£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


O‘zbekiston tarixi fani xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/431
Sana08.07.2021
Hajmi2,71 Mb.
#113204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   431
Bog'liq
ozbekiston tarixi darslik

O‘zbekiston tarixi fani xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks 

ettiruvchi ko‘zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma‘naviy saboqlar

 

majmuasidir.

 

O’zbekiston  tarixi  fani  boshqa  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  bilan  bog’liq 



holda  o’rganiladi.  Insoniyat  hayotining  ma’no-mazmuni  va  jamiyat 

taraqqiyotining  umumiy  qonuniyatlari  haqida  fikr  yuritganda  falsafa,  davlat 

qurilishi  va  jamiyatni  boshqarish  masalalarida  Politologiya,  iqtisodiy  hayotni 

yoritishda  Iqtisodiyot  nazariyasi,  xalqning  turmush  tarzi,  tili  va  milliy 

mentalitetini  tasvirlashda  etnografiya,  o’zbek  tili  va  adabiyoti,  dinshunoslik 

fanlari yutuqlaridan foydalaniladi. Tarixshunoslik, manbashunoslik, arxeologiya, 

arxivshunoslik  kabi  maxsus  fanlar  tarix  falsafasini  chuqur  anglab  etishga 

ko’maklashadi.

 

2. Tarixni o‘rganishning nazariy-metodologik tamoyillari va manbalari.



 

Tarixiy  voqealarni  o’rganishda  to’g’ri  ilmiy-nazariy,  metodologik 

asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Sovetlar hukmronligi davrida tarixiy 

tadqiqotlar,  uni o’qitish  va  o’rganish  ishlari  markscha-lenincha  metodologiyaga 

bo’ysundirildi.  Har  qanday  voqeani  yoritishga  sinfiylik,  partiyaviylik, 

kommunistik  mafkuraviylik  nuqtai  nazarlaridan  yondashildi.  Mamlakat,  butun 

bir  xalq  tarixi  ikkiga-ekspluatator  va  ekspluatatsiya  qilinuvchilar,  quldorlar  va 

qullar, feodallar va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va 

kambag’allar,  mulkdorlar  va  yo’qsillar  tarixiga  bo’lindi.  Boylar  va  mulkdorlar, 

ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblariga ommaga qarshi 

reaktsion  siyosat  yurituvchi  ekspluatatorlar  guruhi  deb  qaraldi,  qoralandi, 

nomlari  badnom  qilindi.  Tarixiy  voqea  va  hodisalar  kambag’allarni  va 

yo’qsillarni himoya qilgan, sinfiy cheklangan tarzda yoritildi.

 

Din,  diniy  qadriyatlar  qoralandi,  insonlarning  e’tiqodlariga  bepisand 



qaraldi.  Ming  yillar  davomida  ajdodlarimiz  orasidan  etishib  chiqqan  mashhur 

allomalar  ikkiga  -  materialistlar  va  idealistlarga  bo’lindi.  Buyuk  olimlar, 

allomalar, ma’rifatparvar shoiru ulamolar, yozuvchilarga u yoki bu dinga e’tiqod 

qilganlari,  asarlarida  olloh,  payg’ambarlar  nomini  tilga  olgan,  ishonch 

bildirganlari uchun idealist – noilmiy degan tamg’a yopishtirildi, ularning ijodiy 

faoliyatini o’rganish chegaralandi, asarlari xalqdan yashirildi, yo’qotib yuborildi. 

Oqibatda ko’pgina tarixiy  voqealar  soxtalashtirildi,  ma’naviy  merosimiz,  milliy 

qadriyatlarimiz  kamsitildi.  Yosh  avlodga  ularni  xurofat,  eskilik  sarqitlari  deb 

o’rgatildi. Tarix faqat jangu jadal, urushlardan iborat jarayon sifatida tasvirlandi.

 

Xalqimiz  tarixining  bu  qadar  soxtalashtirilishiga  faqat  marksistik 



metodologiyaning  yaroqsizligi  aybdor  deyish  kifoya  qilmaydi,  albatta.  Tarixni 

soxtalashtirishda,  xalqni  o’z  tarixiy  xotirasidan  judo  qilishda,  Turkistonning 

o’tmishini kamsitishda mamlakatda hukmron bo’lgan totalitar tuzumning salbiy

 

7



 


roli  katta  bo’ldi.  Tarix  fani  totalitar  tuzum  xizmatkoriga,  tashviqotchisiga, 

kommunistik mafkura dumiga aylantirilgan edi.

 

Insoniyat  tarixini,  tarixiy  voqea,  hodisalarni  to’g’ri  yoritish  va  o’rganish 



uchun bir qator muhim nazariy-metodologik tamoyillarga tayanmoq zarur.

 

Bilish  nazariyasining  dialektik  metodi  ana  shunday  tamoyillardan biridir. 



Dialektika  olam  yagona  va  yaxlit,  unda  sodir  bo’ladigan  hodisalar,  voqealar 

umumiy  va  o’zaro  bog’lanishda,  uzluksiz  harakatda,  ziddiyatli  taraqqiyotda 

bo’ladi,  deb  ta’lim  beradi.  Dialektika  juda  uzoq  tarixga  ega,  uning  bilish 

nazariyasi  sifatida  shakllanishi  va  rivojlanishida  Geraklit,  Aristotel,  Xorazmiy, 

Forobiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Spinoza,  Gegel,  Gertsen  va 

boshqa olim va ma’rifatparvarlarning xizmati kattadir. Ular moddiy va ma’naviy 

dunyoni  uzviy  bog’liq  jarayon  shaklida,  ya’ni  ularni  uzluksiz  harakat  qilib, 

o’zgarib,  taraqqiy  qilib  turadigan  holda,  taraqqiyotni  ichki  bog’lanishda  olib 

o’rganish qoidalarini yaratdilar.

 

Dialektik  metodologiya  har  qanday  mamlakat  tarixini,  shu  jumladan, 



O’zbekiston tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog’liq holda o’rganishni taqazo 

etadi.  Negaki,  har  bir  xalq  tarixida  milliylik,  o’ziga  xos  betakror  xususiyatlari 

bilan  birga  jahon  tarixi,  butun  insoniyat  taraqqiyoti  bilan  umumiy 

bog’lanishdadir.

 

Darhaqiqat,  O’zbekiston  tarixi,  avvalo,  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari 



tarixi bilan, qolaversa, butun jahon xalqlari tarixi bilan chambarchas bog’langan. 

Qadim  zamonlardan  buyon  Vatanimiz  Markaziy  Osiyo  mintaqasidagi  ko’pgina 

davlatlar  bilan  yagona  iqtisodiy  va  madaniy  makonda  bo’lib  kelgan.  Bu  katta 

hududda  yashovchi  urug’,  qabila,  qavm,  elatlar  etnik  jihatdan  doimo  o’zaro 

ta’sirda  va  aloqada  bo’lganlar,  qo’shilish  jarayonini  boshidan  kechirganlar, 

ularning  ijtimoiy,  siyosiy,  iqtisodiy,  ma’naviy  hayoti  bir-birlari  bilan  uzviy 

bog’liq  o’tgan.  Shu  sababdan  O’zbekiston  tarixini  qo’shni  mamlakatlar  tarixi 

bilan  bog’liq  holda,  bir  xalqni  ikkinchi  bir  xalqqa  qarama-qarshi  qo’ymagan 

holda o’rganish taqazo etiladi. Qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, 

afg’on,  hind,  arab  va  boshqa  xalqlar,  mamlakatlar  tarixini  qanchalik  yaxshi 

bilsak,  O’zbekiston  xalqlari  tarixini  shunchalik  chuqur,  har  tomonlama 

o’rganishga imkon yaratadi, ko’maklashadi.

 

Tarixiy  voqea,  hodisalarni  o’rganish,  tahlil  qilish  va  yoritishda  ularga 



xolisona, haqqoniy, ilmiy yondashuv muhim metodologik tamoyillardir.

 

Xolislik, ilmiylik qoidasi tarixiy  voqea, hodisalarni o’rganayotganda ular 



bilan bog’liq bo’lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmuini birga 

olib  tekshirishni,  aniq,  haqqoniy  dalillarga  asoslanishni  talab  qiladi.  Tarixiy 

hodisalarni  bir  butun  holda,  o’zaro  aloqada  va  munosabatda  deb  o’rganish 

darkor.  Oldindan  to’qilgan  bir  g’oyani,  uydirmani  oqlash  lozim  bo’lsa  faktlar 

silsilasidan faqat ayrimlarini, mos keladiganlarinigina tanlab olish «tajribasi» sir 

emas, albatta. Bunday yo’l bilan chiqarilgan xulosa yoki baho xolisona, haqqoniy 

bo’lmay, u bir tomonlamalikka olib keladi.

 

8



 


Mustaqillik  tarixni  xolisona  yoritish  imkoniyatini  yaratdi.  «O’zbek 

olimlarining  kuch  g’ayratlari  bilan  tariximizning  ko’pdan  ko’p  g’oyat  muhim 

sahifalari,  eng  avvalo,  Temuriylar  davri,  19-asr  oxiri,  20-asr  boshlari  tarixi 

yangidan  kashf  etildi.  Shuni  esda  tutish  muhimki,  o’tmishimizni  «oqlash» 

vazifasi umuman olganda bajarib bo’lindi, hozir esa asosiy vazifa, tarixiy tahlilni 

ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirishdan iboratdir»

1

.

 



Tarixni o’rganishda tarixiylik tamoyili muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik 

qoidasi  voqea,  hodisalarni  o’z  davrining  aniq  tarixiy  sharoitidan,  o’sha  davr 

muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan holda o’rganishni taqozo 

etadi.  Har  bir  voqea,  hodisani  boshqa  voqealar,  hodisalar  bilan  bog’lab 

o’rgangandagina  mazkur  voqea  hodisaning  umumiy  tarixiy  jarayondagi  o’rnini 

to’g’ri  aniqlash,  belgilash  mumkin  bo’ladi.  Har  bir  voqea,  hodisaga  umumiy 

tarixiy jarayonning bir qismi, bo’lagi deb qaramoq zarur.

 

Har  bir  hodisa,  jarayon  qanday  tarixiy  muhitda,  nima  uchun  aynan  shu 



paytda,  shu  shaklda  sodir  bo’lganligini,  bu  hodisa  o’z  taraqqiyotida  qanday 

asosiy bosqichlarni bosib o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini 

bilish  tarixiylik  qoidasining  talabidir.  Masalan,  bironta  davlat  faoliyatiga 

tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo’lsak, u, birinchidan, qachon, 

qanday  tarixiy  sharoitda  paydo  bo’ldi,  ikkinchidan,  u  o’z  taraqqiyotida  qanday 

bosqichlarni bosib o’tdi, uchinchidan, uning tarixiy o’rni, mavqei qanday, degan 

savollarga aniq javob berish zarur bo’ladi.

 

Tarixiylik tamoyili xalqning o’tmishini yagona tabiiy- tarixiy jarayon deb, 



o’tmish  hozirgi  zamonni  tayyorlaydi,  hozirgi  zamon  kelajakni  yaratadi  deb 

qaraydi.  Insoniyat  ana  shunday  umumiy  yo’ldan  borayotgan  ekan,  istiqbolda 

porloq  hayot,  farovon  turmush  qurmoqchi  bo’lgan  avlod  tarix  fani  orqali 

o’tmishni, ajdodlarimizning tarixiy tajribasini yaxshi bilmog’i lozim. O’tmishni, 

ajdodlarimiz  tarixini  qanchalik  yaxshi  bilsak,  anglab  etsak,  hozirgi  zamonni 

shunchalik  mukammal  tushunamiz,  kelajakni  to’g’ri  tasavvur  etamiz, 

taraqqiyotning alternativ yo’llaridan to’g’risini tanlay olamiz.

 

Insoniyat  taraqqiyotining  ma’lum  bosqichida  xususiy  mulkchilik  kelib 



chiqadi va urug’chilik tuzumi emirilib, urug’ jamoalari turli ijtimoiy tabaqalarga 

bo’linadi, shu davrdan e’tiboran tarixiy voqea va hodisalar ana shu tabaqalarning 

manfaati  bilan  bog’liq  holda  kechadigan,  har  bir  ijtimoiy  tabaqa  o’z  manfaati 

nuqtai  nazaridan  harakat  qiladigan,  ayrim  hollarda  ularning  siyosiy,  iqtisodiy 

manfaati  bir-biri  bilan  to’qnashadigan,  qo’zg’olonlar  ko’tariladigan  bo’lib  qoldi. 

Bunday  vaziyatda  sodir  bo’lgan  voqealarni,  tarixiy  jarayonni  o’rganishda 

ijtimoiy  yondashuv  tamoyiliga  rioya  etish  zarur  bo’ladi.  Ijtimoiy  yondashuv 

tamoyili tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini, teng ta’sir 

etuvchi  omillarni  hisobga  olgan  holda  o’rganishni  taqozo  etadi.  Voqealarni 

alohida bir ijtimoiy tabaqa - kambag’allar, yo’qsillar yoki mulkdor boylar

 

1

 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 



kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997, 141-bet. 

9

 




manfaati  nuqtai  nazaridan  turib  tahlil  etish,  yoritish  bir  tomonlama  yondashuv 

bo’lib, bu tarixni soxtalashtiradi, to’g’ri xulosalarga olib kelmaydi.

 

Shohlar,  amirlar,  beklar  faoliyatini  yoritishga  adolat  nuqtai  nazaridan 



yondashmoq  kerak.  Ularni  boy  tabaqalardan  chiqqan,  mulkdor  bo’lgani 

uchungina qoralash, badnom qilish adolatdan bo’lmaydi. Mamlakat yurtboshisiz, 

davlat idora organlarisiz, boshqaruvchilarsiz bo’lmasligini isbot etishning hojati 

bo’lmasa kerak. Shunday ekan, barcha davlat arboblarini, amaldorlarni yoppasiga 

qoralash  ham  to’g’ri  emas.  Jonajon  Vatanimiz  ko’hna  tarixi  ham  ular  orasida 

xalqparvar, ma’rifatparvar, adolat bilan siyosat yuritgan mashhur davlat arboblari 

bo’lganligidan guvohlik berib turibdi.

 

Ijtimoiy  yondashuv  tamoyili  davlat  arboblarining,  siyosiy  kuchlar, 



partiyalar, turli uyushmalar, ular yo’lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga 

ko’rsatgan  ijobiy  yoki  salbiy  ta’sirini,  jamiyatning  u  yoki  bu  yo’ldan 

rivojlanishidagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga egadir.

 

Jahon  xalqlari  tarixi,  jumladan,  mamlakatimiz  tarixi  guvohlik  beradiki, 



davlatlar  o’rtasida,  hukmdorlar  o’rtasida  siyosiy,  iqtisodiy  manfaatlar,  strategik 

maqsadlar  yo’lida  tez-tez  qirg’inbarot  urushlar  bo’lib  turgan,  biri  ikkinchisini 

bosib  olgan,  mag’lub  mamlakatni  talon-taroj  qilgan,  iqtisodiy  imkoniyatlarini 

zo’rovonlik  bilan  o’z  manfaatiga  bo’ysundirgan  va  o’zlashtirgan.  Bunday 

jarayonlarni siyosiy mezonlar nuqtai nazaridan turib baholash zarur bo’ladi.

 

Mamlakatimiz  tarixini  o’rganishda  milliy  qadriyatlar,  xalq  an’analari  va 



urf-odatlari, islom dini tarixi, odamlarning diniy e’tiqodlari, diniy  ta’limotlar va 

ularning  asoschilari  faoliyatini  tahlil  qilishda,  yoritishda  vorisiylik  tamoyiliga 

amal qilish, ularni tarixiy xotira sifatida hurmatlash, e’zozlash va yanada boyitib 

borish  nuqtai  nazaridan  yondashmoq  kerak.  Hayot  xalqning  necha  ming  yillar 

davomida  yaratgan  milliy  madaniyatini,  axloq  mezonlarini  ikkiga  -

ekspluatatorlar  madaniyati  va  axloqi  hamda  ekspluatatsiya  qilinuvchilar 

madaniyati  va  axloqiga  bo’lish,  birinchisini  qoralashdan  iborat  yo’riqnomaning 

naqadar  zararli  ekanligini  ko’rsatdi.  Milliy  madaniyatga,  ma’naviy  merosga 

bunday  yondashuv  ma’naviy  qashshoqlanishga,  milliy  qadriyatlarning,  urf-

odatlarning  oyoq  osti  qilinishiga,  ko’pgina  olimlar,  ma’rifatparvarlar, 

ruhoniylarning  badnom  qilinishiga  olib  kelganligini  hech  qachon  unutmaslik 

kerak.


 

Ajdodlarimiz  hayotini,  tarixiy  jarayonlarni  tahlil  qilish,  yoritish, 

o’rganishda Vatan manfaati nuqati nazaridan yondashish, milliy istiqlol g’oyasi 

tamoyillariga tayanmoq lozim.

 

Vatanimiz tarixini o’rganishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom 



Karimovning asarlari, ma’ruza va nutqlari, farmon va farmoyishlari, mustaqillik 

davrida  qabul  qilingan  qonunlar  va  boshqa  me’yoriy  hujjatlar  muhim  nazariy-

metodologik asos bo’lib xizmat qiladi.

 

Tarixni  o’rganishda  yuqorida  qayd  etilgan  metodologik  tamoyillar  bilan 



bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, falsafiy

 

10



 


tafakkur,  davrlashtirish,  sotsiologik  tadqiqotlarni  o’tkazish,  statistik,  matematik 

va boshqa usullardan ham foydalanish zarur.

 

Vatanimiz  tarixini  tadqiq  etish,  o’rganishda  uni  to’g’ri  davrlashtirishning 



ahamiyati kattadir. Sovetlar xukmronligi davrida sobiq SSSR tarkibidagi yuzdan 

ortiq  xalqlar  tarixi,  jumladan,  Vatanimiz  tarixi  sinfiy  kurash,  inqilobiy 

harakatlarga  asoslangan  marksistik  formatsion  g’oyaga  bo’ysundirilgan  holda 

davrlashtirildi.  Barcha  xalqlar  tarixi  besh  davrga:  ibtidoiy  jamoa  tuzumi, 

quldorlik tuzumi, feodalizm, kapitalizm, sotsializmga va kommunizmga bo’lindi. 

Bunday  davrlashtirishning  maqsadi  jamiyat  taraqqiyoti  insoniyatni  albatta 

kommunizmga olib boradi, degan «g’oyani» ilgari surish va oqlashdan iborat edi. 

Bu  g’oyaning  qanchalik  to’g’riligi  XX  asrda  ko’pgina  xalqlar  taqdirida  sinab 

ko’rildi, pirovard natijada fojiali oqibatlarga olib keldi. Hammani tenglashtirish 

g’oyasi  amalda  kambag’allar,  yo’qsillar  uchun  erkin  va  farovon  turmush 

yaratolmadi, mulkdorlar, badavlat tabaqalarni kambag’allar, yo’qsillar darajasiga 

tushirdi.  Jamiyatda  ommaviy  loqaydlik,  boqimandalik  kayfiyatini  keltirib 

chiqardi.  Shu  bois  insoniyat  XX  asr  oxirlariga  kelib  bu  g’oyani  o’z  elkasidan 

uloqtirib tashladi, butun dunyoda «sinfiy qadriyatlar»dan milliy va umuminsoniy 

qadriyatlarning ustunligi e’tirof etildi.

 

Tarixni  davrlashtirishdek  muhim  masalaga  turlicha  yondashuvlar  mavjud. 



Ko’pgina  arxeolog  olimlar  mehnat  qurollari  qanday  materialdan  yasalganligini 

asos qilib olib, insoniyat tarixini qadimgi tosh, o’rta tosh, yangi tosh, tosh-mis, 

bronza,  temir  davrlariga  bo’lganlar.  Bunday  yondashuv  to’g’ridek  ko’rinsada 

kishilik  jamiyati  taraqqiyotining  bir-biridan  farq  qiluvchi  muhim  davrlarini 

belgilashga etarli darajada asos bo’lolmaydi, albatta.

 

Amerikalik  tarixchi  olim  L.Morgan  va  F.Engels  tarixni  uch  davrga 



bo’ladi:  yovvoyilik davri  (tayyor  tabiat  mahsulotlarini  o’zlashtirish),  vahshiylik 

davri  (chorvachilik  va  dehqonchilikning  vujudga  kelishi)  va  tsivilizatsiya  davri 

(sanoat rivojlanishi).

 

XX  asr  tarixi  insoniyat  taraqqiyotini,  barcha  xalqlar  tarixini  bir  qolipga 



solish,  jamiyat  taraqqiyoti  insoniyatni  kommunizmga  olib  boradi,  degan 

kommunistik g’oyani  odamlar ongi va qalbiga singdirishni  mo’ljallagan bunday 

davrlashtirishning ham nomukammal ekanligini isbotladi va rad etdi. Darhaqiqat, 

nafaqat  O’zbekiston  hududida,  ko’pgina  Osiyo  mamlakatlarida  ham  quldorlik 

tuzumi  bo’lmagan.  Negaki,  Vatanimizda  qullar  bo’lsada  quldorlik  ishlab 

chiqarish  usuli,  qullar  mehnati  emas,  erkin  dehqon  jamoalari  mehnati  etakchi 

ijtimoiy-iqtisodiy  uklad  bo’lgan.  XIX  asr  oxirlarida  vujudga  kelaboshlagan 

kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari ham, burjuaziya va yollanma ishchilar 

tabaqasi ham barqaror shakllanib etish darajasiga ko’tarilmadi.

 

Tarixiy jarayon tahlili kishilik jamiyatining zamonda ham, makonda ham 



bir maromda emas, notekis, to’lqinsimon-spiral shaklda riovjlanishidan guvohlik 

beradi.  Bu  –  tarixiy  rivojlanish  qonunidir.  Tarix  –  bu  avlodlar  almashinuvidan, 

taraqqiyot  tsikllari  almashinuvidan  iborat.  Jamiyatni  harakatlantiruvchi  asosiy 

kuch ishlab chiqarish qurollari, vositalari emas, insondir. Inson, uning ehtiyojlari,

 

11

 




qobiliyatlari,  bilimi,  malakasi,  xohish-irodasi  bosh  ishlab  chiqaruvchi  kuchdir. 

Yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar inson mehnatining mahsulidir. 

Insoniyatning  taraqqiyotning  bir  bosqichidan  ikkinchi  bosqichiga  o’tishi,  uning 

barkamollashib borishi, ongi, tafakkuri va  mahoratining o’sib borishi, maqsadli 

intilishi  natijasida  sodir  bo’ladi.  Inson  tarixni  yaratuvchi  sub’ektdir.  Tarixni 

davrlashtirishda mana shu omillarni nazarda tutmoq lozim.

 

O’zbekistonning  boy,  betakror  tarixi  bo’lib,  uning  o’ziga  xos  tarixiy 



taraqqiyot davrlari bor. Uni quyidagi yirik davrlarga bo’lish mumkin:

 

•  Ibtidoiy-jamoa tuzumi. 



•  Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi. 

•  O’rta asrlar davri. 

•  Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri. 

•  Mustabid sovet hokimiyati hukmronligi. 

•  Milliy istiqlol davri. 

Bu davrlarning har biri yana o’ziga xos, kichik davrlarga bo’linadiki, uni 

mazkur darslikning mazmuni va mundarijasidan yaqqol ko’rish mumkin.

 

Haqqoniy,  xolis  tarixiy  bilimga  ega  bo’lish  oson  emas.  Negaki,  biz 



o’rganayotgan  tarixiy  voqealarni,  jarayonlarni  bevosita  kuzata  olmaymiz,  ular 

bizdan ancha ilgari bo’lib o’tgan, ularni qaytarib bo’lmaydi. Bundan ilgari bo’lib 

o’tgan tarixiy voqealarni bilib bo’lmaydi, degan xulosa chiqmaydi, albatta.

 

Tarixiy  voqealar,  xalqlar  hayoti  nom-nishonsiz  yo’q  bo’lib  ketmaydi, 



ulardan tarixiy manbalar guvoh bo’lib qoladi. Tarixiy manbalar ikkiga -moddiy 

va yozma manbalarga bo’linadi.

 


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish