilan ham va hisoblash yo‘li bilan ham aniqlanishi
mumkin. Uni aniqlash uchun avval har qanday oziq yoki
ratsionning tarkibidagi jami oziq moddalar miqdori aniq-
lanadi. Bunda oziq yoki ratsiondagi oziq moddalar miq-
dori ko‘rsatkichlari jamlanishi kerak. Oziq moddalarning
68
yig‘indisini topish uchun quyidagi formulani tavsiya etish
mumkin:
S
M
=
N+R+lig+C,
bunda: S
M
– oziq yoki ratsiondagi jami oziq moddalar
miqdori,
N – protein,
9-chizma.
Mahsulot hosil
qilishga sarf
bo‘ladigan
quvvat
Oziqning umumiy quvvati
Nafas tarkibi bilan
chiqarilgan quvvat
(energiya)
Hazm bo‘ladigan oziq
moddalar quvvati (Q)
Siydik bilan
ajralgan quvvat
(Q)
Ichaklarda hosil
bo‘lgan yel bilan
chiqariladigan
quvvat
Almashinadigan,
ya’ni fiziologik jihat-
dan foydali quvvat
Issiqlik hosil
qiladigan quvvat
(tana haroratini
hosil qiladigan
energiya)
69
R – yog‘,
lig – kletchatka,
C – azotsiz ekstraktiv moddalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |