B
1
vitamini (tiamin, anevrip). Bu vitamin yetish-
maganda bo‘g‘oz cho‘chqalar muddatidan 9–10 kun ilgari
tug‘adi. Ma’lumki, muddati yetmay tug‘ilgan cho‘chqa
bolalari nimjon bo‘lib, ko‘p nobud bo‘ladi. Holatning
oldini olish maqsadida ratsion quruq moddasining har
1 kg hisobiga bo‘g‘oz cho‘chqalarga 1,8–2 mg, yosh
cho‘chqalarga 1,8–2 mg miqdorida tiamin kiritiladi. Tia-
min achitqilarda, ko‘kat o‘t va o‘t unida, g‘alla ekinlari
donida, no‘хatda va bug‘doy kepagida ko‘p. Ratsionga
ana shu oziqlar kiritilganda molning B
1
vitaminiga bo‘lgan
talabi qondirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |