£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

Sopolli 

madaniyati 

odamlarning 

sug’orma 

dehqonchilikni 

o’zlashtirganini,  o’troq  dehqonchilik  madaniyati  barpo  bo’lganligini  isbotlab 

berdi.  Kulolchilik  rivojlanib,  nafis  idishlar  kulolchilik  charxida  tayyorlangan. 

To’qimachilikda paxta va tabiiy ipakdan foydalanilgan. Shuningdek, metall bilan 

ishlash  hunarmandchiligi  ham  rivojlanganligi  aniqlandi.  Sopolli  madaniyati 

o’lkamizda shaharlarning vujudga kelishi uchun ilk zaminlar bronza davridayoq 

mavjud bo’lganligini ko’rsatadi.

 

1953-1961  yillarda  M.E.Voronets  boshliq  arxeologlar  guruhi  Namangan 



viloyatining Chust shahri yaqinidagi Buvanamozor deb atalagan buloq yoqasidan 

mil.  av.  2  minginchi  yillar  oxiriga  oid  makonni  topib  o’rgandilar.  Izlanish 

natijasida  yana  Dalvarzintepa,  Qoraqo’rg’on,  To’raqo’rg’on,  Chimboy, 

Ashqoltepa  va  boshqa  o’ndan  ortiq  yodgorliklar  topib  o’rganildi.  Ularning 

barchasi  Chust  madaniyati  nomi  bilan  tarix  faniga  kirdi.  Chust  madaniyati 

odamlarning qishloq-qishloq bo’lib yashaganligidan dalolat beradi.

 

Chust  madaniyatiga  mansub  yodgorliklarda  qo’lda  yasalgan  guldon,  sopol 



tovoqlar,  labi  bukilgan  turli  shakldagi  sopol  idishlar,  piyolalar,  xurmosimon 

idishlar ko’p uchraydi, ularga qizil va qora ranglarda uchburchak, romb shakllari 

tushirilgan.

 

Tadqiqotlar  Chustliklarning  asosiy  mashg’uloti  sug’orma  dehqonchilik 



ekanligini  ko’rsatdi.Ketmon,  tosh  yorg’uchoq,  xovoncha,  o’roqsimon  pichoq, 

bronza o’roqlaridan foydalanishgan.

 

Topilgan  ashyolar  Chustliklar  bug’doy,  arpa,  suli  ekib  dehqonchilik 



qilganini, erni ketmon bilan ishlaganini, daryolarni bo’g’ib sun’iy kanallar orqali 

dalalarga  suv  chiqarganini,  uzunligi  bir  necha  o’n  chaqirimdan  iborat  kanal 

qurganligini  ko’rsatadi.  Shuningdek,  ovchilik  va  baliqchilik  ham  qadimgi 

chustliklarning turmushida muhim o’rin egallagan.

 

Chust  madaniyatida  metall  bilan  bog’liq  hunarmandchilik  yaxshi 



rivojlanganligini topilgan metall buyumlar ham yaqqol ko’rsatdi. Tosh qoliplarda 

oyna,  o’roq,  pichoq  va  bigizlar  quyma  holda  yasalgan.  Qazish  vaqtida  ot 

uzangilari  va  suvligi,  bilaguzuk,  xalqa,  qarmoq,  paykonlar,  suyak  va  toshdan 

yasalgan qurollar topilgan. Chustliklar hayotida to’qimachilik hunarmandchiligi 

ham  ancha  rivojlanganligi  ma’lum  bo’ldi.  Buni  yodgorliklardan  topilgan 13  xil 

mato, urchuq toshlar, moki, suyak taroqlar va to’qimachilik dastgohlaridan bilsa 

bo’ladi.

 

Shunday qilib, Chust madaniyati Farg’ona vodiysida qadimgi dehqonchilik 



madaniyati  shakllanganligini  ko’rsatuvchi  misol  bo’lib  xizmat  qiladi. 

Chustliklarning  olovga  e’tiqod  qilganliklari  ularda  diniy  tasavvurlarning 

shakllanganligini ko’rsatadi.

 

Bronza  davriga  oid  manzilgohlar  hozirgi  Xorazm  va  Qoraqalpog’iston 



hududlaridan  ham  topilib  o’rganilgan.  Amudaryo  etaklaridagi  Tozabog’yob 

kanali  yaqinidan  topilgan  Tozabog‘yob  madaniyati,  Amirobod  kanali 

etaklaridan  topilib  o’rganilgan  Amirobod  madaniyati  shular  jumlasiga  kiradi. 

Bu  manzilgohlarda  yashagan  odamlar  o’troq  holda  urug’  jamoa  bo’lib

 

31

 




yashaganligi,  sug’orma  dehqonchilik  va  chorvachilik  bilan  shug’ullanganligi 

aniqlandi.

 

Mamlakatimizning  shimolidagi  cho’l  va  dasht  joylarida  chorvador  urug’ 



jamoalari  va  qabilalar  yashagan.  Ularda  chorvachilik  xo’jalikning  asosiy 

tarmog’i  bo’lgan.  Otliq  cho’ponlar  qoramol,  qo’y,  echkilardan  iborat  podalarni 

uzoq  joydagi  yaylovlarga  haydab  borganlar.  Chorvadorlar  yil  fasllariga  mos 

joylarga  ko’chib  yurganlar,  novdadan  to’qilgan  uylar,  ho’kizlar  qo’shilgan 

g’ildirakli aravalardan  foydalanib  uzoq  joylarga  ham  bora olganlar.  Bu  jarayon 

turli  qabilalarning  uchrashuvini,  tanishuvini  ta’minladi.  Ular  o’zaro 

fikrlashadigan,  aloqa  qiladigan  bo’ldilar,  bir-birini  tushunish  uchun  umumiy 

so’zlar  topdilar.  Asta-sekin  bir  nechta  qabilalardan  o’zaro  tushunarli  tilda 

gaplashadigan odamlarning katta guruhi - elatlar shakllanadi.

 

Bronza  davri  oxirlarida  chorvador  qabilalarning  o’z  podalarini  haydab 



o’troq  dehqon  jamoalari  yashaydigan  vohalarga  tinch  yoki  zo’rlik  bilan  kirib 

borganligi  ham  kuzatiladi.  Natijada  etnik  jarayonlar  kuchayib,  shimol  va  janub 

qabilalarining  dastlabki  aralashuvi  yuz  berib,  hozirgi  zamon  o’zbek  va 

tojiklarning dastlabki etnik qatlami shakllana boshlaydi.

 

Mil.  av.  bir  minginchi  yillarning  boshlarida  ajdodlarimiz  temirdan  mehnat 



qurollari,  qurol-yaroqlar,  bezakli  buyumlar  yasashni  o’zlashtiradilar  va 

mamlakatimizda  temirdan  foydalanish  keng  tarqaladi.  Odamlar  hayotida  temir 



davri boshlanadi.

 

Temirdan  yasalgan  omoch,  ketmon,  belkurak  va  boshqa  mehnat  qurollari 



ancha  keng  maydonlarni  haydash,  to’g’onlar  qurish,  kanal  va  ariqlar  qazib  suv 

chiqarish imkonini beradi. Bular dehqonchilikning yuksalishiga olib keladi.

 

Temirning  kashf  etilishi  hunarmandchilikni  yanada  yuqori  pog’onaga 



ko’tardi.  Temirdan  qattiq  va  o’tkir  pichoqlar,  o’roqlar  yasalishi  mehnat 

umumdorligini oshirishga yordam berdi.

 

Temir  davrida  kulolchilik  charxi,  naqsh  bilan  bezatilgan  sopol  buyumlar 



keng tarqaldi. Temirchilik bosqoni, qo’l tegirmoni vujudga keldi, metallga ishlov 

berish  rivojlandi.  Xonadonlarda  ip  yigirish  va  matolar  to’qish,  kiyim  tikish 

tobora kengayib bordi.

 

Uy-joy  qurilishi  bir  muncha  yaxshilandi.  10-20  tadan  xonasi  bo’lgan  katta 



maydonli  uylar  qurilishi  bilan  birga,  g’ishtdan,  sinchdan  alohida  bir  oilaga 

mo’ljallangan uylar qurish keng tarqaldi. Shu tariqa, odamlarning turmush tarzi 

ham o’zgarib bordi, yashash bir muncha yaxshilandi, odamlar umri uzaydi. Bular 

aholining ko’payishini ta’minladi.

 

Shunday  qilib,  mamlakatimiz  odam  paydo  bo’lgan  ilk  mintaqalardan 



biridir.  Vatanimizda  odamlar  qariyb  million  yillardan  beri  yashab  kelmoqdalar. 

Ular o’z taraqqiyotida ibtidoiy to’da, urug’ jamoasidan iborat uzoq tarixiy yo’lni 

bosib o’tdilar. Yashash uchun kurashib, oddiy tosh qurollari yasashdan metallni 

kashf  etishgacha,  metalldan  mehnat  qurollari,  uy-ro’zg’or  va  turli  xil  bezak 

buyumlari  yasashgacha  ko’tarildilar.  Yalang’och  holda  yashashdan  jun,  paxta, 

pilla tolasidan kiyim tikib kiyishgacha, g’orlarda yashashdan uy-joy qurish,

 

32

 




qishloq-qishloq  bo’lib  yashashgacha  bo’lgan  uzoq  ijtimoiy  rivojlanish  davrini 

boshdan  kechirdilar.  Ibtidoiy  to’daning  o’sib  urug’chilik  jamoasiga  ko’tarilishi 

insoniyat taraqqiyotida sodir bo’lgan tub ijtimoiy o’zgarish bo’ldi. Odamlar bir-

birini  taniydigan,  muloqotda  bo’ladigan,  bir  urug’ga,  avvalo,  ona  urug’iga, 

keyinroq  ota  urug’iga  uyushib,  bir  joyda,  birgalikda  mehnat  qilib  yashaydigan 

bo’ldi,  mushkuli  osonlashib  bordi.  Turmush  tarzida  termachilik  va  ovchilik 

o’rnini chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik egalladi. Mehnat unumliroq 

bo’lib  bordi.  Ajdodlarimiz  tabiatdan  tayyor  narsalarni  o’zlashtirish  xo’jaligi 

o’rniga  iste’mol  qilinadigan  maxsulotlarni  o’zlari  ishlab  chiqaradigan  xo’jalik 

yaratdilar.

 

Ibtidoiy  jamoa  tuzumida  jamoa  a’zolari  ishlab  chiqarish vositalariga,  uy-



joylarga, mehnat qurollariga birgalikda egalik qilgan, mehnat qilishda va mehnat 

mahsullaridan foydalanishda teng bo’lganlar.

 

Sug’orma  dehqonchilikning  kashf  etilishi  natijasida  o‘troq  dehqonchilik 




Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish