£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Mualliflar jamoasi rahbari va mas‘ul



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

Mualliflar jamoasi rahbari va mas‘ul 

muharrir: t.f.d., prof. Q.Usmonov

 

Taqrizchilar: t.f.d., prof. M.Ishoqov t.f.d., 

H.M.Bobobekov t.f.d., prof. 

A.Jo’raqulov

 

2

 




KIRISH

 

XXI  asr  bo’sag’asida  jonajon  Vatanimiz  tarixida  buyuk  voqea  -  qadimiy 



O’zbekistonning eng yangi tarixini boshlab bergan voqea sodir bo’ldi. 1991 yil 31 avgust 

kuni  bo’lgan  Respublika  Oliy  Kengashining  navbatdan  tashqari  oltinchi  sessiyasida 

o’zbek  xalqining  xohish-irodasi  bilan  O’zbekistonning  davlat  mustaqilligi,  ozod  va 

suveren  davlat  -  O’zbekiston  Respublikasi  tashkil  etilganligi  e’lon  qilindi.  1  sentyabr 

O’zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb belgilandi. Xalqimizning asriy orzu-

umidlari  ushaldi,  muqaddas  maqsadi  ro’yobga  chiqdi,  siyosiy  mutelik  va  asoratdan 

qutildi.  Dunyo  XX  asr  so’nggi  xaritasida  yana  bir  mustaqil,  ozod,  suveren  davlat  -

O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi.

 

O’zbekistonning  davlat  mustaqilligi  xalqimizning  uzoq  yillar  davomida  olib 



borgan og’ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasidir. Vatanimiz tarixi mustaqillik 

xalqimizga  nihoyatda  qimmatga  tushganidan,  bu  yo’lda  katta  qurbonlar  berilganligidan 

guvohlik  beradi.  Endilikda  xalqimizning  o’z  taqdiri  o’z  qo’lida,  o’z  mamlakatining 

mustaqilligini mustahkamlash yo’lida astoydil mehnat qilmoqda.

 

O’zbekiston  fuqarolari,  xususan,  yoshlar  qalbiga  milliy  istiqlol  g’oyasini 



singdirish, ularda  mafkuraviy  immunitetni shakllantirishda  «O’zbekiston  tarixi» fanining 

o’rni,  imkoniyatlari  katta.  Shu  boisdan  Respublika  oliy  o’quv  yurtlarining  bakalavriat 

bosqichida «O’zbekiston tarixi» fanini o’qitish asosiy fanlar qatorida turadi.

 

Qo’lingizdagi  darslik  O’zbekiston  tarixining  eng  qadimgi  zamonlardan  to  hozirgi 



kungacha  bo’lgan  davrida  sodir  bo’lgan  tarixiy  voqealarni  tahlil  qilishga,  ularning 

sabablari  va  mohiyatini,  ichki  va  tashqi  omillarini  yoritishga  bag’ishlangan.  Darslik 

mazmunan Prezident Islom Karimovning 1998 yil 26 iyun kuni bir guruh tarixchi olimlar 

bilan bo’lgan suhbatida ilgari surilgan nazariy, kontseptual-metodologik tavsiyalari ruhi 

bilan sug’orilgan. Uni tayyorlashda Yurtboshimiz Islom Karimovning «Tarixga murojaat 

qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol 

kishi  bo’lmaganidek,  o’z  tarixini  bilmagan  xalqning  kelajagi  ham  bo’lmaydi»,  -  degan 

so’zlari metodologik asos bo’lib xizmat qildi.

 

Darslikda O’zbekiston tarixi fani predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik 



tamoyillari, manbalari va ahamiyati yoritilgan. O’zbekiston insoniyat tsivilizatsiyasining 

qadimgi o’choqlaridan biri ekanligi, o’zbek davlatchiligining shakllanishi va rivojlanish 

bosqichlari,  o’zbek  xalqining  shakllanish  jarayoni  kabi  dolzarb  masalalarni  yangi 

manbalar,  mustaqillik  yillarida  nashr  etilgan  ilmiy  asarlar  asosida  ochib  berishga  alohida 

e’tibor qaratilgan.

 

«Avesto» qadimgi tariximizni o’rganishda muhim tarixiy manba ekanligi, Buyuk 



ipak yo’lining shakllanishi va rivojlanishi, Vatanimiz hududidan o’tgan bu yo’lning ming 

yillar  davomida  Sharq  va  G’arbni  savdo-iqtisodiy,  siyosiy,  diplomatik  va  madaniy 

jihatdan bog’lashdagi ahamiyati yoritilgan. Vatanimizning o’rta asrlar davridagi ijtimoiy-

siyosiy  va  iqtisodiy  hayoti,  uyg’onish  davridagi  ilm-fan  va  madaniyat  ravnaqi  tahlil 

etilgan.

 

3



 


Darslikda  Amir  Temur  davrida  o’zbek  davlatchiligining  yuksalishi,  Amir 

Temurning buyuk davlat arbobi va mashhur sarkarda sifatidagi xizmatlari, Vatanimiz va 

jahon xalqlari tarixida tutgan o’rni va roli asoslab berilgan.

 

Darslikda  Turkistonning  uch  xonlikka  bo’linib  ketishi,  ular  o’rtasidagi  o’zaro 



kurash, harbiy to’qnashuvlar oqibatida Turkistonning yuksalish darajasidan tushib ketishi, 

jahon  taraqqiyotidan  orqada  qolishi,  Turkistonning  chor  Rossiyasi  tomonidan  bosib 

olinishi,  uning  Vatanimizda  yuritgan  mustamlakachilik  siyosatining  asl  mohiyati, 

ajdodlarimizning  mustamlakachilarga  qarshi  milliy  ozodlik  uchun  kurash  tarixi, 

jadidchilik harakati, uning atoqli rahnomalari faoliyati yoritilgan.

 

Turkistonda  mustabid  sovet  hokimiyatining  o’rnatilishi,  uning  O’zbekistonda 



yuritgan  milliy,  ijtimoiy-siyosiy,  ma’naviy-madaniy  siyosatining  mustamlakachilik 

mohiyati, SSSRning tanazzulga yuz tutishi va parchalanishi ochib berilgan.

 

Darslikda  Vatanimizning  milliy  istiqlol  davri  tarixini  yoritishga  kengroq  o’rin 



berilgan.  O’zbekistonda  demokratik  huquqiy  davlat  qurish,  ochiq  fuqarolik  jamiyatini 

shakllantirish,  tartibga  solinadigan  va  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini 

yaratishga  qaratilgan  taraqqiyotning  «O’zbek  modeli»,  uning  mazmun-mohiyati  ochib 

berilgan.  Mustaqillik  yillarida  amalga  oshirilayotgan  keng  qamrovli  siyosiy,  iqtisodiy, 

ma’naviy-ma’rifiy  islohotlar,  ularning  natijalari  dalillar  asosida  yoritilgan. 

Mamlakatimizda ko’p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar tabaqasining shakllanishi, yuksak 

texnologiyalar  asosida  bunyod  etilgan  yangi  zamonaviy  korxonalar  va  ularning  faoliyati, 

ma’naviy-madaniy sohadagi yutuqlar tahlil etilgan.

 

O’zbekistonning  jahon  hamjamiyatiga  integratsiyalashuvi,  dunyodagi  yirik, 



rivojlangan  mamlakatlar  bilan  o’zaro  manfaatli  siyosiy-diplomatik,  iqtisodiy,  madaniy 

aloqalari  yoritilgan.  O’zbekiston  tarixan  qisqa  muddatda  jahon  hamjamiyatida  munosib 

o’rin egalladi, global masalalarda o’zining mustaqil ovoziga ega bo’lgan davlat darajasiga 

ko’tarildi.

 

Mazkur  darslik  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligi 



hamda  o’quv  dasturlari,  darsliklar  va  o’quv  qo’llanmalarini  qayta  ko’rib  chiqish  va 

yangilarini  yaratish  bo’yicha  Respublika  muovfiqlashtirish  komissiyasi  tomonidan 

tasdiqlangan  «O’zbekiston  tarixi»  o’quv  dasturi  asosida  tayyorlandi.  Har  bobga  doir 

tayanch so’z va iboralar, nazorat va mulohaza uchun savollar, muhim voqealar solnomasi 

berilgan.

 

Mazkur  darslik  bo’yicha  o’z  fikr-mulohazalarini  bildirgan  tarixchi  olimlar  va 



hamkasblarimizga minnatdorchilik bildiramiz.

 

4



 



Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish