va boshqa vohalari tsivilizatsiya taraqqiyotining markazlariga aylandi. Cho’l va
o’ta bordilar va ko’chmanchilarga aylandilar. O’troq dehqon jamoalari bilan
chorvadorlar o’rtasida aloqalar, mahsulot ayirboshlash jarayoni o’sib bordi.
Ishlab chiqarish xo’jaligining vujudga kelishi, mehnat unumdorligining ortishi
urug’doshlar o’rtasida ijtimoiy tengsizlikning, mulkiy tabaqalarning vujudga
kelishi, urug’chilik jamoasining emirilishi uchun zamin tayyorladi.
1-2-jadvallardagi ma’lumotlarga e’tibor bering.
1-jadval
Ibtidoiy jamiyatning davrlari, yurtimizdan
topib o’rganilgan manzilgohlar
Paleolit davri 3-2,5 mln. - 12 ming yillar avval
O’rta bosqichi
100-40 ming
yillar avval
Teshiktosh,
Omonqo’ton,
Jso’tirbuloq,
Obirahmat,
Xo’jaxayr,
Uchtut,
50 tacha makon
topilgan
Mezolit davri
mil.av. 12-7 ming
yilliklar
Qo’shlish,Obishir,
Mochay, 100 gacha
makon topilgan
Neolit davri mil.av. 6-4 ming
yilliklar, Jay-tun,
Kaltaminor,
Sazag’on, Uchtut (neolit
shaxtalari)
Eneolit davri mil.av.
4 minginchi yillar
Zamonbobo, Sarazm
Bronza davri
mil.av. 3-2 ming yilliklar
Sopollitepa, Jarqo’toon,
Tozabog’yob, Chust
34
Ilk bosqichi 3-
2,5 mln. -100
ming yillar
avval Selung’ur
g’ori yoshi
mil.av. 1,5
mln. yil
Ko’lbuloq yoshi
200 ming yil
So’nggi
bosqichi
mil.av.
40-12 ming
yillar
Samarqand,
Xo’ja Go’r,
Shug’nov
30 tacha makon
topilgan
2-jadval
Davrlar
Odamlarning kashfiyotlari
Paleolit
Ilk bosqichi
O’rta bosqichi
So’nggi bosqichi
Mezolit Neolit
Eneolit Bronza
Toshdan uchi o’tkir qirrali, tuxumsimon qurollar, daraxt
shoxlaridan tayoq va so’yil kabi qurollar yasaldi. Termachilik,
ovchilik.
Olovdan foydalanishning o’zlashtirilishi. Chaqmoq toshdan
qo’l chopqichi, pichoq, teshuvchi bigizlar yasaldi.
Urug’ jamoasi (matriarxat) shakllandi, chayla va erto’lalar
qurildi. Arralovchi, shiluvchi, teshuvchi tosh qurollari, igna,
nayza uchlari, qarmoq yasaldi. Baliq ovlash o’zlashtirildi.
Haykaltaroshlik, tasviriy san’at, suyak taqinchoqlar yasash
vujudga keldi.
O’q-yoy (kamon), irg’ituvchi nayza qurollari yasaldi. Yakka
ovchilik, daydi hayot yuzaga keldi. Mollarni qo’lga o’rgatila
boshlandi,
boshoqli
o’simliklarni
o’stirish
o’rganildi.
Qoyatosh suratlari paydo bo’ldi.
Tosh bolta, pona, iskana, motiga (ketmon-techa), tosh
moslamali suyak o’roq, don yanchgich, sopol idishlar yasaldi.
Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik vujudga keldi.
Suvda suzish moslamalari yasaldi. Uy-joy qurilishi va
o’troqlashuv boshlandi. Ip yigiruvchi urchuq, to’quv
dastgohlari vujudga keldi. Jun va o’simlik tolasidan kiyimlar
tikildi. Ishlab chiqarish xo’jaligi shakllandi.
Mis kashf etildi, misdan bolta, o’roq, nayza uchlari, xanjar
qurollari, taqinchoq va bezak buyumlari yasaldi. Patriarxatga
o’tildi.
Bronza ixtiro qilindi. Metaldan bolta, o’roq, ketmon, tesha,
nayza, pichoq, qilich, xanjar, zargarlik buyumlari yasaldi.
Omoch, g’ildirak, arava yasaldi. Ustaxonalar paydo bo’ldi.
Hayvonlardan transport sifatida foydalanish o’zlashtirildi.
Yorg’uchoq, o’g’ur, charx-urchuq yasaldi. Chorvachilik
dehqonchilikdan
ajralib
chiqdi.
O’troq
dehqonchilik,
sug’orma dehqonchilik, savdo aloqalari vujudga keldi.
Shaharlar paydo bo’ldi. Turli ijtimoiy tabaqalar, mulkiy
tengsizlik vujudga keldi. Shahar davlatlari shakllandi.
35
Sinov savollari
1. Vatanimiz hududida ibtidoiy odamlar manzilgohlarini topib o’rgangan
olimlardan kimlarni bilasiz?
2. Ibtidoiy odamlar hayotiga oid qanday asarlarni bilasiz?
3. Ibtidoiy jamiyat qanday davrlarga bo’linadi va nima uchun?
4. Paleolit davriga doir odamlar manzilgohlari qaerlarda va kimlar
tomonidan topib o’rganilgan?
5. Paleolit davrida odamlar nimalarni kashf etishgan?
6. Urug’chilik jamoasi qaysi davrda shakllandi, uning bosqichlarini
bilasizmi?
7. O’q-yoy qachon kashf etildi, uning inson hayotidagi ahamiyati nimada?
8. Mezolit davriga oid odamlar manzilgohlari qaerlarda, kimlar tomonidan
topib o’rganilgan?
9. Neolit davri manzilgohlarini sanang, ularni topib o’rgangan olimlar
kimlar?
10. Neolit davrida odamlar nimalarni kashf etishgan?
11. Ishlab chiqarish xo’jaligi nima, u qachon shakllandi?
12. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik qachon vujudga keldi?
13. Bronza davrida odamlar hayotida qanday yangiliklar sodir bo’ldi?
14. O’troq dehqonchilik, sug’orma dehqonchilikning shakllanishi haqida
nimalarni bilasiz?
15. Bronza davriga oid manzilgohlarni, ularni topib o’rgangan olimlarni
bilasizmi?
36