£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

uning davrlari.

 

Insoniyat  qadim-qadimdan  o’z  davriga  xos  turmush  tarziga,  moddiy  va 



ma’naviy  madaniyatga,  ya’ni  ma’lum  darajadagi  tsivilizatsiyaga  ega  bo’lgan. 

Davrlar  o’tishi  bilan  insoniyat  tsivilizatsiyasi  darajasi  o’sib,  rivojlanib, 

takomillashib  borgan.  Bu  jarayon  odamlarning  mehnat  qilish  usuli  qanchalik 

darajada  moddiy  va  ma’naviy  boyliklarni  yaratish  va  ko’paytirib  borishi  bilan 

bog’liq kechgan.

 

U yoki bu tsivilizatsiya haqida so’z borganda insoniyatning yashash uchun 



kurashi,  tinimsiz  mehnati,  ma’naviyat  va  ma’rifatga  intilishi  tufayli  o’zi  uchun 

yaratgan jismoniy va madaniy qulayliklari – ov va mehnat qurollari, kiyim-bosh, 

uy-joy  va  oilaviy  munosabatlari,  ishlab  chiqarish  usullari,  maishiy  xizmat 

vositalari, ijtimoiy ongi va ma’naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-huquqiy 

munosabatlari darajasi bilan tavsiflanadigan ma’lum bir tarixiy davr tushuniladi. 

Masalan,  Qadimgi  Sharq  tsivilizatsiyasi,  Antik  Evropa  tsivilizatsiyasi,  Islom 

tsivilizatsiyasi,  Xristian  tsivilizatsiyasi,  hozirgi  zamon  tsivilizatsiyasi  kabi 

tushunchalarda  insonlarning  iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  hayoti,  turmush  tarzi, 

ma’naviy  qiyofasi,  axloqi,  bilim  saviyasi,  mehnat  qurollari  va  hokazo  jihatlari 

mujassamlashgan bo’ladi.

 

Har  bir  mintaqada  tsivilizatsiya  davriy  nuqtai  nazardan  ertaroq  yoki 



kechroq,  o’ziga  xos  shaklda  shakllanib,  rivojlanib  borgan.  Tarixiy,  ilmiy 

tadqiqotlar  bizning  Vatanimiz  -  O’zbekiston  insoniyat  tsivilizatsiyasining 

qadimgi o’choqlaridan biri ekanligidan dalolat bermoqda.

 

XX  asrning  birinchi  yarmidan  boshlab  arxeolog  olim  V.L.Vyatkin  boshliq 



guruh Samarqand, Xorazm va Termizda, M.E.Masson boshliq arxeologlar guruhi 

Ohangaron vodiysida, A.A.Potapov Farg’ona vodiysida qidiruv va qazish ishlari 

olib  bordilar.  30-40-yillarda  O’zbekiston,  Moskva  va  Leningrad  olimlari 

hamkorligida  bir  necha  arxeologik  ekspeditsiyalar  tashkil  etildi.  Termiz 

ekspeditsiyasiga  M.E.Masson,  Xorazm  ekspeditsiyasiga  S.P.Tolstov,  Zarafshon 

ekspeditsiyasiga  A.Yu.Yakubovskiy  rahbarlik  qildilar.  Bular  tomonidan  nafaqat 

O’zbekiston, butun Markaziy Osiyoning qadimgi tarixini, ajdodlarimizning

 

18



 


ibtidoiy  jamoa  tuzumi,  turmush  tarziga  oid  qator  qimmatli  asarlar  yaratilgan. 

Bular orasida V.M.Massonning «Strana tisyachi gorodov» - M., «Nauka», 1966, 

A.P.Okladnikovning «Paleolit i mezolit Sredney Azii / Srednyaya Aziya v epoxu 

kamnya  i  bronzi»  -  M.-L.,  1966,  S.P.Tolstovning  «Drevniy  Xorezm.  Opit 

istoriko-arxeologicheskogo  issledovaniya» 

-M.,  1948,  V.A.Shishkinning 

«Afrasiab  - sokrovishchnitsa drevney kulturi»  - T., «Fan, 1966, «Arxetekturnie 

pamyatniki Buxari» -T., 1936 va boshqa asarlar bor.

 

Ikkinchi  jahon  urushidan  so’ng  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  qadimgi 



tarixini  o’rganish  maqsadida  yirik  arxeologik  ekspeditsiya  guruhlari  tashkil 

etildi.  S.P.Tolstov  boshliq  Xorazm  arxeologik-etnografik  ekspeditsiyasi, 

A.N.Bernshtam  boshliq  Pomir-Oloy  va  Pomir-Farg’ona  ekspeditsiyasi, 

Ya.G’.G’ulomov va V.A.Shishkinlar boshliq Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasi 

tadqiqot  ishlari  olib  bordi.  Mazkur  ekspeditsiyalarda  qatnashgan  tadqiqotchilar 

muhim  asarlar  yaratdilar.  S.P.Tolstovning  «Po  sledam  drevnexorazmiyskoy 

tsivilizatsii»  -M-L.,  1948,  A.N.Bernshtamning  «Drevnyaya  Fergana  /Nauchno-

populyarniy  ocherk/»  -T.,  1951,  Ya.G’.G’ulomovning  «O’zbekistonda 

arxeologiya fanining rivoji»  -T., 1956, «Qadimgi madaniyatimiz izlaridan»  -T., 

1960 va «Xorazmning sug’orish tarixi» -T., 1957 ana shular jumlasidandir.

 

Keyingi  yillarda  respublikamizning  taniqli  arxeolog  olimlari-  A.Asqarov, 



O’.Islomov,  A.R.Muhammadjonov,  E.V.Rtveladze,  T.Shirinov  va  boshqalar 

etakchiligidagi  tadqiqotchilar  O’zbekiston  qadimgi  tarixining  paleolit,  mezolit, 

neolit,  eneolit,  bronza  davrlarini  o’rgandilar.  Tadqiqot  ishlari  Vatanimizning 

barcha  vohalarida  -  Zarafshon,  Surxondaryo  bo’ylarida,  Xorazm  va  Farg’ona 

vodiysida,  shuningdek  cho’l  va  dasht  o’lkalarida  ham  keng  olib  borildi.  Ular 

tomonidan  qator  ilmiy,  ommabop  asarlar,  o’quv  qo’llanmalari  yaratildi.  Bular 

orasida  A.Asqarovning  «Buxoroning  ibtidoiy  davr  tarixidan  lavhalar»  -T.,  Fan, 

1973,  «Sopollitepa»  -T.,  1973,  «Drevnezemledelcheskaya  kultura  epoxi  bronzi 

Yuga  Uzbekistana»  -T.,  1977;  O’.Islomovning  «Peshchera  Machay»,-T.,1975, 

«Obishirskaya kultura» -T.,1980; A.R.Muhammadjonovning «Qadimgi Buxoro» -

T.,  1991;  T.Shirinovning  «Orudiya  proizvodstva  i  orujie  epoxi  bronzi 

sredneaziatskogo 

Mejdurechya» 

-T., 


1985; 

E.V.Rtveladze 

va 

A.Sagdullaevlarning  «Pamatniki  minuvshix  vekov»  -T.,  1986;  E.V.Rtveladze, 



A.X.Saidov  va  Yo.V.Abdullaevlarning  «Qadimgi  O’zbekiston  tsivilizatsiyasi: 

davlatchilik  va  huquq  tarixidan  lavhalar»  -T.,  2001  kabi  asarlar  alohida  o’rin 

tutadi.

 

Mazkur  asarlarni,  shuningdek,  Vatanimizning  qadimgi  davri  tarixiga  oid 



boshqa  asarlarni  o’rganish  orqali  O’zbekiston  odamzod  ilk  bor  paydo  bo’lgan 

o’lka ekanligini anglash, ajdodlarimizning qadimgi hayoti, turmush tarzi, moddiy 

va ma’naviy madaniyati haqida zarur bilimga ega bo’lish mumkin.

 

Jamiyatshunos  va  tabiatshunos  olimlar  er  sharida  hayotning  paydo 



bo’lishi,  odamlarning  vujudga  kelishi,  muammolari  ustida  uzoq  yillardan  beri 

tadqiqot  ishlari  bilan  shug’ullanib  kelmoqdalar.  Bu  haqda  diniy  va  dunyoviy 

ta’limotlar, rivoyatlar mavjud.

 

19



 


Xristian  dini  odamzod  xudo  tomonidan  bundan  7  ming  yil  burun  qizil 

loydan  yaratildi,dastlabki  odamlar  Adam  va  Evadan  tug’ilgan  deb  ta’riflaydi. 

Islom  dini  odamning  Olloh  tomonidan  tuproqdan  yaratilib,  unga  jon  kiritilgani, 

dastlabki odamlar Odam Ato va Momo Havo bo’lganligi haqida, ularning qachon 

yaratilganligini  Ollohdan  o’zga  hech  kim  bilmaydi,  bu  yolg’iz  ungagina  ayon 

degan g’oyani ilgari suradi.

 

Yunon  olimi  Arastu  odamning  paydo  bo’lishini  erda  hayotning  paydo 



bo’lishi  va  rivojlanishi  jarayoni  bilan  bog’lab  tushuntiradi,odamzod  oddiydan 

murakkabga,  hayvonot  olamidan  odamzod  dunyosiga  o’sib  chiqdi,  deb 

ta’kidlaydi.  Jeyms  Manboddo  odam  oliy  turdagi  maymunsimon  odamdan 

vujudga kelgan, degan g’oyani ilgari suradi.

 

Ingliz  olimi  Charlz  Darvin  evropalik  arxeologlarning  Gibraltar  qoyasi, 



Germaniyaning  Neandertal  vodiysi  va  Avstriyadagi  tadqiqotlarning  natijalarini 

tahlil  qilib,  odamlarning  ajdodlari  daraxtda  yuruvchi  eng  oliy  turdagi 

maymunsimon odamlar /driopiteklar/ bo’lganligi haqidagi evolyutsion nazariyani 

ilgari suradi. U har qanday maymundan odam paydo bo’lmasligini, odamlarning 

ajdodlari bo’lmish driopiteklar allaqachon o’lib ketganligini ta’kidlaydi.

 

Shuningdek,  odam  har  doim,  hamma  vaqt  ongli  bo’lgan,  odam  Olloh 



tomonidan yaratilmagan, maymundan odam paydo bo’lishi mumkin emas, odam 

boshqa  sayyoralardan  kelgan  degan  rivoyatlar  ham  bor.  Demak,  sayyoramizda 

odamzodning qachon va qanday paydo bo’lgani haqida aniq, uzil-kesil fikr yo’q 

deyish  mumkin,  bu  muammoligicha  qolmoqda.  Turli  ixtisosdagi  olimlar 

tomonidan  olib  borilayotgan  tadqiqotlar  uzoq  o’tmishning  sirli  jarayonlariga 

yanada  teranroq  nazar  tashlashga  ,  kamtarona  bilimlarimizni  yanada 

oydinlashtirishga ko’maklashib boraveradi.

 

Hozircha  fanda  odamzod  tabiatning  bir  qismi,  u  sayyoramizda 



taraqqiyotning ma’lum bosqichida vujudga keldi, kishilik jamiyati mehnat tufayli 

takomillashib  bordi,  dastlab  odamlar  ibtidoiy  to’da  shaklida,  keyinroq  urug’-

jamoa bo’lib yashaganlar, degan hulosa barcha rivoyatlardan ustunlik qilmoqda.

 

Olimlarning  ibtidoiy  jamiyat  tarixini  o’rganishga  doir  tadqiqotlari 



insoniyatning  ibtidoiy  to’da  va  jamoa  davri  ko’pgina  mintaqalarda,  jumladan, 

bizning  o’lkamiz  hududida  deyarli  bir-biriga  o’xshash  bo’lganligini,  bir-biriga 

o’xshash bosqichlarni bosib o’tganligini ko’rsatadi.

 

Ibtidoiy  jamiyat  odamlarining  yashash  tarzi,  jismoniy  va  aqliy  tuzilishi, 



ular  tomonidan  yasalgan  mehnat  qurollarining  turi  va  materialiga  ko’ra  bir 

qancha davrlarga bo’linadi. Arxeologlarning Afrika va Yava orolida olib borgan 

tadqiqotlari  sayyoramizda  odamlar  3-2,5  million  yillardan  beri  yashab 

kelayotganligini  ko’rsatadi.  Taxminan  ana  shu  davrdan  boshlangan  ibtidoiy 

jamiyat mehnat qurollari toshdan yasalgani sababli paleolit (grekcha «palayos» -

qadimgi, «litos» -tosh degan ma’noni bildiradi) - qadimgi tosh davri deb ataladi.

 

Paleolit davri o’z navbatida uch bosqichdan - ilk paleolit, o’rta paleolit va 



so’nggi paleolitdan iborat.

 

20



 



Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish