II BOB. O‘ZBEK DAVLATChILIGINING ShAKLLANIShI VA
TARAQQIYoT BOSQIChLARI. BUYuK IPAK YO‘LI
Tayanch so‘z va iboralar: O’zbek davlatchiligi: shakllanishi, rivojlanishi.
Qadimgi Xorazm. Baqtriya. So’g’diyona. «Avesto». To’maris. Shiroq. Spitamen.
Ellinizm. Yunon-Baqtriya. Qang’a. Davan. Kushonlar. Xioniylar. Buyuk ipak
yo’li.
Mustaqillik tufayli davlatchilik tariximiz tub burilish pallasiga kirdi.
Davlatchilik sohasidagi bosh yo’limiz mustahkam demokratik huquqiy davlat
barpo etishdan iborat. Bu o’rinda ajdodlarimizning davlat qurilishidagi tarixiy
tajribalariga tayanilmoqda.
Xo’sh, o’zbek davlatchiligi qachon paydo bo’lgan, qanday bosqichlarni
bosib o’tgan, davlat qurilishida qanday tajribalarimiz bor? Bu savollarga asosli
javob berish har bir talabaning burchidir.
«Davlatchilik bugungi kunda o’ta siyosiy masala bo’lib turibdi. Nega
deganda, O’zbekistonda davlatchilik bo’lmagan, deb orqavarotdan tashviqot
yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo’layotgan, kerak bo’lsa,
xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor.
…O’zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu da’voning
puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan
tarixini yaratishdir»
1
.
Mustabid sovet hokimiyati davridagi tarixiy asarlarda, darslik va
qo’llanmalarda O’rta Osiyoda, hozirgi O’zbekiston hududida davlatchilik tizimi
bo’lganligi haqida yozilgan, ammo tilga olingan davlatlarga to’g’ridan–to’g’ri
o’zbek halqi, o’zbek jamiyati bilan bog’liq holda, Vatanimizda uzluksiz kechgan
jarayon sifatida qaralmagan. Yurtimizda shakllangan, qariyb uch ming yil
davomida faoliyat yuritgan davlatlar yoki bir kichik hudud, yoki hokimiyat
tepasida turgan hukmdor nomi bilan atalgan, davlatning asosiy manbai, mohiyati,
ya’ni qaysi xalqning davlati ekanligi ochib berilmagan, to’g’rirog’i ochib
berishni xohlamaganlar. «Nima emish, O’zbekiston XX asrning 20-yillarida,
aniqrog’i, 1924 yili davlat maqomini olgan emish. Biz shu gapga ishonishimiz
kerakmi?»
2
. Ishonmaymiz, albatta. O’zbek xalqi eng qadimdan davlat barpo
etgan xalqlar qatorida turadi.
1. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari
Mehnat qurollarining takomillanishi natijasida erga ishlov berish
yaxshilanib, ekin maydonlari kengayib, odamlarning mehnati unumliroq bo’lib
bordi. Temirning kashf etilishi, undan yasalgan mehnat qurollari qishloq xo’jaligi
va hunarmandchilikning tez o’sishiga olib keldi. Odamlarning daryolarni bo’g’ib,
1
Karimov I.A. Asarlar, 7-tom, T. O’zbekiston, 1999 y., 139-bet.
2
Karimov I.A. Asarlar, 7-tom, T. O’zbekiston, 1999 y., 138-bet.
37
to’g’onlar qurib, kanallar qazib erlarga suv chiqarish imkoniyati kengaydi.
O’rgatilgan ishchi hayvonlari qo’shilgan temir tishli omochlar bilan erni
haydashning o’zlashtirilishi hosildorlikning oshishini, ko’proq mahsulotlar
etishtirishni ta’minladi. Bu odamlar turmushini ancha yaxshiladi, umrini
uzaytirdi, aholi son jihatdan ko’payib bordi.
Urug’chilik munosabatlari ham o’zgarib boradi. Ikki urug’ a’zolaridan
tashkil topgan er-xotin - juft oilalar vujudga keladi. Katta patriarxal oilalar urug’
jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga urug’ jamoalariga qarashli erlardan chek
erlari ajratib beriladi. Shu tariqa urug’ jamoasining umumiy xo’jaligi oilalar
jamoasiga bo’linadi. Bunday oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari deb ham
ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |