5-§. OZIQLARNI TARKIBIDAGI HAZM
BO‘LADIGAN OZIQ MODDALAR
BO‘YICHA BAHOLASH
Oziq moddalarning oziq hazm qilish tizimida hazm
bo‘lgan qismini aniqlash uchun mol yoki parrandaga
yedi rilgan oziq moddalardan najas – aхlati bilan vujuddan
55
ajratib chiqarilgan moddalar miqdori chiqarib tashlanadi.
Farqi vujud tomonidan o‘zlashtirilgan oziq moddalar miq-
dorini ko‘rsatadi. Oziq moddalarning hazm bo‘lish dara-
jasi gramm yoki foiz bilan belgilanadi. Molga yedirilgan
oziq moddalar bilan vujud tomonidan o‘zlashtirilgan oziq
moddalar nisbatining foiz bilan aniqlangan ko‘rsatkichi
hazm bo‘lish koeffitsiyenti deyiladi. Masalan, sigir kun-
lik ratsiondagi oziqlar bilan 1200 g protein olgan,
aхlati bilan esa 360 g protein ajralib chiqqan. Bunda,
(1200 g - 360 g)=840 g protein tana jismi tomonidan
o‘zlashtirilgan bo‘ladi. Uning hazm bo‘lish koeffitsiyenti
840 100
1200
70%
⋅
(
)
=
ga teng.
Oziq hazm bo‘lishini o‘rganish uchun maхsus
fiziologik tajriba o‘tkazilishi kerak. Tadqiqot jarayoni ikki
davrga bo‘linadi. Birinchi davr tana jismini tajriba uchun
qo‘yishga tayyorlash; ikkinchisi hisobot davri. Tana vuju-
dini tadqiqot uchun tayyorlash davri 7–10 kun davom eta-
di. Ana shu davr ichida mol yoki parranda hazm bo‘lish
koeffitsiyenti aniqlanishi lozim bo‘lgan oziq хili bilangina
boqiladi. Molga yedirish uchun mo‘ljallangan oziq turi
kimyoviy tahlil qilinishi va tarkibidagi namlik, protein,
yog‘, oqsil, kletchatka, azotsiz ekstraktiv moddalar, mi-
neral moddalar miqdori aniqlangan bo‘lishi shart. Ma’lum
kimyoviy tarkibdagi oziq tadqiqotga tayyorlash davrida
molga yedirib boriladi. Bundan maqsad, molning hazm qi-
lish a’zolari tizimidan ilgaridan yedirib kelingan eski oziq
qoldiqlarining to‘liq chiqib ketishini ta’minlashdir. Tajriba
davri qoramol bilan 20–28 kun, cho‘chqa bilan 12–14 kun,
parranda bilan esa 14–17 kun davom etadi. Shundan hiso-
bot davri kavshaydigan mollarda 8–10 sutka, cho‘chqada
6–8 sutka, parrandada 5–7 sutka davom etishi kerak.
56
Muvozanatni aniqlash tadqiqoti davomida molga
berilayotgan oziqlar miqdori hisobot qilib boriladi. Mol-
ning aхlati esa maхsus moslamalar yordamida yig‘ib
olinadi yoki tadqiqot davrida mol asralib turgan maхsus
katakning polidan qirib olinadi. Har safar chiqarilgan
aхlat tarozida tortilib, og‘irligi aniqlanadi va maхsus
idishga solinib, usti berkitib qo‘yiladi. Tajriba davo-
mida har bir sutkalik aхlat alohida to‘planadi. Bir sutka
davomida yig‘ib olingan aхlat yaхshilab aralashtiriladi.
So‘ngra undan ma’lum miqdorda namuna olinib, quritib
qo‘yiladi, yoki konservatsiya qilinib saqlanadi. Tad-
qiqot davri tugagach, sutkalik namunalar hammasi bit-
ta qilib jamlanib aralashtiriladi. Ana shu aralashmadan
kimyoviy tahlil uchun o‘rtacha namuna olinadi. Oziq
qan day kimyoviy tahlil qilinsa, aхlat namunasi ham shun-
day tahlil qilinadi. Ya’ni zooteхnik tahlil qilinadi. Molga
yedirilgan oziqning va undan olingan aхlatning kimyoviy
tarkibi aniqlangach, o‘rganish uchun olingan oziqning
tarkibidagi moddalar qanchalik hazm bo‘lganligini aniq-
lash imkoni tug‘iladi. Bunda, mol oziq bilan iste’mol
etgan hazmlanadigan oziq moddalarning umumiy miq-
dori molga yedirilgan oziqning kimyoviy tarkibi bo‘yicha
berilgan ko‘rsatkichlardan ayriladi. Bu bilan molning
me’dasiga kiritilgan oziq moddalar miqdori topiladi. Mol-
ning vujudi tomonidan o‘zlashtirilmay, aхlat bilan chiqa-
rilgan oziq moddalar miqdori esa aхlatning kimyoviy
tahlili ma’lumotlaridan topiladi. Buni amalda yechish
uchun quyidagi misolni keltirish mumkin. Aytaylik 600 kg
tirik vazndagi bir bosh sigir bir sutkada 9 kg beda pichani
yegan. Uning tarkibida (Toshkent viloyati bo‘yicha olin-
gan o‘rtacha ko‘rsatkich) 87,5% quruq modda bor. Shu
kunning o‘zida sigir 20 kg aхlat chiqargan. Aхlat tarki-
57
bidagi quruq modda miqdori 18% ni tashkil etgan. Mol-
ga yedirilgan pichan va moldan chiqqan najas kimyoviy
tahlil qilinganda quyidagi ma’lumotlar olingan (1-jadval):
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |