5-sinf adabiyotidan savollar



Download 135,5 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi135,5 Kb.
#289594
Bog'liq
5-sinf adabiyotidan savollar


5-sinf adabiyotidan savollar

1.Adabiyotning she’riyat turini nimalar hosil qiladi?

2.So’z san’atining nasr deb atalgan turini nimalar tashkil qiladi?

3.Adabiyotning dramaturgiya turiga nimalar kiradi?

4.Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarida qancha maqol keltirilgan?

5.Maqol deb nmaga aytiladi?

6.Maqol so’zi qaysi tildan olingan va ma’nosi nima?

7.Topishmoqlarni yana nima deb atashgan?

8.Mumtoz adabiyotda topishmoq nima deyiladi?

9.Topishmoqlar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

10.Topishmoqlar xalq og’zaki ijodining yana qaysi janrlarida uchraydi?

11.Topishmoqlar yaratilish davriga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

12.Chiston so’zi qaysi tildan olingan va uning ma’nosi nima?

13.Alloh taoloning sevgan bandasi diliga o’z so’zlarini solishi nima deyiladi?

14.Qur’oni karimning yana bir nomi nima?

15.hadislarning “sahih”larini “nosahih”laridan ajratish bilan shug’illanadigan fan?

16.Hadis ilmining rivojlanishiga bizning yurtimizdan yetishib chiqqan muhaddislar kimlar?

17.Payg’ambarimizning so’zlari kimlardan yig’ilgan?

18.Roviylar kimlar?

19.Roviylar necha xil?

20.Sahoba deb kimlarga aytilgan?

21.Payg’ambarimizni emas, sahobalarni ko’rib, ulardan eshitganlarini aytuvchilar kimlar?

22.Hadis necha qismdan iborat va ular qaysilar?

23.Payg’ambarimiz so’zlarini qachon, qanday sharoitda, kimlar huzurida aytilganligi hujjati nima deyiladi?

24.Matn nima?

25.Imom Buxoriyning otasining ismi nima?

26.Buxoriyning otasi nima bilan shug’illangan?

27.Buxoriyning onasi tushida qaysi payg’ambarni ko’radi?

28.Buxoriy nechchi yoshida o’z zehni va yod olish qobiliyati bilan ustozlarini shoshirib qo’ya boshladi?

29.Buxoriy nechchi yoshida minglab hadislarni yod bilar, ularning “sahih”,”nosahih”ligini birma-bir isbot qilib bera olar edi?

30.Buxoriy nechta ishonchli ulamodan hadis yozib oldi?

31.Buxoriydan bizga qancha asar qoldi?

32.Imom Buxoriy birgina “Al-jome as-sahih” kitobi ustida necha yil ishlagan?

33.600ming hadis ichidan qancha hadis saralab olingan?

34.Buxoriyga chopar yuborib saroyida ularga dars berishini buyurgan Buxoro amiri kim edi?

35.Imom Buxoriyning qabri qayerda?

36.”Uchta hislatni o’zida mujassam qilgan kishining imoni mukammal bo’lg’aydir” ular qaysilar?

37.Islomda eng yaxshi hislatlar qaysilar?

38.”Qavl” nima?

39.Payg’ambarimiz:” Kim bilan jannatda yonma-yon yashaymiz”—deb ko’rsatkich va o’rta barmoqlarini juft qilib ko’rsatdilar?

40.Rasululloh s.a.v ilmni nimaga o’xshatadi?

41.Bir kishi Alloh ilmini teran o’rganadi, teran tushinadi va undan manfaatlanadi va Alloh yuborgan hidoyatni o’zi o’rganib , o’zgalarga ham o’rgatadi ular kimlar?

42.Fosiq kim?

43.Mutakabbirlik qilib, o’zi ham o’rganmaydi, o’zgalarga ham o’rgatmaydiganlar kimlar?

44.Rasululloh s.a.v yaxshi muomalaga kim haqliroqdir deydi?

45.Rasululloh s.a.v qanday odam o’z ota-onasini haqorat qilgan bo’lur deydi?

46.Rasululloh s.a.v “Alloh taolo o’z bandalariga kimdan ham mehribonroqdir”—deydi?

47.Nabiy s.a.v nima uchun qarindosh-urug’iga zakot bergan odamga ikkita savob tekkaydir deydi?

48.Alloh taolo nozil qilgan yo’l yo’riqlarga muvofiq hukm qilmaydiganlar kimlar?

49.payg’ambarimiz biror gap aytgan, biror ish qilib ko’rsatgan yoki boshqalar qilgan biror bir ishni ko’rib turib, uni man etmagan bo’lsa, ana shu uch holat nima hisoblanadi?

50.”Al-jome as-sahih” yana qanday nom bilan mashhur?

51.Ezop nechanchi asrda yashagan?

52.Ezopning asl Vatani qayer?

53.Ezop kimning saroyida xizmat qilgan?

54.Ezop kimning saltanatida xazinabon darajasiga ko’tarilgan?

55.Ezop dushmanlari tomonidan qaysi tog’ qoyasidan otib yuborilib o’ldirilgan?

56.”Ezop masallari” kitobiga qancha masali jamlangan?

57.Masal nima?

58.Alisher Navoiyning qaysi asarlarida majoziy shakldagi ibratli hikoyalarning sara na’munalari uchraydi?

59.XXasrga kelib qaysi o’zbek ijodkorlari asarlarida masal janrining yaxshi na’munalari uchraydi?

60.Ezopning xo’jayini Somos oroliga yetib kelishgach kimga sotadi?

61.Yangi do’stlarni eskilardan afzal tutuvchilar bilan do’stlashishga shoshilmang, zero, yana yangi do’stlar orttirganda siz ham eskilardan bo’lib qolasiz. Ezop masallarining qaysi hikoyatiga tegishli?

62.Kimki o’ziga yaxshilik qilganlarga yomonlik sog’insa, u, albatta, jazoga yo’liqqay. Qaysi hikoyatdan?

63.Ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganlarining o’ziniyoq yaxshilik qilganga yo’yadilar. Qaysi hikoytaga tegishli?

64.Ayrim kishilar kichkinagina qiyinchilik oldida ham esankirab, ruhan cho’kib qoladilar, holbuki, boshqalar bundan o’n chandon og’ir mashaqqatlarni sabr ila yengadilar? Ushbu gap qaysi hikoyatning xulosa qismi?

65.”Birni ko’rib shukur qil, birni ko’rib fikr qil” Ezop masallaridan qaysi biriga tegishli?

66.Ayrimlar ishlatgan hiyla-nayrang ularning o’z boshiga yetarkan.Ushbu jumla qaysi hikoyatga xulosa bo’la oladi?

67.”Og’irning ostidan, yengilning ustidan o’tma” qaysi hikoyatga tegishli?

68.O’zingdan zo’rroqlar bilan bellashaman, deb chiranganing bilan hech ish chiqarolmaysan, kulgi bo’lganing qoladi, xolos. Ezop masallaridan qaysi biriga tegishli?

69.”Ko’rpangga qarab oyoq uzat” ezop masallaridan qaysi biriga tegishli?

70.Qaysi masalchi adiblar Ezop masallarini qayta ishlab, ijodiy boyitib, o’z davri xususiyatlariga ko’ra to’ldirib, rivojlantirdilar?

71.Hayot haqiqati bilan bog’liq bo’lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega ega og’zaki hikoyalar nima deyiladi?

72.Ertaklar mavzusiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

73.Hayvonlar haqidagi ertaklardagi asosiy mazmun qanday ma’noga ega bo’ladi?

74.Hayotiy-maishiy ertaklarga qaysilar kiradi?

75.”Uch og’a-ini botirlar” ertagida otasi farzandlarini tarbiyalashda nimalarga amal qiladi?

76.Ota o’gillarini yanada mukammal bo’lishlarini istaydi. Shu sababli ularga yana nimalarni uqtiradi?

77.”Uch og’a-ini botirlar” dagi botirlar necha yoshda edi?

78.Uch og’a-ini navbatma-navbat poyloqchilik paytida qanday qahramonlik ko’rsatadi?

79.”Saralab yemoq faqirning ishi” qaysi botirning tilidan aytilgan?

80.”Podsholik—qonxo’rlik demakdir” qaysi botir aytadi?

81.Bog’bon og’rini nima bilan urib o’ldiradi?

82.”Uch og’a-ini botirlar”da nonvoy kim edi?

83.Hikoyada to’ti qaysi mamlakatdan?

84.Podshoh to’ti uyiga borishi uchun qancha muddatga ruhsat beradi?

85.Va’da bergan podshohingda insofbo’lsa, seni uch yil qamoqda saqlab, faqat ikki haftaga javob berarmidi? Ushbu gapni kim aytadi?

86.Podshoh to’tini nima uchun o’ldiradi?

87.Hamid Olimjon qaysi yillar yashab ijod qilgan?

88.Hamid Olimjonning asarlari jami necha jildni tashkil etadi?

89.Hamid Olimjo nechchi yoshida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasini boshqaradi?

90.Hamid Olimjon necha yoshida akademik unvonini oldi?

91.Hamid Olimjonning onasining ismi nima?

92.Hamid Olimjon qaysi boshlangi’ch makatabni tamomlagan?

93.Hamid Olimjonning ilk she’rlari qaysi gazetada bosilib chiqqan?

94.Hamid Olimjonning ilk she’riy to’plamining nomi?

95.Hamid Olimjonning tarixiy mavzudagi she’riy dramasi qaysi?

96.Hamid Olimjonning zamonaviy mavzudagi she’riy dramasi qaysi?

97.”Oygul bilan Bahtiyor” dostoni nechanchi yili yozilgan?

98.”Oygul bilan Bahtiyor” da Oygul qaysi yurtdan edi?

99. Oygulning otasining ismi nima edi?

100.Jambildagi qo’zg’olonga kim boshchilik qilgan edi?

101.Oygulni zindonda kim qutqaradi?

102.Suvda oqish voqeasi yana qaysi ertakda uchraydi?

103.Sandiq daryoda necha oy oqadi?

104.Daryoda uch oy oqqan sandiq nihoyat qaysi yurtga kelib qoladi?

105.Sandiqni kim ko’rib qoladi?

106.Oygulni qaysi baliq yutib ketadi?

107.Bahtiyor qaysi yurtdan edi?

108.Bahtiyorni qaysi mashhur qahramonga qiyoslangan?

109.Bahtiyor nima ish qilar edi?

110.Oygul daryoda baliq qornida yotganda nima topgan edi?

111.Oygul Jambilga kimni xon qilib tayinlaydi?

112.”Oygul bilan Bahtiyor” ertak dostoni necha bo’g’inli she’riy yo’lda yozilgan?

113.”Xirs” va “hirs” so’zlarining ma’nosini ayting.

114.Soqchilar zolim xonni qayerda ushlaydilar?

115.Hamid Olimjonning yana qanday doston va balladalari bor?

116.Aka-uka(Yakob va Vilgelm)qaysi yillarda yashab ijod etgan?

117.Aka-uka Grimlar qaysi xalq og’zaki ijodining gullab-yashnashiga ulkan hissa qo’shdi?

118.1812-1822-yillarda Grimmlar yozgan uch jildlik kitobining nomi nima?

119.”Bolalar va oilaviy ertaklar”kitobiga qancha ertak jamlangan?

120.”Bolalar va oilaviy ertaklar” kitobiga qanday mavzudagi ertaklar jamlangan?

121.Grimmlar ertaklarining asosiy qahramonlari kimlar?

122.Grimlarning qaysi ertaklarining qahramonlari hammadan turtki yeydigan,so’kish eshitadigan va eng qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar bo’lib, ertak davomida o’zlarining halol mehnati, yoqimli so’z va odoblari bilanbahtiyor bo’ladilar?

123.Grimlarning yana qanday ertaklari o’zbek bolalarining ham sevimli asarlariga aylanib qolgan?

124.”Botir tikuvchi”ertagining bosh qahramoni kim?

125.Gans latta olib pashshalarni urganda nechta pashsha o’ldiradi?

126.”Chiqqanda jahlim yomon, yettisin etgum gumdon”deb Gans qayeriga tikib oladi?

127.Ulkan odamlar nechta edi?

128.Qirol ikki qaroqchini o’ldirish uchun Gansga qancha suvoriy qo’shib beradi?

129.Qaroqchilarni kim o’ldiradi?

130.Qo’rqinchli, junlari hurpaygan, o’tkir shoxi qilichday yirtqichning o’zi uning ro’parasidan chiqibti. “Botir tikuvchi” ertagida qaysi hayvon tasvirlangan?

131.Mirkarim Osim qaysi yillari yashab ijod qilgan?

132.Mirkarim Osim 1917-1920-yillar oralig’ida qaysi maktabdao’qigan?

133.Mirkarim Osim qaysi do’stlari bilan ta’lim va tarbiya texnikumida adabiyot va san’at sirlarini o’rgangan?

134.O’tgan asrning 50-yillarida sobiq sho’ro davlatining qatag’on siyosatidan cheksiz azob-uqubat tortgan yozuvchi kim?

135.Mirkarim Osimning qaysi qissasi 1925-yil yaratilgan bo’lsa-da, sho’ro hukumati uning o’z vaqtida e’lon qilinishiga yo’l qo’ymagan?

136.Mirkarim Osimning tarixga oid dastlabki qissasi qaysi?

137.Mirkarim Osimning “Astrobod” qissasi kimning hayotiga bag’ishlangan?

138.Mirkarim Osim 1937-1940-yillar ichida Navoiyning hayot va ijod yo’llarini keng aks ettiruvchi qanday qissa va hikoyalar yozdi?

139.Mirkarim Osimning tarixiy mavzuda yozgan qanday asarlari bor?

140.Mirkarim Osim tarjimonlik faoliyatida kimlarning asarlarini tarjima qilgan?

141.Mirkarim Osim qanday orden bilan mukofotlangan?

142.”Zulmat ichra nur” qissasi kimning hayotiga bag’ishlangan?

143.”Shul yoshdin kitobga mehr qo’ysa, ulg’aygach, kitobni ilkidan ayirmay o’zi bilan asrab yurgay” Ushbu gapdagi ilk so’zinining ma’nosi nima?

144.G’iyosiddin kichkina kitobni qanchaga sotib olgan edi?

145.”Muguz” so’zining ma’nosi nima?

146.Alisherning to’alarining ismlari nima?

147.Qissada kamgap, sipo edi deb kim ta’riflangan?

148.Qissada kim gapdon yigit bo’lib, torva tanburni yaxshi chalar o’z suhbati bilan majlisga jon kirgizar edi deb ta’riflangan?

149.Alisher ko’cha-ko’yda bolalar bilan o’ynab yurib qaysi tilni o’rganib olg’on?

150.Rindemu oshiqemu jahonso’zu joma chok,

Bo davlati g’ami tu fikri jahon chi bok?

Bayt kimning qalamiga mansub?

151.G’iyosiddin Alisherni necha yoshida maktabga beraylik deydi?

152.Alisherning ukasining ismi nima?

153.Husayn Bayqaroning otasining ismi nima edi?

154.Qissada xipcha bel, yag’rini keng, qirg’izqovoq deb ta’riflangan shaxs kim?

155.Hirotliklar Boyqarolarning Xiyobon mahallasidagi ikki qavatli uyini nima deb atashar edi?

156.Avazoyilaridan alar odam ermas, baayni murda ustiga yopirilg’an o’limtik qushlarga o’xshar erdilar. Kimlar haqida gap ketmoqda?

157.Xurosondan ko’chish fikri kimdan chiqqan?

158.”Kambag’alman desang, ko’chib boq” degan maqol kimning tilidan aytilgan?

159.Alisherni kim yelkasiga qoqib, ko’zlari o’tkir, peshonasi keng odam bo’ladur bu bola deydi?

160.”Zulmat ichra nur”da Abdulatifning buvisining ismi nima edi?

161.G’iyosiddin bilan birga uning qarindoshlari qayerga ko’chib ketishadi?

162.Sharafiddin Ali Yazdiyni qayerda uchratib qolishadi?

163.Sharafiddin Ali Yazdiy qaysi asarni yozgan?

164.G’iyosiddin kichkina o’z oilasi bilan G’arbiy Eronda necha yil turdi?

165.Alisherning ko’ziga gumbazday bo’lib ko’ringan narsa nima edi?

166.”Tep-tekis cho’lda kichkina narsa ham uzoqdan katta bo’lib ko’rinar ekan” Jumla qaysi asardan olingan?

167.Alisher Sharafiddin Ali Yazdiyni uchratganda necha yoshda edi?

168.Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek nechanchi yillari yashab ijod qilgan?

169.Oybek qanday oilada tug’ilgan?

170.Oybekning dastlabki to’plamining nomi nima?

171.Oybekning qanday dostonlari bor?

172.Oybekning romanlarini sanang.

173.Oybek qanday hikoyalar yozgan?

174.”Fonarchi ota” hikoyasida fonar kimning darvozasiga o’tqizilgan edi?

175.”Fonarchi ota” hikoyasida fonarni kim yoqar edi?

176. “Fonarchi ota” hikoyasida eng qo’rqmaydigan, eng battol bola kim edi?

177.”Fonarchi ota”hikoyasida bolalarni xafa qilgandek bo’lgan narsa nima edi?

178.”Kim endi sindirsa, shuni tutib beramiz otamga”—deb kim aytgan?

179.Oybekning ijodiy merosi necha jildni tashkil etadi?

180.Oybekning Navoiyning ziddiyatlarga to’la hayoti tasvirlangan asari qaysi?

181.”Bolaning ko’ngli podsho” qaysi asar tarkibiga kiradi?

182.”Bolaning ko’ngli podsho” da bosh qahramonninh ismi nima?

183.Musoning o’rtog’ining ismi nima edi?

184.Supuriqsiz, qarovsiz qolgan keng hovlida juda baland, beo’xshov deb ta’riflangan uy kimniki edi?

185.Mirahmad ota bilan Musoning bobosi nima to’g’risida gaplashib o’tirishardi?

186.Shashpar nima?

187.Do’kon qaysi mahallada joylashgan edi?

188.Kimning do’koni doim quruq ko’rinardi deydi?

189.Kimning do’konida pashshalardan qoraygan shoda-shoda teshikkulcha,”ot non”lardan, qurtlagan jiyda va turshaklardan tortib, to toshko’mir, quruq beda har narsa topiladi deydi?

190.Makkaisano nima?

191.Musoning bobosining ismi nima edi?

192.Oybek kimlarning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan?

193.Oybek nechanchi yili O’zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylangan?

195.Mirtemir qaysi yillari yashab ijod qilgan?

196.hozirgi Qozog’istonning Turkiston shahriga yaqin Iqon qishlog’ida tug’ilga shoir kim?

197.Mirtemirning birinchi she’rining nomi?

198.Mirtemirning birinchi she’riy to’plamining nomi?

199.Mirtemirning yana qanday to’plamlari dunyo yuzini ko’rgan?

200.Mirtemir kimlarning she’r va dostonlarini o’zbekchaga tarjima qiladi?

201.Mirtemir umri davomida qanday she’r va dostonlar to’plamini chop ettiradi?

202.Mirtemir ijodining bosh mavzusi nima?

203.Mirtemir umrining oxirida yozgan she’riy to’plamining nomi?

204.Mirtemir qanday orden bilan taqdirlanadi?

205.”Bulut” she’ri necha qismdan iborat?

206.Mirtemirning tabiat hodisalarini kuzatishi orqali teran falsafiy xulosalar, go’zal qiyoslar, betakror obrazlar yaratish mahorati XX asrning 50-60-yillarida yozgan qaysi she’rlarida yaqqol seziladi?

207.Mirtemirning qaysi she’rining biror misrasida sarlavhasini umuman uchratmaymiz?

208.”Shudring” she’rida shoir shudringni nimalarga qiyoslaydi?

209.Yo’q, bu giryon ko’zlarning yarqiroq zamzamasi,

Kechasi onam tag’in yig’labtida chamasi…

Baytda shoir nima yoki kimga ishora qilyapti?

210. ”To’r tashlasam ham zo’r tashlayman”misrasi bilan o’zini katta orzular va katta ishlarga chog’lanayotganini bildirib turuvchi she’r qaysi?

211.O’tkir Hoshimov qaysi yillari yashab ijod qilgan?

212.O’tkir Hoshimov dastlabki qissasi bilanoq qaysi ijodkorning nazariga tushgan?

213.Abdulla Qahor O’tkir Hoshimovning qaysi asarini o’qib “sof,samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o’qiladigan” asar yozgani bilan tabriklagan edi?

214.O’tkir Hoshimovning qanday hikoyalari bor?

215.O’tkir Hoshimovning qanday romanlari bor?

216.O’tkir Hoshimovning qissalarini sanang

217.O’tkir Hoshimovning qanday hikmatlar to’plami bor?

218.O’tkir Hoshimovning dramalarini sanang

219.”Dunyoning ishlari” qissasi nima haqida hikoya qiladi?

220.”Dunyoning ishlari”tarkibiga kiruvchi hikoyalarni ayting

221.”Dostondek o’qiladi. Uni o’qib o’z onalarimizni o’ylab ketamiz”qaysi asar haqida?

222.”Dostondek o’qiladi. Uni o’qib o’z onalarimizni o’ylab ketamiz” Ushbu gap qaysi ijodkor tomonidan aytilgan?

223.”Gilam paypoq”hikoyasida tabibning ismi

224.Bahor nafasiga to’lgan osmonda qabriston yo’lkasidagi kuchala chiqargan teraklar ustida parvoz qilar edi. Ushbu gapdagi kuchala so’ziga izoh bering

225.Qimiz ichdik, sovuq suzma yedik. Keyin birimiz namatga, birimiz po’stakka yonboshlagancha uxlab qolibmiz. Ushbu gapda qimiz va namat so’zlariga izoh bering

226.”Alla” da yozuvchi dam olgani qayerga borganini aytadi?

227.”Alla”da Kislovodskka borganda qayerlik juvon aytgan allani eshitadi?

228.”Iltijo”da “Menga nima haqida cho’pchak aytib bergan edingiz”—deydi?

229.Yozuvchi har yili dam olishga borganida onasiga nima olib kelib berar edi?

230.Gilam paypoq qayerda ko’p bo’ladi deydi?

231.Gilam paypoqni Kavkaz tomonda nima deyishadi?

232.Hoji buva onasining oyog’iga nima dori ekanligini aytadi?

233.”Qarz” hikoyasida qissaning bosh qahramoni kim edi?

234.”Qarz” hikoyasida Hakima aya kimga tufli olib bergan edi?

235.”Qarz” hikoyasida hakima aya kimlarga uch oyoqli velosiped va ko’ylak olib bergan edi?

236.Alisher Navoiy qaysi yillari yashab ijod qilgan?

237.Alisherning otasining ismi nima?

238.1447-yilda qaysi mamlakat podshohi vafot etgach, Alisherlar oilasi Iroqqa ko’chadi?

239.1452-yili taxtga Abulqosim Boburmirzo taxtga chiqqach, Alisherning otasi qayerga hokim etib tayinlanadi?

240.Alisherning she’rga, musiqaga mehri oshib, kimlarning asarlarini sevib o’qigan?

241.Alisherning xayolini tamom egallab olgan kitob qaysi edi?

242.Alisher navoiy necha yoshlaridan she’r mashq qila boshladi?

243.Navoiy necha tilda ijod qildi?

244.O’zbekcha va forscha she’rlariga qanday tahalluslar qo’ydi?

245.”Navoiiy” va “Foniy” so’zlarining ma’nosi?

246.Navoiy necha yoshida o’z she’rlari bilan zamonasining eng mshhur shoirlarini hayratga soldi?

247.Lutfiy navoiyning qaysi she’rini tinglab qoyil qolgandi?

248.Alisher Xirotga nechanchi yil keladi?

249.Navoiy nechanchi yildan vazirlik martabasiga ko’tariladi?

250.Navoiy 1487-1488-yillari qayerda hokim bo’ladi?

251.Navoiy nechta she’riy devon tuzdi?

252.Nizomiy Ganjaviyning besh dostondan tarkib topgan asari qaysi?

253.Navoiy Nizomiyning “Besh xazina”siga javob sifatida qaysi asarni yozdi?

254.navoiy nechta nasriy asar yozdi?

255.Durroj nima?

256.Sherning bolalarini nima talab o’ldirishardi?

257.”xayrat ul-abror” necha bob va maqolotdan iborat?

258.”Sher bilan durroj” “Xayrat ul-abror”ning nechanchi maqolotidan o’rin egallagan?

259.Navoiy:”Kimki, to’g’rilik yo’li qanday ekanligini bilmoqchi bo’lsa, ular ikki xil”—dedilar. Ular qaysila?

260.Zahiriddin Muhammad Bobur qaysi yillari yashab ijod qilgan?

261.”Bobur”so’zining ma’nosi?

262.”Boburnoma” qanday asar?

263.Boburning otasi kim va u qayerning hukmdori edi?

264.Boburning onasi kim?

265.Bobur necha yoshida taxtga chiqadi?

266.Bobur necha yoshida Samarqandni zabt etadi?

267.Bobur qachon hindistonni zabt etib, boburiylar saltanatiga asos soldi?

268.Bobur nechta devon tuzgan?

269.Boburning bizga qaysi devoni yetib kelgan?

270.Hozirda bizning qo’limizda Boburning nechta she’ri bor?

271.Bobur she’rlarining nechtasi ruboiy?

272. Boburning qaysi ruboiysida Samarqandni ikki marta olib, ikki marta ham tashlab chiqishga majbur bo’lgani, Andijon hiyonatchilar qo’liga o’tgaani, ikki-uch yil tog’-u toshlarda sarson-sargardon yurgani bayon qilingan?

273.Boburning qaysi ruboiysida Amudaryodan o’tdi-yu, bir hamla bilan Kobul va G’azna shaharlarini jangsiz egallagani, lekin butun ko’ngli Amudaryoning bu tomonida,ona Vatanida ekanligi bayon etilgan?

274.Qayd, beqayd, siym, laim so’zlarini izohlang.

275.Boburning qaysi ruboiysida minglab odamlarning behuda nobud bo’lishi, ko’nglida ming bir andisha bilan Hindiston sari yuzlanishi, o’zini dunyoda eng baxtsiz inson hisoblashi bayon etilgan?

276.Boburning qaysi ruboiysida yaxshilikning sharofati, yomonlikning kasofati, vafoga vafoning, jafoga jafoning qaytajagi haqida so’z ketadi?

277.Muhammad Aminxo’ja Muqimiy qaysi yillari yashab ijod etgan?

278.Muqimiyning otasining ismi nima?

279.Muqimiy qanday oilada tug’ilgan?

280.Muqimiy dastlab qaysi maktabda tahsil oldi?

281.Muqimiyning ilm o’rganishi va badiiy ijodga erta qiziqishida kimning ta’siri kuchli bo’ldi?

282.Muqimiy dastlab qaysi madrasada tahsil oldi?

283.Muqimiy dastlab yer qurilishi mahkamasida mirzalik qiladi, so’ngra qayerda ishlaydi?

284.Muqimiy qaysi xattotdan ta’lim oladi?

285.Muqimiy qaysi shoirlardan tarkib topgan yirik adabiy guruhga boshchilik qiladi?

286.Muqimiy 1892-yilning boshlarida ikkinchi marta qayga boradi?

287.Adabiyotimizda qaysi janrning shakllanishi va takomilga erishuvida xassos shoir Muqimiyning o’rni katta?

288.Bizgacha Muqumiyning qayerdan qayergacha tomon qilgan sayohatlari taassurotlari yetib kelgan?

289.Shoir sayohatnomalari qanday satrlar bilan boshlanadi?

290.”Sayohatnoma”larning o’qishliligini ta’minlaydigan yana bir narsa nima?

291.”Sayohatnoma”qanday jumla bilan boshlanadi?

292.Qayerga ga qildim yurish,

Yo’ldosh edi bir chitfurush

293.”Sayohatnoma”da qayerni dashti qaroqchizor ekan deydi?

294.Qayerdin o’tdim, boylari—

Oliy imorat joylari,

Mehmonsiz o’tkay oylari,

Kelsa birov, nochor ekan.

295.Qayerni Firdavs bog’idin nishon deydi?

296.Qayerni: “Qursin o’shal,

Sellarda qoldim bir mahal”—deydi

297.Qayerni “Yer osti zindon erur”—deydi

298.Qayer “Maqomi dilfizo,

Ko’chalaridir dilkusho?

299.Qayerda ko’ngul mahzun-u g’ash bo’lganligini aytadi?

300.Qayerda bo’lar-bo’lmasga jang ekan deydi?

301.Qayerda tushmay o’tib ketgani alam qiladi?

302.Ko’p odamidin ____

Bog’larda ekmishlar tariq.

303.Qayer ajoyib joy ekan, bir ko’cha ketguncha soy ekan deydi?

304.Aylay sayohat endi bas,

_____ qilmay havas.

305.Qanday asarni sayohatnoma deb ataymiz?

306.Sayohatnoma janrining asoschisi kim?

307.”Sayohatnoma”lar ko’pincha qanday shaklda yaratilgan?

308.”Sayohatnoma”ning ichki tuzilishini ayting.

309.Sa’diy Sheroziy qaysi yillari yashab ijod qilgan?

310.”Shayx” deb kimlarga nisbatan ishlatilgan?

311.Sa’diy Sheroziyning to’liq ismi

312.”Sarbon” kim

313.Qaysi nemis va fransuz yozuvchilari Sa’diy she’rlariga murojaat qilgan?

314.Sa’diyning nomini butun dunyoga tanitgan asarlari qaysi?

315.”Guliston” nechanchi yili yozilgan?

316.”Bo’ston” nechanchi yili yozilgan?

317.Gap insonning salla-to’nida emas, ilm-u donishda, agar kiyimda bo’lsa edi, salla ilingan qoziq yoki to’qim urilgan eshak eng e’tiborli bo’lardi. Qaysi hikoyatdan olingan?

318.”Hunar o’rganmoq haqida”, “Daryo ko’rmagan qul hikoyati”, “Darvesh” hikoyatlari qaysi asar tarkibiga kiradi?

319.Bo’g’oz xotun, ayo, donoyi hushyor,

Tug’ar vaqtida garchi mor tug’g’oy,

Base yaxshidur ul farzanddinkim,

Ani nodon va nohamvor tug’g’oy.

Qit’a qaysi hikoyatga tegishli?

320.”Daryo ko’rmagan qul” hikoyatida bir hakim qulga qanday jazo qo’llaydi?

321.Qorning to’q esa, arpa noni yaxshi ko’runmas,

Gar och ersang, oy qursi kabi xo’b erur va sof.

A’rof behisht o’lg’usidir do’zax eliga,

Jannat eliga bo’lg’usi do’zax vale a’rof.

Qit’a qaysi hikoyatiga tegishli?

322.Ota merosini gar istasang, o’rgan ota ilmin,

Ki qolgan mol otadin sahl muddatda tamom o’lg’ay.

Ushbu bayt qaysi hikoyatdan olingan?

323.Damashqlik do’stlar suhbatidan faqirga malolat yetib, qaysi xalqqa asir bo’ldim deydi?

324.”Guliston” asaridagi hikoyatlardan birida “Meni juhudlar bilan qaysi qal’asining handaqini qazmoq ishiga soldilar”—deydi?

325.”Guliston”asaridagi hikoyatlardan birida farang ulusining jafosi bandidan ozod qildi va o’ziga hamroh qilib qayerga olib bordi deydi?

326.Bir kishi bir qo’y ustiga yeti

Ki bo’ri ilkidin halos etdi.

Kecha so’ymoqqa qo’yni bo’ldi ravon,

Qo’y ko’rib oni ayladi afg’on.

Ushbu misralar qaysi asarga tegishli?

327.”Guliston” va “Bo’ston” asarlarini Navoiy sevib o’qigan. U o’zining qaysi asarida buni alohida ta’kidlab o’tadi?

328.Qaysi asar so’nggi olti-yetti asr davomida o’zbek tiliga bir necha bor tarjima qilingan?

329.Sa’diy Sheroziyning qaysi asari 1960-yili o’zbekchaga tarjima qilingan?

330.”Ayb qidirmaslik haqida”, “Hayit kuni adasshib qolganim va otamning sabog’i” Ushbu hikoyatlar qaysi asar tarkibiga kiradi?

331.Ta’bi aybjo’ylik bo’lsa agar bas,

Tovus oyog’idan boshqasin ko’rmas.

Ushbu parcha qaysi asardan olingan?

332.Ba’zi xomtamalar sochmay urug’,don,

Ko’tarmoqchi bo’lar dehqonday xirmon.

Ushbu bayt qaysi asardan olingan?

333.O’zqabohatini ko’rgan kishining o’zgalarning qabohatlarini ko’rmakka vaqti bo’lmas. Ushbu parcha qaysi asardan olingan?

334.Abdulla Avloniy qaysi yillari yashab ijod qilgan?

335.Abdulla Avloniy yetti yoshida qaysi mahalladagi boshlang’ich makatabda o’qidi?

336.Avloniyda she’r yozishga ishtiyoq necha yoshlaridan boshlanadi?

337.Abdulla Avloniy 1906-yili chiqa boshlagan qaysi gazetalarda ishladi?

338.Avloniy qaysi gazetasini chiqarishda bosh-qosh bo’ldi?

339.Mirobod mahallasida maktabdorlik bilan shug’illanga ijodkor kim?

340.Abdulla Avloniy mahalliy xalq bolalarining o’qib, bilim olishiga ko’maklashish maqsadida qanday tashkilot ochdi?

341.Aholi o’rtasida sahna ishlariga qiziqish uyg’otish,xalq uchun spektakllar qo’yib berish va ular orqali ommaga ma’naviy oziq berish maqsadida qanday jamiyat ochdi?

342.Avloniy jamiyatqoshida qanday teatrni tashkil etdi?

343.Avloniy nechta pyesani ozarbayjon tilidan o’zbekchaga tarjima qildi?

344.Avloniy nechta yangi pyesa yozdi va ularni sahnalashtirdi?

345.Avloniy yangi uslub maktab uchun qanday darslik, alifbo, o’qish kitoblarini yozdi?

346.”Adabiyot yoxud milliy she’rlar”necha qismdan iborat?

347.Avloniy 1919-1920-yillari qanday vazifalarda ishladi?

348.Avloniy umrining oxirigacha qaysi universitetda dars berdi?

349.”Hubbul-Vatani minal-imoni” deb kim aytgan?

350.Onamizsan, bizning mushfiq onamizsan,

Javlon urib yashaydurgon xonamizsan. Qaysi she’rdan olingan?

351.Avloniy Vatan haqidagi fikrlarini qaysi kitobidagi she’rlarida davom ettiradi?

352.Avloniyning qaysi kitobiga kirgan ellikdan ortiq nasriy va she’riy hikoyalari bolalarda ilk axloqiy ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan?

353.”Chin do’st”, “Yolg’on do’st”,”Xurust ila bo’ri”, “Janjalchilik zarari” kabi nasriy va she’riy hikoyalari Avloniyning qaysi kitobiga kirgan?

354.Aql egasi hiylaga aldanmagay,

Hiylagarning hiylasi boshin yegay. Ushbu bayt qaysi hikoyaga tegishli?

355.”Saxiylik” hikoyasi Avloniyning qaysi kitobiga kiradi?

356.Erkin Vohidov qaysi yillarda yashab ijod qilgan?

357.Erkin Vohidovning qaysi she’rlaridagi chuqur ma’no go’zal ifodalar, ajoyib tasvirlar bilan uyg’unlashib ketgan?

358.Erkin Vohidovning qanday dostonlari bor?

359.Erkin Vohidov kimning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi?

360.Erkin Vohidov qaysi jurnalning bosh muharriri sifatida ko’plab yoshlarning adabiyotga kirib kelishida jonbozlik ko’rsatdi?

361.erkin Vohidovning ilk to’plamining nomi

362.Erkin Vohidovning 1961-yil ilk to’plami nashr etilgandan so’ng yana qanday kitoblari nashr etildi?

363.Erkin Vohidov qanday dramalar yaratdi?

364.Erkin Vohidovning qaysi komediyasi uzoq yillar o’zbek teatri sahnasidan tushmay keladi?

365.Erkin Vohidovning qaysi dostonida insoniyatga og’ir judoliklar, bitmas jarohatlar keltiradigan urush qattiq qoralangan?

366.Erkin Vohidovning qaysi dostonida xalqlar, millatlar, dinlar o’rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan?

367.Erkin Vohidov qanday davlat mukofotlari bilan taqdirlangan?

368.”Nido” dostonida” otajon” so’zini necha yil oldin tilga olgan edi?

369.Erkin Vohidov qishloq ko’chasidan yugirayotgan olov bolaligini nimaga o’xshatadi?

370.”Nido” dostonida qanday yulduzlar tilga olingan?

371.Ijodkor “Nido” dostonida asrdosh ,birodarlarini nimaga qasamyod qilishga undaydi?

372.”Nido” qanday harakterga ega doston hisoblanadi?

373.Kimning akasi urushdan qo’ltiq tayog’i bor,bir oyog’i yo’q holda qaytadi?

374. Kim urushdan qo’li yo’q qaytadi

375.Dostonda kimning otasidan qoraxat kelgan edi?

376.Erkin vohidovning “Tandir haqida ertak”ida chol bilan kampir shu hovlida necha yil yashagan edi?

377.”Tandir haqida ertak”da chol bilan kampirning nechta farzandi bor edi?

378.Abdulla Oripov qaysi yillari yashab ijod qilgan?

379.Abdulla Oripovning otasi va onasining ismi nima edi?

380.Abdulla Oripovning onasi o’g’lining birinchi kitobini ko’rib, ehtimolki, Abdullaning kelajagini bashorat qilib ketdi. Bu tuyg’ular shoirning qaysi she’rida samimiy ifodalangan?

381.Abdulla oripovning birinchi kitobining nomi nima?

382.Qaysi adib Abdulla Oripovga e’tibor bilan qaragan va salohiyatiga yuksak baho bergan?

383.Abdulla Oripov kimning asarini juda katta mahorat bilan o’zbekchaga tarjima qildi?

384.Abdulla Oripov Amir Temur haqida qanday drama yozdi?

385.Abdulla Oripov qanday unvon va davlat mukofotlari bilan taqdirlandi?

386.”O’zbekiston” qasidasidagi taniqli shaxslarning nomini sanang.

387.”Ozbekiston” qasidasida qayerni sehrli diyor deydi?

388.”Ozbekiston” qasidasida qaysi dinlarning nomi uchraydi?

389.”O’zbekiston” qasidasida Sobir Rahim fashistlarga qarshi urushda qayerda vafot etadi?

390.”O’zbekiston” qasidasida kimga o’xshab yangi doston yozajaksan deydi?

391.”O’zbekiston” qasidasida balki kim kabi sahrolarda ochajaksan kon deydi?

392.”O’zbekiston” qasidasi necha satrlik,necha banddan va jami necha satr?

393.Ulug’bek “osmon ilmini” yaratib nechta yulduzni aniqlab bergan?

394.”O’zbekiston”qasidasiyana qaysi qasida bilan deyarli bir vaqtda yozildi?

395.”Samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissasi”da osmondan tarelkaga o’xshagan narsa qayerga tushgan edi?

396.”Samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissasi’da samoviy mehmonni kim oyoqqa turg’izadi?

397.Anvar Obidjon qaysi yillari yashab ijod qiladi?

398.Anvar Obidjon dastlabki she’riy mashqlarini nechchi yoshida boshlagan?

399.Anvar obidjonning 1974-yili chop etilgan ilk kitobining nomi nima?

400.Anvar Obidjon qaysi nashriyotda bosh muharrir, direktor bo’ldi?

401.Anvar Obidjon xalqimizning aziz farzandlariga qanday she’riy, nasriy kitoblarni, teatr va kino tomoshalarini tortiq etgan?

402.Anvar Obidjonning bolalarga atalgan ilk komediyasi qaysi?

403.Anvar obidjonning yana qanday pyesalari qo’yildi?

404.”Qorinbotir” qaysi pyesaning ikkinchi nomi?

405.”O’zbekfilm” kinostudiyasida adib ssenariylari asosida qanday filmlar suratga olingan?

406.Keyingi yillarda Anvar Obidjonning qanday yirik kitoblari o’quvchilarr qo’liga yetib bordi?

407.Anvar Obidjonning “Tanlangan she’rlari” necha kitobdan iborat?

408.Anvar Obidjon qanday davlat mukofotlari bilan taqdirlangan?

409.”Hayotning har lahzasi go’zal” she’rida qaysi doston qahramonlari tilga olingan?

410.Anvar Obidjon she’rlarining bosh mavzus nima?

411.”Avtoqishloq” qanday she’r?

412.Nodar Dumbadze qaysi yillari yashab ijod qilgan?

413.Nizom Komil Nodar Dumbadzening qanday asarlarini o’zbek tilga tarjima qilgan?

414.Nodar Dumbadzening qaysi asari asosida o’zbek san’atkorlari tomoonidan yaratilgan ko’p qismli videofilm namoyish etilgach bizning yurtimizda adib ijodiga qiziqish yanada kuchaygan?

415.Nodar Dumbadzening ilk hikoyalar to’plami qaysi?

416.Ikkinchi jahon urushi yillaridagi gruzin qishloqlaridagi og’ir va mashaqqatli hayot manzaralari, bir-biriga o’xshamaydigan taqdir egalari obrazi aks ettirilgan asarlar qaysi?

417.Nodar Dumbadzening qaysi asarlarida insonlarning bir-biriga munosabatlaridagi odamiylik, oqibat singari fazilatlarni ulug’laydi?

418.Qaysi asarda insonning hayotdagi o’rni, undan talab etiladigan fidoyilik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik xususiyatlari to’g’risida keng mushohada yuritilgan?

419.”Hellados” hikoyasidagi Yangulining otasining ismi?

420.Cho’pday ozg’in, yelkalari turtib chiqqan, qirraburun, ko’zlari charosdek qop-qora, yon-atrofdagi bolalari uchun naqd Azroilning o’zi deb ta’riflangan qahramon kim?

421.”Hellados”da ota-bolaning bor boyligi nimalardan iborat edi?

422.Yangulining yoshi nechchida edi?

423.Yangulining do’stlarining ismi nima edi?

424.”Hellados” kimning tilidan aytiladi?

425.Jamolning onasining ismi nima?

426.Jamolning xolavachchasining ismi nima ?

427.Yanguli bolalarga kim deb murojat qilaman derdi?

428.Jamol qayerlik edi?

429.Yangulining sevgan qizining ism nima?

430.Mida kimning qizi edi?

431.Greklar Elladaga qaysi kemada ketishadi?

432.Oradan bir kun o’tib qaysi daryoning quyilish joyida Yangulining jasadini topishadi?

433.”Hellados” degan sehrli yozuv Yangulining qayeriga yozilgan edi?

434.Jamolning onasining ismi nima?



435.Gruziya poytaxti Tbilis shahrida Nodar Dumbadze tashabbusi bilan qanday bolalar bog’i barpo etilgan?
Download 135,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish