to’quv dastgohlari yasaldi. Kiyimlar tikilgan.
suzuvchi sol, qayiqlar.
Okchadaryo deltasi yonidagi Kaltaminor kanali yaqinidan neolit davriga doir
xo’jalik mashg’ulotlari va turmush tarzini o’rganish, uning miloddan avvalgi 5-3
qeladigan g’oyat katta turar joy-yarim erto’la shaklidagi kulba ochildi.
Tadqiqotlar kulbaning xodalar va qamishdan qurilgani, keyinchalik yonib
qurollari yiqilgan kulba ostida qolib ketganligini ko’rsatdi. Kulba tomini ko’tarib
turgan birnecha ustunlar borligi aniqlandi. Bu manzilgohda 100-120 ga yaqin
kishi istiqomat qilishgan. Uning o’rtasidan katta o’choq, atrofida yana 20 dan
bir o’choq atrofidan baliq, yovvoyi cho’chqa, bug’u, qirg’ovul, suv qushlarining
suyaklari, o’rdak va g’oz tuxumining po’choqlari, yovvoyi jiyda danaklari
topildi. Katta o’choq o’t og’asi ixtiyoridagi otashkada /altar/ bo’lib, Kaltaminor
ko’plab juft oila mavjud bo’lganini ko’rsatadi. Jonbas-4 manzilgohidan chaqmoq
toshdan yasalgan juda ko’p mehnat qurollari, keskich asboblar, suyak garpunlari,
turli xil naqshlar, o’yib solingan sopol idish siniqlari va boshqa ashyolar topiladi.
Topilgan qoldiqlarning deyarli ko’pchiligi baliq va qush suyaklari bo’lib,
kaltaminorliklarning baliqchilik va ovchilik bilan shug’ullanganligini ko’rsatadi.
Kaltaminorliklar o’q-yoydan keng foydalanganlar.
1950 yillarda taniqli arxeolog olim Ya.G’.G’ulomov Zarafshon bo’ylab
qidiruv ishlari olib boradi va o’nlab manzilgohlarni aniqlab, ulardan neolit
davriga oid tosh qurollar va sopol parchalarini topadi. Qidiruv ishlarini 1960
yildan boshlab arxeologlardan A.Asqarov va O’.Islomovlar davom etkazadilar.
Natijada 100 dan ortiq katta va kichik manzilgohlar topiladi. Ularda yashagan
urug’ jamoalarining baliq ovi bilan shug’ullanganligi, termachilik xo’jaligida
tosh yorg’uchoqlardan keng foydalanilganligi aniqlanadi.
Zarafshon daryosining o’rta havzalarida yana bir yodgorlik-Sazag’on
makoni /Samarqand viloyatining Sazag’on qishlog’i/ topib o’rganiladi. Ko’plab
tosh qurollar, yovvoyi va uy hayvonlari suyaklari topiladi. Sazag’on jamoasi
qoramollarni qo’lga o’rgatib, chorvachilik bilan shug’ullanganlar.
Zarafshon vodiysi urug’ jamoalari sifatli tosh xom ashyolardan qurollar
yasaganlar. Ular tosh konlarida shaxtalar hosil qilganlar. Neolit davrida Uchtut
chaqmoqtosh konida 4-5 metrlik shaxtalardan namlangan toshlarni kovlab olib
qurollar yasaganlar. Namlangan toshlarni yo’nish oson bo’lganligini bilganlar.
Zarafshon vodiysida yashagan urug’ jamoalari hayotida ovchilik, ayniqsa baliq
ovlash alohida ahamiyat kasb etgan.
4. Eneolit va bronza davri madaniyati.
Insoniyat tarixining tosh davri o’rnini metall qurollar egallay boshladi.
Miloddan avvalgi 4 minginchi yillarda odamlar misdan qurollar yasashni
o’rganadilar. Mis metall sifatida yumshoq bo’lganligi tufayli, undan yasalgan
qurollar mo’rt,yumshoq va tez egiluvchan bo’lgan. Shu sababdan toshdan mehnat
qurollari yasash ham davom etgan. Bu davrni eneolit, ya‘ni mis-tosh davri deb
ataladi. Odamlar dastlab misni er yuzasidan sof holda uchratib, undan mehnat
qurollarini yasaganlar. Keyinchalik uning olovda erishini bilganlar va undan turli
xil shakldagi qurollar va buyumlar yasaganlar.
Ajdodlarimiz miloddan avvalgi 3 minginchi yillardayoq misga qalay
aralashtirib bronza, ya’ni qattiq metall qotishmasi olishni, undan pishiq va qattiq
mehnat qurollari, qilich, xanjar, uy-ro’zg’or buyumlari, zeb-ziynat bezaklari
yasashni o’zlashtirib oladilar. Bu davr bronza davri deb nom oldi. Bronzaning
kashf etilishi metallurg hunarmandlarni, metallurgiya ustaxonalari va zargarlik
korxonalarini vujudga keltirdi.
28